TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana19.06.2024
Hajmi0,64 Mb.
#264433
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusufning-tafsiri-hilol-asaridagi-lingvopoetik-xususiyatlar

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Xalqimizning islom dini asoslarini Qur’oni Karim maʼnolarini bilishga chanqoqligini 
eʼtiborga olingan holda insoniyat hayotining asosiy dasturi boʻlmish Qurʼoni Karim imkon qadar 
xalqona tilda tafsir qilingan. 
Albatta, bu ishda koʻplab ulamolarimizning bebaho tavsirlaridan foydalanilgan hamda
bunday tafsirlardagi bilimlar hadis va rivoyatlar bilan yanada tushunarli va manfaatli boʻlgan. 
Shu bilan birga hozirgi zamonda paydo boʻlgan bir qancha yangi maʼlumotlardan ham 
foydalanilgan. Xalqimizning islom ilmidan xabardorlik darajasini hisobga olib iloji boricha 
sodda til va sodda uslubni qoʻllashga harakat qilingan. Har bir suraning nomi, makkiy yoki 
madaniyligi, oyatlar soni haqida maʼlumot berilgandan keyin shu suraning mavzusi haqida 
qisqacha maʼlumot beriladi.
Har bir oyat raqamlangan va keyin matnning arabchasi yozilgan. Soʻngra oyati 
karimaning ma’nosi berilgan. Soʻngida esa oyatning ma’nosi iloji boricha sodda va ravon qilib 
xalqona tilda izohlangan. Ba’zi hollarda Kalomullohda kelgan va jonli nutqda buzilib talaffuz 
qilinayotgan soʻzlar aynan Qur’oni Karimga mos ravishda berilgan. Bundan Alloh taoloning 
kalomi oʻzgarmas degan ma’no kelib chiqadi. Har bir musulmon aAlloh taoloning kalomini va 
unga bog‘liq barcha narsalarni oʻta hurmat qilishi kerakligi aytiladi.Shuning uchun hushu’,
xuzu', ruku', man, ta'vil jannati na'iym kabi soʻzlar asliga mos tarzda yozilgan. 
Tarixiy shaxslar va joylar nomini asliga toʻg‘ri yaʼni Iyso, Masih, Oisha Madina tarzida 
yozilgan. Alloh taoloning ismlarini ham Qurʼoni Karimga asoslanib yozilgan. Alloh, Rohman, 
Rohiym, Gʻofur, Kariym, Hakiym. Alloh taoloning ismlari boʻlmagan tangri, xudo, 
parvardigor kabi soʻzlarni qoʻllamaslikka harakat qilingan va Qur’oni Karimda kelgan Alloh
Robbul olamiyn kabi sifatlarning oʻzi yozilgan. Bu bilan Alloh taoloning soʻzi va uning ismlari 
oʻzgarmas ekanligi, xalq orasida buzilib aytilayotgan soʻzlarni asli Qur’oni Karimdagidek 
aytilishi kerakligi uqtirilgan.
Din (asli diyn), tahorat (asli toharat) kabi soʻzlar jonli nutq asliga toʻg‘ri talaffuz qilinsa
ham baʼzi bir mulohazalarga koʻra bu soʻzl adabiy til normalariga mos shaklda yozilgan. Adabiy 
tilda nisbatan koʻp uchraydigan baʼzi bir soʻzlar esa bevosita tafsirda oʻzbek tilidagi variantini 
oyatlar tarjimasida esa asl holati yozilgan. Masalan: juma- jumu’a, manba –manba’ va hokazo. 
Oyatlarni bir-biriga bogʻlash uchun ham tushuntirish yozilgan baʼzi oyatlarning tushish 
sabablari haqida rivoyatlar kelgan boʻlsa, ular ham keltirilgan. Ba’zilarini tushuntirish uchun 
tarixiy voqealar, qissalar keltirgan. Kitobda baʼzi shaxslar qavmlar haqida qisqacha ma’lumotlar 
berilgan. Kitobxonning eʼtiborini Qur’oni Karim matnidan chetlatadigan maʼlumotlarni 
keltirmaslikka harakat qilingan. Masalan: Alloh taolo osmonni bekamu-koʻst yaratgani 
haqidagi oyat tavsifida osmon haqidagi ilmiy maʼlumotlarni xohlagancha keltirish mumkin edi. 
Kitobxon bu kabi ma’lumotlarni boshqa manbalardan oʻqib olishi mumkinligini inobatga olgan 
holda ortiqcha ilmiy mulohazalar keltirilmagan. 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish