• Mustahkamlash uchun savollar
  • Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva




    Download 6.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/145
    Sana25.09.2022
    Hajmi6.72 Mb.
    #26368
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145
    Bog'liq
    Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)
    Тестовые вопросы по 7.1, Present perfect, lesson, 8-Amaliy mashg\'ulot. Mavzu Kombinatorika masalalari haqida tush, rezume, diqqat xususiyat, 925, 1-mavzu Chiziqlar. O‘rganishtushunchalari “nuqta”,“to‘g‘ri”,“eg-fayllar.org, Amir temur, masala, Juft-juft-muloqot-usuli
    5-rasm. 
    Iskanalar: a – o‘yuvchi iskana; b – yo‘nuvchi (qirquvchi) iskana.
    a)
    b) 


    17
    Yo‘nuvchi iskanalar yordamida taxtalarning chetlariga faska 
    chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. 
    Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va 
    qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida 
    bajariladi. 
    Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bun dan 
    qat’i nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi (6-rasm). Yo‘nuvchi 
    iskanalarning eni 4 mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 
    mm dan 20 mm gacha bo‘ladi.
    O‘yish-teshish ishlarida quloq, uya va teshiklarning kengligiga qarab 
    unga mos iskanalar tanlanadi. Teshik enidan katta iskana ishlatishga 
    ruxsat etilmaydi. Kichik o‘lchamdagi iskanalar bilan esa katta teshik va 
    uyalarni ochish ham mumkin.
    Yog‘och taxtalarni yo‘nish, o‘yish-teshishda nov shaklidagi iskanalar 
    ishlatiladi. Ular yordamida silindrik teshik va uyalar o‘yish, sirtlarda 
    nov ochish ishlari bajariladi. 
    Iskanalar bir tomonlama charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning 
    o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18–25°, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik 
    burchagi 25–35° atrofida bo‘ladi.
    6-rasm. Nov iskana turlari.
    Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, yong‘oq 
    kabi pishiq yog‘ochlardan tayyorlanib, dastani iskanaga biriktirilgan 
    joyiga metall halqa kiydiriladi. Halqalar iskanaga bolg‘a bilan urilganda 
    dastani yorilishdan saqlaydi. Iskanalar yog‘och to‘qmoq bilan uriladi. 
    Iskana dastalari plastmassadan ham tayyorlanadi.


    18
    Mustahkamlash uchun savollar
    1. O‘lchov andazalari nima uchun ishlatiladi?
    2. Yog‘ochni arralash uchun qanday arralar ishlatiladi?
    3. Arralar bir-birlaridan qaysi belgilariga qarab farqlanadi?
    4. Iskanalar qanday turlarga bo‘linadi?
    5. O‘yuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi?
    6. Yo‘nuvchi iskanalarnihg tig‘i qanday shakllarda bo‘ladi?
    7. Kesuvchi iskanalar bilan qanday ishlar bajariladi?
    8. Iskana bilan ishlashda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish shart?

    Download 6.72 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145




    Download 6.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva

    Download 6.72 Mb.
    Pdf ko'rish