SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
477
Mana shu oyat nozil boʻlmasdan oldin musulmonlar hatto uxlaganlarida ham qurollari
bilan uxlab bizga ham bir osoyishtalik kelib diniy amallarimizni bemalol bajaradi olarmikanmiz
deb turganlar. Oyat nozil boʻlgandan soʻng koʻp oʻtmasdan ular orzu qilgan vaqtlar yetib keldi
va islom ummati Allohning yerdagi xalifasi deb eʼlon qilindi. Yana bir misol, “Moida” surasida
shunday deyilgan:
“Ey Paygʻambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday
qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan boʻlasan. Alloh seni odamlardan saqlar.
Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas”.
Bu oyat nozil boʻlishidan oldin Paygʻambarimiz Muhammad sallollohi alayhi vasallam
baʼzi sahobalar oʻz ixtiyorlari bilan kofirlarni yomonligidan qoʻriqlab turishardi. Oyat nozil
boʻlgandan soʻng esa Paygʻambar alayhissalom hujayralaridan boshlarini chiqarib, qorovullarga
qarab “Endi sizlar ketaveringlar, Allohning oʻzi meni kishilarni yomonligidan saqlaydigan
boʻldi”, deb aytdilar.
Shu oyat Qur’onning ilohiy kitob ekanligiga eng kuchli dalillardan biridir. Chunki bu
oyat nozil boʻlgandan soʻng Paygʻambar alayhissalom hech qoʻrqmasdan kofirlarning ichida
yurdilar, birinchi safda turib ular bilan jang qildilar va boshqa holatlarda ham bemalol
yuraverdilar. Kofirlar qanchalik urinmasin U zotga pashsha chaqqanchalik ozor yetkaza
olmadilar.
Qur’onda avval oʻtgan paygʻambarlar va ularning ummatlari haqida koʻpgina qissalar bor
maʼlumki, Muhammad alayhissalom oʻqish yozishni bilmaganlar umrlarida biror soat ham dars
olmaganlar shunga qaramay Qurʼonda kelgan qissalardan toʻg‘ri va dalillik boʻlib, hatto Injil va
Tavrot kabi kitoblarning xatolarini toʻg‘rilab kelgan. Bu haqida XX asrda shu qissalarning
baʼzilariga taalluqli boʻlgan dalillarni oʻrgangan mashhur ulamolar ham aytganlar. Ularning
orasida oldin musulmon boʻlmaganlari bu ilmiy ishlardan keyin Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitob
ekanligiga ishonib musulmon boʻlganlar.
Qur’on kishilarni toʻg‘ri yoʻlga boshlash uchun nozil qilingan boʻlib, koinot, mavjudot
va ilmiy masalalarda soʻz yuritish uning vazifasi emas. Ammo Qur’onda baʼzi bir ilmiy soʻzlar
kelganki, albatta, ular Qurʼonning ilohiy mojizakor kitob ekanligiga katta dalildir. Bu esa
Paygʻambar alayhissalom ilmiy masalalardan mutlaqo bexabar boʻlsalarda, Qurʼonda shunday
ilmiy masalalarda zikr qilinganki, buning sirini oʻsha vaqtda va undan keyin ham hech kim
bilmagan. Faqat bizning davrimizga kelib ilm-fan rivojlangan davridagina u narsalar tushunildi.
Alloh taolo “Anbiyo” surasida shunday deydi: