44
Barcha tirik organizmlar tabiiy yoki sun’iy muhitda yashaydi.
Yashash muhiti, ya’ni joyi bir nechta omil ta’sirida shakllanadi.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi qanday omillarga bog‘liq?
Suv va
havo tirik organizmlar yashashi uchun eng muhim omildir.
Bu omillar yashash joyining shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Yashash joyining shakllanishiga suv qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Yog‘in ko‘p yog‘adigan, yer yuzasi notekis hududlarda ortiqcha
namlik to‘planib
botqoqliklar vujudga keladi.
Botqoqliklarda nam-
sevar o‘simliklardan qo‘g‘a va qamish o‘sadi.
16-MAVZU
YASHASH JOYIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
1. Tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida vujud-
ga kelgan yashash joylarini farqlang.
2. O‘simlik va hayvonlarning yashash
muhitiga qanday omillar ta’sir qiladi?
Kalit so‘zlar:
omil, muhit, suv,
botqoqlik, sho‘rxok,
namlik
Yog‘in miqdori kam, qurg‘oqchil
cho‘llardagi
yerosti suvlari yer yuza-
siga yaqin, havo harorati yuqori bo‘l-
gan joylarda
sho‘rxoklar vujudga
keladi.
To‘qayzorlar daryo bo‘ylarining yer
yuzasi nisbatan tekis, namlik ko‘p, havo
harorati salqin joylarida hosil bo‘ladi.
Tog‘ o‘rmonlari yer yuzasining notekisligi,
haroratning salqinligi, namlik va oqar suvlar-
ning ko‘pligi hisobiga vujudga keladi.
Cho‘llarning vujudga kelishiga havo
haroratining
juda yuqoriligi, namlikning
yetishmasligi sabab bo‘ladi.
1. Botqoqlik va sho‘rxokni taqqoslang.
Ularning yuzaga kelishida
qanday o‘xshash va farqli jihatlar bor?
2. Harorat va namlik yashash joyi yuzaga kelishiga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?