Shayx muhammad sodiq muhammad yusufning tafsiri hilol asaridagi lingvopoetik xususiyatlar




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana19.06.2024
Hajmi0,64 Mb.
#264433
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusufning-tafsiri-hilol-asaridagi-lingvopoetik-xususiyatlar

“Mujodala”
surasi. Madinada nozil boʻlgan. 22 oyatdan iborat. Bu muborak sura ikki 
xil nomlanib kelmoqda agar sura “Mujodila” deb nomlansa “tortishuvchi ayol” “Mujodala” deb 
nomlansa “tortishuv” deb tarjima qilinadi. Ikkala holatda ham Xavla bitni Sa’labaning 
shaxslarga ishora qilingan boʻladi. Odatda “Mujodala” nomi koʻproq ishlatiladi. Bu surani 
oʻrganish davomida Alloh taolo moʻmin-musulmonlarning hayotiy ishlariga bevosita aralashib 
ularning notoʻg‘ri ishlarini tuzatib turganini guvohi boʻlamiz. Ya’ni oilaviy ishda er-xotin 
oʻrtasida boʻladigan muomalada Alloh taolo oyatlar bilan tuzatishlar kiritib turganini koʻramiz.
Islomdan avval arablarning johiliyat tizimida er xotiniga “sen men uchun onamning belideksan” 
deb aytsa oralaridagi er-xotinlik aloqalari abadiy barbod boʻlardi. Ushbu sura mana shunda 
voqealardan azob chekkan xalqni qiynab kelayotgan bir yukdan xalos etdi. Imom Ahmad ibn 
Hanbal Paygʻambarimiz alayhisalomning jufti halollari Oisha onamizdan quyidagi rivoyatni 
keltiradilar. Bu voqea bilan Oisha onamiz Alloh taolo har bir narsani eshitib turuvchi ekanligiga 
yana bir bor amin boʻlganligini aytadilar. Bu suraning nozil boʻlishida Xavla bitni Sa’laba va 
uning turmush oʻrtog‘i Avs ibn Somitning orasida kelib chiqqan janjal sabab boʻlgan. Xavla 
bitni Sa’labaning turmush oʻrtog‘i achchiq ustida “sen men uchun onamning belideksan” deb 
yuboradi va hovuri bosilgach bu ishidan qattiq pushaymon boʻladi. Shunda Xavla bitni Sa’laba 
Paygʻambarimiz Muhammad sallollohi alayhi vasallamning oldiga kelib “Endi men erimga 
harommanmi” deb soʻraydi. Shunda Paygʻambarimiz “Sen unga harom boʻlibsan” deydi. Ayol 
esa hech toʻxtamasdan tortishaverdi. Rasululloh sallollohi alayhi vasallam unga “Harom 
boʻlibsandan” boshqa gapni aytmadilar va “Sening toʻg‘ringda biror amr kelgani yoʻq” dedilar.
Shunda ayol boshini osmonga koʻtarib “Allohim Oʻzingga yolboraman Paygʻambarning tiliga 
mening mushkulimni oson qiluvchi oyatlarni nozil qil” dedi. Paygʻambarimiz shunda jim boʻlib 
qoldilar. Vahiy tushganda boʻladigan holat yuzaga keldi. Bir muddatdan keyin u zot muborak 
boshlarini koʻtaradilar-da Alloh taolo sen va sening ering haqida oyat nozil qildi dedilar. Bu 
qissadan johiliyat qonunlari oʻsha davr kishilarga qanchalik qiyin boʻlgani koʻrinib turibdi. 
Zihor qilganlarga gunohini yuvish uchun moliyaviy ibodatni ya’ni kafforatni joriy etadi. Unga 
koʻra zihor qilganlar bir qulni ozod etishi kerak. Agar bunga qurbi yetmasa ikki oy ketma-ket 
roʻza tutishi lozim. Unda ham iloji boʻlmasa oltmish miskinni toʻyg‘azishi zarur boʻladi.
Soʻngra sura bir-birlari bilan pichirlashib gaplashish odoblarini oʻrgatadi. Chunki oʻsha davrda 
yahudiy va munofiqlar oʻzaro suhbatdagi fikrlari bilan moʻmin-musulmonlarga ozor berishardi. 
Alloh taolo oʻzining moʻmin bandalarini ularga oʻxshamaslikka, g‘iybatdan yiroq yurishga 
chaqiradi. Surada yahudiylarning soʻz oʻyini qilib, makkorlik bilan xuddi salom berganda 
oʻxshab, aslida esa yomonlikni ifoda qiluvchi soʻzlarni aytishlarini ham Alloh taolo bayon qiladi. 
Bu esa Allohning har bir zararli va botiniy narsalarni koʻruvchi va biluvchiligiga dalolatdir.
Munofiqlar haqidagi oyatlar kelganda esa ularning yahudiylar bilan doʻstlik aloqalarini 
oʻrnatganliklarini va musulmonlarning sirlarini ularga yetkazib turganliklari haqida xabar 
beriladi. Surada Alloh taolo har bir barsani xoh botiniy boʻlsin, xoh zohiriy boʻlsin barcha 
narsalarni koʻrib va bilib turguvchi zot ekani dalillangan hamda isbotlangan. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
480 
“Hashr”
surasi madinada nozil boʻlgan 24 oyatdan iborat. “Hashr” - koʻchirish, yashab 
turgan joyini tark etkazib, ikkinchi bir shaharga chiqarish kabi ma’nolarni anglatadi. Bu sura 
yahudiylarning xiyonatlari avj olgan bir paytda nozil boʻlgan. Bu sura Bani Nazir qabilasining 
Yasrib (Madina shahrining eski nomi)dan koʻchishi haqida. Payg‘ambarimiz Madina shahriga 
