|
Operatsion tizim, platformaning ta'riflari va tushunchalari, mikroprotsessor razryadligi, xotira va registrlar turlari
|
bet | 3/78 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 209,36 Kb. | | #158808 |
Bog'liq Tizimli dasturlash javoblarOperatsion tizim, platformaning ta'riflari va tushunchalari, mikroprotsessor razryadligi, xotira va registrlar turlari.
OT - bu dasturlarning kompleks muhiti bo'lib, barcha tizimlarning ishlash boshqaruvi funksiyalarini bajaradi, dastlabki yuklanishni ta'minlaydi, tizimni tiklash va konfiguratsiyalash, shu bilan birga foydalanuvchi bilan yonma-yon harakatlanuvchi interfeysni namoyish etadi. Operatsion tizim (OT) - TDT ning har doimgi, doimiy qismi bo'lib, u ShKning (Shaxsiy kompyuter) turli rejimlarida samarali ishlashini ta'minlaydi, dastuming bajarilishini va foydalanuvchi va EHM tashqi qurilmalarining o'zaro ishini tashkil etadi. Operatsion tizim vazifalami, funksiylami va hisoblash tizimining zaxiralarini taqsimlash va ishlatilishini nazorat etishdan iborat bo'lgan dasturlar majmuasiga kiritish mumkin. Hisoblash tizimida fizik zaxiralar, ya'ni aniq qurilma (magnit disklari, operativ xotira, protsessoming ishlash vaqti) bilan bog'lik zaxiralar mavjud. Operatsion tizim odatda kompyuter hotirasining tashqi diskida saqlangan bo'ladi. Kompyuter yuklangan paytda disk hotirasi bilan hisoblanadi va TXQdan joy oladi. Bu jarayon operatsion tizim yuklanishi deb ataladi.
Mikroprotsessorning razryadligi ba‘zida uning registrlarining va axborotning kod shinasinining razryadligi bilan, ba‘zida esa manzilining kod shinasining razryadligi aniqlab beradi. Bu shinalarning razryadligi VLIW turidagi MP larda bir xil (64-razryadli intel- arxitektura-IA ).
Asosiy xotira. Asosiy xotira (AX) axborotni operativ saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan axborot almashish uchun mo‗ljallangan. Asosiy xotira ikki turdagi xotira qurilmasidan iborat: doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va operativ xotira qurilmasi (OXQ).
DXQ (PZU–postoyannoye zapominayusheye ustroystvo, ROM–Read Only Memory) dasturning o‗zgarmaydigan (doimiy) va ma‘lumotnoma axborotlarni saqlash uchun mo‗ljallangan; unda saqlanayotgan axborotni faqat operativ o‗qishga imkon beradi (DXQ dagi axborotni o‗zgartirish mumkin emas);
OXQ (OZU–operativnoye zapominayusheye ustroystvo, RAM–Random Access Memory)
ShK hozirgi vaqt davomida bajarayotgan bevosita axborot hisoblash jarayonida qatnashayotgan axborotlarni operativ yozish, saqlash va o‗qish uchun mo’ljallangan (dastur
va axborotlarni).
Tashqi xotira. Tashqi xotira shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalariga kiradi va masalani yechish uchun qachondir kerak bo‗ladigan axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotira qurilmasida kompyuterning barcha dasturiy ta‘minoti saqlanadi. Tashqi xotiraning har xil turlari mavjud. Bu jamlovchilarning vazifasi–katta hajmdagi axborotlarni saqlash, yozish va so‗rov bo‗yicha operativ xotira qurilmasiga uzatish. Tashqi
9
xotira qurilmasi sifatida keng miqyosda optik disklarda jamlovchi qurilmalar ham ishlatilmoqda (SD–Compact Disk, DVD–Digital Versatile Disk), flesh-diskda jamlovchilar va kamroq kassetadagi magnit tasmali xotira qurilmalari (MTXQ, strimmerlar), diskli magnitooptik jamlovchilar (DMOJ)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion tizim, platformaning ta'riflari va tushunchalari, mikroprotsessor razryadligi, xotira va registrlar turlari
|