127
Jismlarning massasi tarozi yordamida o‘lchanadi. Bugungi
kunda massani juda katta aniqlikda o‘lchaydigan
elektron tarozilar
mavjud va ular amalda keng qo‘llanmoqda.
Kolibri – eng mitti qush. Uning uzunligi 5 cm, massasi 2 g atrofida.
Qush tuxumlari ichida tuyaqush tuxumi eng og‘iri bo‘lib, uning
massasi 2 kg atrofida bo‘ladi.
Nonushta vaqtida savatchada 4 ta
non bor edi. 2 ta non iste’mol qilindi.
Savatchadagi nonlarning massasi
qanday o‘zgardi?
U yengil yoki og‘ir bo‘lishi mumkin. Lekin massaga ega emas. U nima?