32
O‘simliklar o‘sishi
va rivojlanishi uchun suv, havo va oziq za-
rur. O‘simliklar oziq moddalarni quyosh nuri yordamida hosil qiladi.
Dastlab ildiz tuproqdan suv va minerallarni shimib oladi. O‘simlik
bargi havodagi karbonat angidridni o‘zlashtiradi. Suv poya yorda-
mida ildizdan bargga o‘tadi. Quyosh nuri
energiyasi hisobiga barg-
da karbonat angidrid va suvdan oziq modda-shakar hosil bo‘ladi.
Bu – jarayon fotosintez deb ataladi. “Foto” – yorug‘lik, “sintez” –
hosil qilish degan ma’noni bildiradi.
Barglar havodan fo-
tosintez uchun zarur
karbonat angidridni
o‘zlashtiradi.
Fotosintez
yordamida
hosil bo‘lgan shakar
poya orqali o‘simlikning
guli, mevasi, ildiziga
boradi.
Poya
suv va mine-
rallarni barglarga
yetkazadi.
Ildiz tuproqdan suv va
minerallarni shimib oladi.
11-MAVZU
O‘SIMLIKLARDAGI HAYOTIY JARAYONLAR
1. O‘simliklar qanday oziqlanadi?
2. Nima uchun odamlar va hayvonlar
o‘simliklarsiz yashay olmaydilar?
3. O‘simliklar nima uchun suv
bug‘latadi?
Kalit so‘zlar:
fotosintez,
nafas olish, kislorod,
karbonat angidrid
Fotosintez jarayonida oziq moddalar
bilan birga kislorod ham
hosil bo‘ladi. O‘simliklar kislorodni havoga chiqaradi.
Shakar o‘simlikning o‘sishi, urug‘larining unib chiqi shi uch un
sarflanadi. Shakarning bir qismi esa o‘simlik organlarida zahira
sifatida to‘planadi. Masalan, bug‘doy urug‘ida, kartoshka tugunagida
shakar kraxmalga aylanadi.
33
Odam va hayvonlar o‘simlik hosil qilgan oziq moddalarni iste’mol
qiladi va ulardan ajralgan kislorod bilan nafas oladi.
O‘simliklar ham boshqa tirik organizmlar kabi kislorod bilan nafas
oladi va havoga karbonat angidrid chiqaradi.
Lekin oziqlanganda,
aksincha, karbonat angidridni o‘zlashtirib, havoga kislorod ajratadi.
O‘simliklarning nafas olishi oziqlanishidan qanday farqlanadi?
O‘simlikning
nafas olishi
O‘simlik barglari suv bug‘latadi.
Bu jarayonni tajribada tekshirish
uchun
tuvakdagi
o‘simlikka
polietilen paket kiygiziladi. Ma’lum
muddat o‘tgach, paketda suv
tomchilari paydo bo‘ladi. O‘simlik
suv bug‘latish orqali qizib ketish-
dan saqlanadi.
O‘simlikning
oziqlanishi
(fotosintez)
1. O‘simliklarning oziq zanjiridagi ahamiyatini ayting.
2. Kartoshka bo‘lagiga yod tomizib, ko‘k rang hosil bo‘lishini kuzating.
Yodning ko‘k rangga kirishi kartoshkada kraxmal borligini bildiradi.
kislorod (
●
)
karbonat angidrid (
●
)
34
Gulli o‘simliklar ko‘payishi uchun changlanishi zarur. O‘simlik gul-
laganda chang donachalari hosil bo‘ladi. Chang donachalari o‘sim-
liklarning changlanishida ishtirok etadi.
Ayrim hasharotlar
gul changi va nektari bilan
oziqlanadi. Chang donachalari mayda va yopi shqoq
bo‘lgani sababli hasharotlar tanasiga yopishib qoladi. Hasharotlar
chang donachalarini boshqa gullarga o‘tkazadi va ularni changla-
tadi. Olma, o‘rik, na’matak gullari xushbo‘y hidli, yirik va rangli bo‘l-
gani uchun hasharotlarni jalb qiladi.
Changlanish qanday sodir bo‘ladi?
Tabiatda yana qanday o‘simliklar hasharotlar yordamida changla-
nadi?
Gul changlangandan so‘ng,
tugunchasidan meva
va urug‘ hosil bo‘ladi.