koʻchib kelganida Bani Nazir qabilasi bilan qoʻshni boʻladilar va bu qabila avval doʻst tutinib, 
keyinchalik Quraysh qabilasi bilan til biriktirib Payg‘ambarimizga qarshi fitna qiladilar. Bani 
Nazir qabilasi Payg‘ambarimiz ustiga tomdan kelib katta xarsangtosh tashlab oʻldirmoqchi 
boʻladilar va buni Jabroil alayhissalom Rasulullohga yetkazadi. Yahudiylarning bunday 
hiylasidan keyin Payg‘ambarimiz ularga urush ochishga ahd qiladi. Yahudiylarning qoʻrg‘oni 
mustahkam boʻlib, uni zabt etish mushkul ish edi. Rasululloh avval ularning xurmolarini kesib, 
qoʻrg‘on atrofiga uyishlarini keyin esa unga oʻt qoʻyishga buyuradilar. Yahudiylarda ikkita yoʻl 
biri Rasulullohning aytganlarini qilish, keyingisi qoʻrg‘ondan chiqib urushish yoʻli qolgan edi. 
Oʻn kunlik qamaldan soʻng yahudiylar qoʻrg‘onlaridan chiqishdi va Rassulullohadn kechirim 
soʻrashadi va Yasribdan ketishga izn soʻrashadi. Ularning ba’zilari Xaybarga, ba’zilari esa 
Shomga jonab ketishadi. Sura oxirida Alloh taoloning oliymaqom sifatlari-yu goʻzal ismlari 
zikr qilinadi. 
XULOSA 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Islomning dasturi boʻlmish Qur’oni Karimdagi oyatlar 
va ularning tafsirini har bir moʻmin yaxshi bilmog‘i lozim. Islomni va uning ahkomlarini 
oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun ushbu dastur juda manfaatli boʻladi deb oʻylayman. Chunki bu 
asarni Qur’oni Karimning bundan oldingi tafsirlari va qisqa holatlarda uchraydigan sharhlari 
hamda bugungi kundagi yangi bilimlarni oʻzida jamlagan mukammal asrlardan biri desak 
mubolag‘a boʻlmaydi. Allohning ismlar va kalomi oʻzgarmas ekanini har bir musulmon bilmog‘i 
zarur. Bugungi kunda yosh avlod orasida G‘arb mamlakatlari madaniyatiga taqlid qilayotganlar 
ham afsuski topiladi. Zamonaviylik deb milliy urf-odatlar va qadriyatlaimizni unutib 
yuborayotganimiz ayni haqiqat. Shu bilan birga Islomni ezgulik, adolat va haqiqat sifatida tan 
olib, unga ergashayotgan yoshlarimizning ham borligi quvonarli hol, albatta. 
Ushbu asardan Qur’oni Karimning nozil boʻlishidan tortib uning qay holatda nozil 
boʻlishi, Qur’onning moʻjizakorligi, Qur’onni qanday oʻqish lozimligi, Qur’onning insonlarni 
ojiz qoldirishi haqida mufassal toʻxtalgan. Kalomullohda kelgan suralarning turlari va undagi 
mavzular yuzasidan aniq, isbotlangan va dalillangan ma’lumotlarni kitobxonga tushunarli 
boʻlishi uchun turli rivoyatlar bilan asoslab berilgan. Kitob olti juzdan iborat boʻlib, asar 
soʻngida muallif nihoyatda kamtarlik bilan bundan oldin yozilgan tafsirlardan foydalangani 
hamda ushbu dasturni chop etishda taniqli ulamolardan maslahat soʻragani va “Asardagi yutuqlar 
faqat Allohning tavfiqi, kamchiliklar boʻlsa kaminaning xatolari deb biling” deya kitobxondan 
uzr soʻrab, mazkur dasturga qoʻl urganligini aytadi. Tafsirxon kitobni oʻqish jarayonida hech 
qandan notanish yoki tushunarsiz soʻzlarga duch kelmaydi. Chunki muallif buni ham inobatga 
olgan holda oddiy, sodda tilda ta’bir joiz boʻlsa, soʻzlarning lug‘aviy ma’nolarini keltirib oʻtgan.
Asar Qur’oni Karimning moʻjizakorligini, Allohning borligi va birligini, Qur’onning 
ilohiy kitob ekanligini, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam 
Allohning rasuli ekanligini, qiyomat haqligini, inson vafotidan keyin qayta tirilib qilgan 
qilmishlari uchun hisob berishini, namoz va roʻza farz ekanligini Qur’ondagi oyatlarning tafsiri 
bilan yanada nozikroq ma’nolarini ochib bergan holda yozilgan.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
481 
REFERENCES 
1.
Qur’oni Karim 
2.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri Hilol” 6 juzlik. “Hilol nashr” T., 
2022. 
3.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Baxtiyor oila”. “Hilol nashr” T., 2022. 
4.
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy “Sahihul Buxoriy”. T., 1973. 
5.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Moʻminning me’roji”. “Hilol nashr” T., 
2018. 
6.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Keksalarni e’zozlash”. “Hilol nashr” T., 
2021. 
7.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hadis va Hayot”. 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shayx muhammad sodiq muhammad yusufning tafsiri hilol asaridagi lingvopoetik xususiyatlar

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish