• 20-MAVZU YER YUZI RELYEFI QANDAY O‘ZGARADI
  • Kalit so‘zlar: relyef shakllari, tekisliklar, tog‘lar, botiqlar 55
  • Shartli belgilar




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/57
    Sana03.01.2024
    Hajmi36,7 Mb.
    #129745
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
    Bog'liq
    tabiiy fanlar 3 uzb 2022-
    e9f5007ef2458d73963c9dbf707c273d65f5324f, FALSAFA1, ozon va kislarod aralashmasi, Siroj, Кўзатувчилар 3 та, Математик тасавв шакллантир укув кулланма, Математик тасаввурларни шакллантириш, Вект. алг., ebook while, OTOM, O`zbek tili leksikasining boyish manbalarj, Osiyo. Hakamlik U-18, 21-mavzu adabiyot, YENGIL ATLETIKA TO\'GARAGI KONSPEKTI(1)
    Yerning tashqi
    kuchlari deb ataladi.
    Rasmni kuzatib, relyef qanday 
    o‘zgargani haqida fikr bildiring.
    1. Relyef hosil bo‘lishida Yer ichki kuchlarining ahamiyati qanday?
    2. Yashash joyingizni kuzating va Yerning tashqi kuchlari ta’sirida 
    nimalar hosil bo‘lganini ayting.


    54
    Yer yuzasi relyefining o‘zgarishiga turli omillar ta’sir etadi. Bunday 
    omillarga quyosh nuri, shamollar, yog‘inlar va oqar suvlarni kiritish 
    mumkin. 
    Quyosh nuri yer yuzasini qizdiradi. So‘ngra tog‘ jinslari yemirilib, 
    nuray boshlaydi. Natijada ulkan qoyatoshlar bilan birgalikda mayda 
    tog‘ jinslari hosil bo‘ladi.
    Nuragan (quyosh nuri ta’sirida yemirilgan) tog‘ jinslari asta-sekin 
    maydalanib, uvalanadi. Natijada ular juda yengil va mayda bo‘lib 
    qoladi. Shamol yer yuzasidagi g‘ovak va yengil tog‘ jinslarini uchi-
    rib, chuqurliklarga to‘playdi. Ayniqsa, tog‘ yonbag‘irlari va cho‘llarda 
    shamol ko‘p esishi natijasida relyef o‘zgaradi.
    20-MAVZU
    YER YUZI RELYEFI QANDAY O‘ZGARADI?
    1. Yer yuzi relyefining o‘zgarishiga 
    nimalar ta’sir etadi?
    2. Turli harakatlar natijasida hosil 
    bo‘lgan relyef shakllariga misollar 
    ayting.
    Issiqlik va suv ta’sirida 
    yemirilgan tog‘ jinslari
    Kalit so‘zlar: 
    relyef shakllari, 
    tekisliklar, tog‘lar, 
    botiqlar


    55
    Shamol hosil qilgan “tosh qo‘ziqorinlar” va qum barxanlari
    Yog‘inlar yer yuzasidagi yumshoq va mo‘rt tog‘ jinslarini eritib, oqizib 
    ketadi. Tog‘larning qiya yonbag‘irlariga yog‘gan yog‘inlar yig‘ilib, soy
    va daryolar hosil bo‘ladi. Soy va daryolar ham tog‘ jinslarini yemiradi 
    va chuqurliklarda to‘playdi. Shu tarzda yer yuzi relyefini o‘zgartirishda 
    ishtirok etadi. Natijada tog‘lar va balandliklar asta-sekin yemirilib
    chuqurliklar to‘ladi hamda tekisliklar hosil bo‘ladi.
    1. Xarsangtoshni kuzating, uning yuzasida o‘simlik o‘sishining sababini
    o‘ylab ko‘ring. Nega shunday bo‘ldi? 
    2. Yer yuzi relyefining o‘zgarishiga yana qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?


    56
    Po‘kak
    Qalam
    Rangli qog‘ozlar
    Oq qog‘oz
    Qaychi
    Yelim 
    Paxta
    Yog‘och bo‘lakchalari
    Gazeta bo‘laklari
    Bo‘yoqlar
    1. Gazeta qog‘ozini olib, g‘ijimlang.
    2. Po‘kak bo‘lagining ustiga g‘ijimlangan 
    gazeta qog‘ozini turli baland-pastliklar hosil 
    qilib, yopishtiring.
    3. Uning ustiga yelim surib, oq qog‘oz bilan 
    o‘rang.
    4. Rangli bo‘yoqlar yordamida tekisroq joylarni 
    yashil rangga, biroz balandroq joylarni 
    sariq, juda baland joylarni esa jigarrangga, 
    eng baland joylarni oq rangga bo‘yang.
    5. Chuqurroq joyni moviy rangga bo‘yab, ko‘l 
    hosil qiling.
    6. Moviy rangli bo‘yoq yordamida daryo oqimini 
    hosil qiling (u tog‘ning yuqori qismidagi 
    oq rangga bo‘yalgan joy (muzliklar)dan 
    boshlanib, moviy rangli ko‘lga qadar davom 
    etishi lozim).
    7. So‘ngra yog‘och tayoqchalarga paxta 
    o‘rab, turli daraxtlar hosil qiling va ularni 
    bo‘yang. Hosil bo‘lgan daraxtlarni rasmda 
    ko‘rsatilganidek joylashtiring.
    Bizga kerak
    Bajarish tartibi

    Download 36,7 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




    Download 36,7 Mb.
    Pdf ko'rish