68
26-MAVZU
TOG‘ JINSLARI VA MINERALLAR
Vulqon otilganda Yerning ichki qismlaridan yuzasiga tomon
magma
deb ataluvchi qaynoq suyuq modda oqib chiqadi. Yer yuzasiga oqib
chiqqan magma
lava deb ataladi. Lava asta-sekin qotib, turli tog‘
jinslarini hosil qiladi. Ular ham bora-bora tashqi kuchlar ta’sirida
yemirilib, boshqa turdagi tog‘ jinslari shakllanadi.
Kalit so‘zlar:
tog‘ jinslari, minerallar,
ruda, kristall, kumush,
platina, magma, lava
1. Tog‘ jinslari qanday hosil bo‘ladi?
2. Minerallar qanday qazib olinadi?
Rasmda Yer po‘stida sodir bo‘ladigan jarayonlar ko‘rsatilgan. Ular
qanday jarayonlar ekanini tushuntiring. Natijada nima hosil bo‘ladi?
Yerning tashqi kuchlari ta’sirida tog‘ jinslarida o‘zgarishlar
kuzatiladi. Ayrim tog‘ jinslari bir-biri bilan biriksa, qolganlari bir
nechta qismlarga bo‘linib ketadi. Masalan, yog‘inlar tog‘ jinslarining
birikishiga sabab bo‘lsa, shamol, quyosh nuri va harorat ta’sirida
nurash ularni yanada maydaroq qismlarga bo‘linishga olib keladi.
Tog‘ jinslari tarkibida qirrali tuzilishga ega, bir-biriga o‘xshamay-
digan, qattiq va o‘ziga xos birikmalar uchraydi. Ular