• Kalit so‘zlar
  • Shartli belgilar




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/57
    Sana03.01.2024
    Hajmi36,7 Mb.
    #129745
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
    Bog'liq
    tabiiy fanlar 3 uzb 2022-
    e9f5007ef2458d73963c9dbf707c273d65f5324f, FALSAFA1, ozon va kislarod aralashmasi, Siroj, Кўзатувчилар 3 та, Математик тасавв шакллантир укув кулланма, Математик тасаввурларни шакллантириш, Вект. алг., ebook while, OTOM, O`zbek tili leksikasining boyish manbalarj, Osiyo. Hakamlik U-18, 21-mavzu adabiyot, YENGIL ATLETIKA TO\'GARAGI KONSPEKTI(1)
    62
    62
    23-MAVZU
    TABIATNI MUHOFAZA QILISH
    1. Tabiatni qanday muhofaza qilish 
    mumkin?
    2. Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va 
    hayvonlarni nima uchun himoya 
    qilamiz?
    Inson tabiat boyliklaridan foydalanish jarayonida unga ta’sir 
    ko‘rsatadi. Bu ta’sir ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. 
    Insonning tabiatga salbiy ta’siri natijasida unda jiddiy o‘zgarishlar 
    kuzatiladi. Bunday salbiy o‘zgarishlarning oldini olish uchun 
    tabiatdan foydalanish bilan birga uni muhofaza qilish ham zarur.
    Kalit so‘zlar:
    Qizil kitob, 
    qo‘riqxona, 
    milliy bog‘
    O‘simliklar va hayvonot dunyosini asrash, ularga zarar yetkazmaslik, 
    yerosti boyliklarini tejab qazib olish, havo, suv va tuproqni turli 
    chiqindilar bilan ifloslantirmaslik – 
    tabiatni muhofaza qilishdir.
    Tabiatda yo‘qolib borayotgan noyob oʻsimlik va hayvon turlari
    ro‘yxati tuzilib, ular haqidagi ma’lumotlar 
    Qizil kitobga kiritilgan.
    Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayib
    ketish sabablari yoritilgan, ularni saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar 
    berilgan.
    Tabiatni qanday muhofaza qilamiz?


    63
    Milliy bog‘ – davlat tomonidan o‘simliklari, hayvonlari, turli tabiat 
    yodgorliklari qo‘riqlanadigan, ma’lum qismiga dam oluvchilar va 
    sayyohlar kirishiga ruxsat beriladigan hudud. 
    Tuproq va suvni turli zararli moddalar bilan ifloslantirmaslik, chiqindi 
    tashlamaslik orqali muhofaza qilish mumkin.
    1. Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni qanday muhofaza qilish
    mumkinligi to‘g‘risida ota-onangiz bilan fikrlashing.
    2. Qo‘riqxona va milliy bog‘larni tashkil etish insonlar uchun qanday 
    ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz?
    Tuproq va suvni qanday muhofaza qilamiz?
    Tabiatni muhofaza qilish uchun maxsus hududlar ham tashkil qilingan. 
    Ularga qo‘riqxona va milliy bo‘g‘lar kiradi.
    Qo‘riqxona – o‘simlik va hayvonot dunyosi, 
    turli tabiat yodgorliklari qattiq qo‘riqlanadigan, 
    davlat tomonidan muhofazaga olingan hudud. 
    Unda xo‘jalik faoliyatini yuritish taqiqlanadi.



    Download 36,7 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish