123
Maymun o‘z vaziyatini qanday o‘zgartirdi?
Dastlabki holatda u daraxtda o‘tiribdi. Keyingi holat haqida fikr
bildiring.
Turli
jismlarning harakatlarini
kuzatish orqali ularning harakat
yo‘nalishini aniqlashimiz mumkin.
T/r
Topshiriqlar
Qadam soni
Uzunligi
1
Sinfxonaning uzunligi
2
Sinfxonaning eni
1. Maktabga kelayotganda atrofdagi qanday jismlarga nisbatan harakatda
bo‘lasiz?
2. Sport mashqlarida qanday harakat turlarini kuzatgansiz?
Qadamingiz uzunligini o‘lchang va undan
foydalanib sinfxonaning uzunligi va enini
aniqlang.
124
BOB YUZASIDAN MANTIQIY FIKRLASHGA YO‘NALTIRILGAN
TOPSHIRIQLAR
1. Rasmlardagi
jihozlardan foydalanganda,
ularning harakatida qanday
o‘xshashlikni ko‘rish mumkin?
2. Rasmlardagi jonli va jonsiz jismlarning
vaziyati haqida fikringizni
ayting.
3. Rasmlardagi o‘xshash harakatlarni ajrating
va ularning qaysi biri tez
yoki sekin ekanini izohlang.