• Jihozlar daraxtdan olingan yog‘och bo‘laklari, yog‘och na munalar. Ishni bajarish tartibi
  • Yog‘ochni quritish va saqlash qoidalari
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 6.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/145
    Sana25.09.2022
    Hajmi6.72 Mb.
    #26368
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
    Bog'liq
    Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)
    Тестовые вопросы по 7.1, Present perfect, lesson, 8-Amaliy mashg\'ulot. Mavzu Kombinatorika masalalari haqida tush, rezume, diqqat xususiyat, 925, 1-mavzu Chiziqlar. O‘rganishtushunchalari “nuqta”,“to‘g‘ri”,“eg-fayllar.org, Amir temur, masala, Juft-juft-muloqot-usuli
    Mustahkamlash uchun savollar 
    1. Yog‘ochning sifati qanday usullar bilan aniqlanadi?
    2. Yog‘och olinadigan daraxtni aniqlashda nimalarga e’tibor berish 
    kerak?
    3. Yog‘ochning qattiqligi qanday sinab ko‘riladi?
    4. Yog‘ochning rangi va guldorligi qanday aniqlanadi?
    5. Yog‘ochning zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun nimalar 
    qilinadi?
    Jihozlar
    daraxtdan olingan yog‘och bo‘laklari, yog‘och na munalar.
    Ishni bajarish tartibi
    1. O‘zingiz tanlagan biror daraxtning turli qismlaridan qanday yog‘och 
    olish mumkinligini belgilang.
    2. Ayrim imoratlardagi yog‘ochlarning qanday sharoit tufayli uzoq yillar 
    xizmat qilayotganini aniqlang.
    Yog‘ochni quritish va saqlash qoidalari 
    Duradgorlik o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda nam yog‘och-
    lardan buyumlar yasash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ularni 
    dastlab quritish lozim. Ammo ishlab chiqarishda foydalaniladigan 
    yog‘ochlar ma’lum darajada nam bo‘ladi. Suv yog‘och hujayralarining 
    devorchalari orqali singib, ularning ichi va oralariga joylashadi. Hujayra 
    devorchalariga shimilgan suv gigroskopik suv, hujayralarning ichi va 
    orasiga singan suv erkin tomchi deb ataladi. 


    8
    Yog‘ochning namligi laboratoriya sharoitida, asosan, ikki usulda 
    uning nam va quritilgan holdagi oralig‘ini o‘lchash yoki namlikni 
    o‘lchaydigan asbob elektr nam o‘lchagich yordamida aniqlanadi. 
    Yog‘och namligini tortish yo‘li bilan aniqlash uchun taxta yoki 
    gullarning uchidan 0,5 sm qismi kesib tashlanadi, qolgan qismidan 
    10–15 mm qalinlikda butoqsiz va biron nuqsonsiz namuna arralab 
    olinadi. Uni tozalab, texnik tarozida 20 mg aniqlik bilan tortiladi. So‘ng 
    quritish pechida
    +100+105
    0
    C haroratda quritiladi. Namuna birinchi 
    marta olti soatdan so‘ng tortiladi, undan keyingi o‘lchashlar har 2 soat-
    da takrorlanadi. Quritish namunaning og‘irligi o‘zgarmay qolguncha 
    davom etadi. Yog‘ochning namligi undagi suv miqdorining mutlaqo 
    quruq yog‘och oralig‘iga yoki zichligiga nisbatan aniqlanib, foizlarda 
    ifodalanadigan kattalikdir.
    Yog‘och namligini aniqlashning ikkinchi usulida yog‘och namligi 
    nam o‘lchagich yordamida qisqa vaqt ichida aniqlanadi. 
    Asbobning ishlash prinsipi yog‘ochning elektr o‘tkazuvchanligiga 
    asoslanadi. Yog‘ochning namligi qancha yuqori bo‘lsa, u elektr 
    tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi. Mutlaq quruq yog‘och elektr tokini 
    o‘tkazmaydi. 
    Yog‘och quritilganda avval undagi erkin suv, so‘ng gigroskopik suv 
    bug‘lanadi. Yog‘ochlar tabiiy va sun’iy usullarda, masalan, ochiq havoda, 
    ildizda, yopiq xonalarda, maxsus jihozlangan kameralarda qizdirilgan 
    havo bilan quritiladi. Ochiq havoda quritish usulida quritilishi lozim 
    bo‘lgan yog‘och materialni ochiq havoda to‘g‘ri saqlashdan iborat 
    bo‘lib, bunda yog‘och havo ta’sirida sekin-asta quriydi. 
    Yog‘ochni tabiiy va sun’iy usulda quritish quyidagi ketma-ketlikka 
    asoslangan: Quritilayotgan yog‘och atrofidan, oralaridan esgan shamol 
    yog‘och tarkibidagi namlikni olib ketadi. Havo oqimi qancha kuchli 
    bo‘lsa, yog‘och shuncha tez quriydi. 
    Yog‘ochlarni quritishda quritish tartibi katta ahamiyatga ega. 
    Haroratni, namlik va havo oqimini boshqarish bilan yog‘ochning 
    yorilmasdan, tob tashlamasdan qurishini ko‘rish mumkin.


