SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
478
qismiga kelsak. Bu ulamolar sirini ochgan ilmiy haqiqatlardan eng kattasi hisoblanadi desak
mubolagʻa boʻlmaydi. Hayot va oʻsish uchun kerakli barcha kimyoviy oʻzgarishlar, albatta
suvsiz boʻlmaydi. Suv hayotning davom etishi, koinot va nabototning yashashi uchun asosiy
narsadir. yer yuzasining toʻrtdan uch qismi suv bilan oʻralgan boʻlib, suvning xususiyatlaridan
biri yer yuzidagi haroratni bir xil saqlanib turishini taʼminlaydi. Agar shunday boʻlmaganda,
yer yuzida hayot boʻlmas edi. Suvning xususiyatlari juda koʻp boʻlib ularning har biri Alloh
taolo suvni Oʻzining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalildir. Suv muzlasa zichligi
kamayadi va hajmi katta boʻladigan yagona moddadir. Bu xususiyatning suvda yashaydigan
hayvonlarga ahamiyati katta boʻlib, shu sababidan sovuq qattiq boʻlganida muz suvning ustiga
koʻtariladi (boshqa modda boʻlsa pastga ketishi kerak edi). Suv hayvonlari uchun zaruriy
narsadir past darajali haroratda suv oʻziga kislorodni koʻp tortadi muzlagan suvdan esa harorat
chiqib daryo va dengizlarda yashovchi hayvonlarning hayotini saqlashda juda qoʻl keladi.
Qurʼonning hikmatini qarangki, ozgina soʻzlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlarini
bayon qildi. Mana shu oyatning oʻziyoq Muhammad alayhissalomning haqiqiy Paygʻambar,
Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga katta dalildir.
Ushbu aytib oʻtilgan moʻjizalar dengizdan bir tomchi xolos. Bu haqida necha-necha
kitoblar bitilgan. Hozirda “Qurʼon va sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” nomi bilan atalgan xalqaro
tashkilotlar, ilmiy nashrlar bor. Tib ilmidagilar Qur’onning tibbiy moʻjizalarini, kimyo olimlari
–kimyoviy, tarixchilar-tarixiy, fizikachilar-fizikaviy, munajjimlar-fazoviy va hokazo har bir ilm
egasi oʻz ilmi doirasida Qur’on moʻjizalariga tan bergan. Gʻarb mamlakatlarining zabardast
olimlari shu moʻjizalar tufayli islom dinini qabul qilgan va haligacha qabul qilmoqdalar.
MUHOKAMA
Mazkur kitobda har bir suraning mazmunini shunday mahorat bilan kitobxonga
tushuntirganki, hatto oyatlarning tushishiga sabab boʻlgan voqealar ham sodda tilda izohlar bilan
berilgan. Quyida shunday sharhlangan suralardan bir nechtasiga toʻxtalamiz.
“Ar-Rohman”
surasi. Makkada nozil bòlgan 78 oyatdan iborat. Bu suraning nomi
birinchi oyatidan olingan boʻlib, “Ar-Rohman” Allohning sifatlaridan biridir. Imom Bayhaqiy
hazrati Ali karramallohu vajhahudan qilgan rivoyatda Paygʻambar alayhissalom: