42
Tabiatda
tirik organizmlar, shu jumladan o‘simliklar
va hayvonlar
tabiiy va sun’iy (inson tomonidan barpo etilgan) muhitlarda yashay-
di. Yashash
joylari
tabiiy va
sun’iy omillar ta’sirida vujudga keladi.
Cho‘l, tog‘ o‘rmoni, to‘qayzor kabi yashash
joylari tabiiy omillar
ta’sirida vujudga keladi.
15-MAVZU
YASHASH JOYINING TURLARI
1. Yashash
joyining qanday turlarini
bilasiz?
2. Tabiiy va sun’iy
yashash joylariga
misollar keltiring.
Kalit so‘zlar:
cho‘l, tog‘, to‘qay,
bog‘, akvarium
Cho‘llar – Yer yuzidagi yog‘in
miqdori juda kam, o‘simliklar
juda siyrak o‘sadigan, qurg‘oqchil sharoitga
moslashgan hayvonlar
ya shaydigan hududlardir.
43
Tog‘lar – 500 metrdan baland
bo‘lgan joylar. O‘simlik va hayvo-
not dunyosi xilma-xil. Suv man-
balari va doimiy oqar suvlarga
boy hududlar.
To‘qayzorlar – daryolar bo‘yida
o‘t-o‘simliklar, buta va daraxtlar aralash
holda o‘sadigan changalzor o‘rmonlar.
To‘qaylardagi qamishzorlarda ondatra,
nutriya, to‘qay mu shugi kabi hayvonlar
yashaydi.