    9
    Yog‘och materiallarini tabiiy holda quritish va saqlash davlat 
    standartlariga muvofiq bajariladi. Tabiiy quritilgan yog‘ochlar to‘g‘ri 
    holda saqlanadi. Bunda: 
    Yog‘och saqlanadigan joy maydonining atrofi va usti nishab bo‘lib, 
    yog‘ingarchilik suvlari to‘planmasligi kerak. 
    Yog‘och materiallari tagida va atrofida payraha, arra qipig‘i, chirigan 
    tarasha yoki daraxt po‘stlog‘i va boshqa chiqindilar bo‘lmasligi kerak. 
    Yog‘och saqlanadigan ombor yoki imoratlar asosiy binolardan 
    kamida 50 m uzoqlikda bo‘lib, panjara yoki sim to‘siq bilan o‘ralgan 
    bo‘lishi lozim.
    Yog‘och materiallar maxsus poydevorga o‘rnatilgan taglikka 
    taxlanishi zarur. Ularning shu tarzda taxlangan turi yog‘och g‘arami 
    deb ataladi.
    Yog‘och taxlamlari
    ostiga qo‘yiladigan yog‘och taglik chirishga 
    qarshi moddalar bilan ishlanishi kerak.
    Tagliklar yog‘och g‘aramlarning turi, o‘lchamlariga qarab tayyor-
    lanib, balandligi 50 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
    Bargli daraxtlardan tayyorlangan taxta materiallar uzunligi 1,5–
    2 m, balandligi 8–11 m qilib taxlanadi. Taxtalar orasiga sifati past 
    yog‘ochlardan qistirma qo‘yib ketiladi. Taxtalar orasiga qo‘yiladigan 
    pona yog‘och g‘arami osti to‘sinining ustiga bir yo‘nalishda tik 
    joylashtirilib boriladi.
    Bargli daraxt yog‘ochlaridan tayyorlangan taxtalar 5–10 sm oraliqda 
    taxlanadi. Yog‘och taxlamining balandligi, tagligining kengligiga qarab, 
    m dan oshmasligi kerak.
    Taxtalarni yog‘ingarchilik va quyosh ta’siridan saqlash maqsadida 
    yog‘och taxlamlarning usti sifati past taxtalar bilan nishab qilib 
    yopiladi. Shuningdek, taxtalarni taxlashda yuqori qavatdagi taxtalar 
    pastki qavatdagilarga soya beradigan qilib taxlanadi. Tabiiy quritish 
    materiallarining qalin-yupqaligiga, yog‘och turiga, namligiga, haro-
    ratiga, yil fasllariga qarab 7 kundan 70 kungacha, ba’zan yil bo‘yi 
    davom etadi (1-rasm).


    10
    Yog‘ochlarni tabiiy holda quritish eng oddiy, oson va arzon usul 
    hisoblanadi. O‘quv ustaxonasida ishlatiladigan yog‘och materiallari ham 
    ko‘pincha tabiiy usulda quritiladi. Buning uchun quritiladigan yog‘och 
    materiallar maktab sharoitiga qarab bostirmalarda, ombor, chordoqlarda 
    maxsus tagliklar ustiga taxlab saqlanadi (2-rasm). Qish faslida yog‘och 
    materiallar tezroq qurishi uchun ulardan keragicha qirqib olinib, o‘quv 
    ustaxonalarida saqlanadi, ba’zan isitish tarmog‘idagi batareyalar ustiga 
    yoki pechkalar yoniga terib qo‘yiladi. Yog‘ochlarni sun’iy quritish 
    kameralarda olib boriladi. Bu usulda quritiladigan material kameraga 
    terib taxlanadi va issiq havo yuboriladi. Kamerada quritish tabiiy 
    quritishga qaraganda qator afzalliklarga ega.
    Kamerada yog‘och juda qisqa vaqt ichida quriydi va katta maydonni 
    talab etmaydi. Kamerada yog‘ochni xohlagan namlik darajasigacha 
    quritish mumkin. Kamerada haroratning yuqori bo‘lishi tufayli chirituvchi 
    zamburug‘lar rivojlanmaydi. 
    Yog‘ochlar kamerada quritilganda yorilish va tob tashlashning oldi 
    olinadi. Haroratning yuqori bo‘lishi natijasida ignabargli yog‘ochning 
    smolasi qotib qoladi, u keyinchalik buyum sirtiga chiqmaydi. 

    Download 6.72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




    Download 6.72 Mb.
    Pdf ko'rish