|
Uzilishlar turlari va ularni qayta ishlash
|
bet | 4/78 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 209,36 Kb. | | #158808 |
Bog'liq Tizimli dasturlash javoblarUzilishlar turlari va ularni qayta ishlash.
Uzilish (интеррипт прерывание) – bu bajarilayotgan jarayonni unga nisbatan tashqi hodisa tasiri asosida vaqtinchalik to’xtatilishiga aytiladi. Asosan programmaviy va apparat uzilish turlari mavjud. Tizimli programmalashda uzulishlarni tahlil qilish va qayta ishlash katta rol o`ynaydi.Biz uzulishlar va ular bilan bog`liq bo`lgan tushunchalarni SHEHM muhitida qarab chiqamiz. Boshqa (universal superEHM) muhitlarda ham xuddi shunga o`xshgan uzulishlar turi, ularni tahlil qilish usullari va qayta ishlash mexanizmlari mavjud.
MS-DOS operatsion sistemaning asosiy modullaridan biri-bu BIOS (KCHAS-kiritishlar chiqarishning asosiy sistemasi) hisoblanadi. BIOSning asosiy vazifalaridan biri operatsion sistemaning uzulishlariga xizmat ko`rsatishdir. Bu ish uzulishlar mexanizmi yordamida bajariladi, ya`ni mashenaning joriy ishi qisqa vaqt davomida to`xtatiladi va unga sababchi bo`lgan hodisa qayta ishlanadi. Uzulishlarni uchta guruhga: aparat, mantiqiy va programmaviy bo`ladilar. Aparat uzulishlarining sabablari (manbalari): tok kuchini pasayishi, klaviaturadagi klavisha (tugmachani) bosilishi, qattiq va yumshoq disk qurilmalaridan keladigan signallar va hokazolar bo`lishi mumkin. Mantiqiy (protsissor) uzulishlar nostandart holatlarda, masalan, mekroprotsissorning ish jarayonidagi nolga bo`lish registrlarni to`lib ketishi, “to`xtash nuqtasi” paydo bo`lganda yuzaga keladi. Programmaviy uzulishlar uzulishlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Bunday uzulishlar bir programma boshqa programmadan xizmat ko`rsatishni talab qilgan paytda hosil bo`ladi. Xizmat ko`rsatish turi
esa yana aparat bilan bog`liq bo`ladi.
BIOS past bosqich (прерывания нижнеего уровня)
uzulishlarni qayta ishlaydi. Bu turdagi uzulishlar aparatura bilan bog`liq. Past (quyi) bosqich uzulishlarining nomerlari 0-3110(0-1F16). Boshqa uzulishlar, ya`ni 32-6310(20- 3F16) tartib raqamli uzulishlar yuqori bosqich uzulishlari deyiladi. Bu turdagi uzulishlarni DOS
uzulishlarini qayta ishlash moduli (MS-DOS.COM yoki MSDOS.SYS) boshqaradi. BIOSning qayta ishlaydigan uzulishlaridan, masalan 0-nolga burish 2210(1616)-klaviaturani boshqarish, 2610 (1A16)-sana va vaqtni so`rash (o`rnatish)larni keltirish mumkin
|
| |