50
Qaynatilgan tuxumni barchangiz ko‘rgansiz.
Uning usti yupqa,
lekin qattiq qobiq bilan qoplangan bo‘ladi.
Tuxumning ichida esa
qalin, oq qatlam joylashgan. Tuxumning
markazida sariq va zich
qatlam mavjud.
Yerning ichki
qismi qatlamli tuzilishga
ega. U Yer po‘sti,
mantiya va yadrodan
iborat.
Yer po‘sti
Mantiya
Yadro
18-MAVZU
YERNING ICHKI QISMLARI
1. Yerning
ichki qismini qanday
tasavvur qilasiz?
2. Yerning ichki qismlari ham yuzasi
singari qattiqmi?
Kalit so‘zlar:
Yer po‘sti, mantiya,
yadro
1. Katta hajmli piyolada
jigarrang plastilindan
Yer po‘stini hosil qiling.
2. Kichik hajmli piyolada oq plastilindan Yer
mantiyasini hosil qiling.
3. Sariq rangli plastilindan dumaloq shakldagi
yadroni hosil qiling.
4. Hosil bo‘lgan shakllarni bir-birining ichiga
joylashtiring.
Bizga kerak
Bajarish tartibi
Oq, sariq, jigarrang
plastilin
Turli hajmdagi
2 ta piyola