|
Mavzu: № 9 ShK profilaktik ishlarini olib borish. Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash
|
bet | 19/53 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 8,47 Mb. | | #132593 |
Bog'liq Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya uskunalarining dastuMavzu: № 9 ShK profilaktik ishlarini olib borish. Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash
Reja:
Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarning qo‘llanilishi.
Buzilgan fayllar va disklarni tiklash.
Diskka xizmat ko’rsatuvchi dasturlar.
1. Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarning qo‘llanilishi.
Shaxsiy kompyuter (ShK) larning axborotlarni uzoq va ishonchli saqlovchi vositasi bu magnit disklardir. ShK larning ishlash jarayonida tezkor xotira va magnit disk (MD) qurilmasi o’rtasida uzluksiz axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Ayniksa qattik disk bilan bu jarayon intensiv amalga oshadi.
Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, amalda ShK ning magnit diskidagi axborotlarni buzilishi hollari sodir bo’ladi. Ba`zan esa MD ning fayllar tizimida buzilishlar sodir bo’ladi.
Bu buzilishlar quyidagi sabablarga ko’ra sodir bo’lishi mumkin:
diskning fizikaviy shikastlanishidan;
magnit disk sirtining ifloslanishidan;
kompyuterning avariyali uchirilishidan;
disketani disk yurituvchi kurilmadan vaqtida olmaslikdan;
dasturning avariyali yakunlanishidan sung operatcion tizimni qayta yuklaganda;
viruslar ta`sirida.
Bulardan tashkari fayllar joylashuvidagi o’zgarishlar kompyuter ishlashini bir qancha sekinlashtirishi mumkin.
Diskdagi axborotni tiklash
Ishlash jarayonida uchib ketgan katalog va fayllarni qayta tiklash uchun quyidagi dasturlar ishlatiladi:
MS-DOS tarkibiga kiruvchi Undelete dasturi;
Norton Utilites servis dasturi majmuasiga kiruvchi Unerase dasturi;
PCTOOLS dasturi.
O’chib ketgan axborotni tiklashni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun diskka xech qanday axborot yozilmagan bulishi kerak.
Unrerase dasturi va uning ishlash tamoyili
Fayl yoki katalog o’chirilganda, uni MS-DOS butunlay o’chirmaydi, balki uning nomidagi birinchi simvolini ASCII jadvalidagi 229 kodli simvol bilan almashtiradi. Keyingi o’qishlarda bu fayl joylashgan joy bo’sh joy sifatida qabul kilinadi.
O’chib ketgan faylni tiklash uchun bu dastur dastlab ko’rsatilgan katalogda bu fayl borligini aniklaydi. Keyingi qilinadigan harakatlar faylning o’lchami va joylashuvi bilan bog’liq.
Agar fayl bir nechta ketma-ket keluvchi klasterlarni egallaydigan bo’lsa, bularning hammasini tiklanayotgan faylga beradi.
Agar fayl bir nechta tarqoq keluvchi klasterlarda joylashgan bo’lsa, dastur bulardan bir-biriga yakin keluvchi bo’sh klasterlarni fayl uchun birlashtiradi. Bunday xolda kerakli klasterlarni qo’lda ajratish kerak.
O’chirilgan fayllarni muvaffakiyatli tiklashning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi:
-fayl klasterlarining uzluksiz joylashuvi;
-faylga tegishli klasterlarning yangi yozilgan fayllar tomonidan egallanib qolmasligi.
]
|
| |