Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa




Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/145
Sana25.09.2022
Hajmi6.72 Mb.
#26368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)
Тестовые вопросы по 7.1, Present perfect, lesson, 8-Amaliy mashg\'ulot. Mavzu Kombinatorika masalalari haqida tush, rezume, diqqat xususiyat, 925, 1-mavzu Chiziqlar. O‘rganishtushunchalari “nuqta”,“to‘g‘ri”,“eg-fayllar.org, Amir temur, masala, Juft-juft-muloqot-usuli
Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa 
ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi materiallar
Suv, tuproq, havo va boshqa muhitlardagi zararli mikroorganizmlar 
yog‘ochning sirti yoki oraliq to‘qimalariga tushsa, yog‘och chiriy 
boshlaydi. Buning oldini olish uchun yog‘ochni quruq holda saqlash, 
unga ayrim kimyoviy moddalar shimdirish orqali chidamliligini oshirish 
yoki yog‘och sirtini aliflash, loklash hamda turli bo‘yoqlar bilan bo‘yash 
kabi usullar qo‘llaniladi. 
Yog‘och ishqalanishga chidamli emas. Shuning uchun turli asbob-
uskunalarning ishqalangan qismlari boshqa materiallardan tayyor-
lanadi. Yog‘ochning qattiqligi unga boshqa qattiq jismning botishiga 
qarshilik ko‘rsatish darajasi bilan belgilanadi. Yog‘ochning qattiqligini 
aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy 
mix qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akatsiya kabi qattiq yog‘ochlarga 
emas balki tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga qoqiladi. 
Y
og‘ochning barcha turlari yaxshi yonadigan material hisoblanadi. 
Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlarni yong‘indan 
saqlash lozim. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi xavfsizlik 
choralarini muntazam bajarib borish shart.
Kuzatish usullari yog‘ochning sifatini belgilashda undan tayyor-
lanadigan buyum kattaligiga mos bo‘lgan sog‘lom qismi bor yoki 
yo‘qligini aniqlashdan iborat. Yog‘ochning ko‘ndalang va bo‘ylama 
qismlarini kuzatish orqali uning ichki qismlari chirimaganligi, boshqa 
turdagi zararlanishga uchramaganligi hamda rangi va guldorligi 
aniqlanadi.
Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning qattiq-yumshoqligi, zichligi 
hamda turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi. 
Yog‘ochning qattiqligi unga o‘zidan qattiq buyumlarning uchini
tig‘ini, qirrasini botirib ko‘rish orqali aniqlanadi. 
Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishi tajriba 
yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday 
tajribalar binolarni, imoratlarni qurish uchun qanday yo‘g‘onlikdagi va 
uz
unlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligini aniqlashda yordam beradi. 


7
Yog‘ochning sifati uning zax va namlikka, suvda va zararli 
mikroorganizmlarga hamda yog‘ochni kemiruvchi qurtlarga chidamlilik 
darajasi bilan ham belgilanadi. 
Yog‘ochning shunday zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun 
unga turli kimyoviy hamda tabiiy moddalar shimdiriladi, loklanadi, 
bo‘yaladi. 

Download 6.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa

Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish