Shayx muhammad sodiq muhammad yusufning tafsiri hilol asaridagi lingvopoetik xususiyatlar




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana19.06.2024
Hajmi0,64 Mb.
#264433
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusufning-tafsiri-hilol-asaridagi-lingvopoetik-xususiyatlar

TADQIQOT NATIJALARI 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
476 
Mazkur asarda alloma Qur’on nuzulining boshlanishi haqida ham qisqacha ma’lumotlar 
bergan. Masalan: Muhammad sollallohu alayhi vasallam 40 yoshga yetganlarida koʻngli 
yolg‘izlikni xohlab qoladilar hamda Makka atrofidagi tog‘larning birida “Hiro” nomli bir g‘orga 
kirib bir necha kunlab ibodat bilan mashg‘ul boʻladilar. Bir kuni g‘or og‘zidan chiqishlari bilan 
“Oʻqi” degan gumburlagan ovoz eshitadilar va u kishi “Oqishni bilmayman” deb javob beradilar 
shundan soʻng yelkasidan bir narsa siqdi-da qoʻyib yubordi va yana “Oʻqi” dedi Ul zot uch 
marta ham bu soʻzga “Oʻqishni bilmayman” deb javob berdi. Shundan soʻng gulduroq ovoz 
“Alaq” surasining birinchi besh oyatini oʻqidi. 
Payg‘ambarimiz bu oyatlarni toshga oʻyilgan yozuvdek yodlab oldilar. Ul zot uylariga 
rangi oqargan holda kirib keldilar va Hadiyja onamizga boʻlgan voqeani aytib berdilar. Hadiyja 
onamiz bu yaxshilikkadir axir siz hammaga yaxshilik tilaysiz deya javob beradi. Bu voqeani 
hadiyja onamiz amakilari Varaqa ibn Navfalga aytib beradilar. U kishi juda dindor va diniy 
kitoblarni koʻp oʻqigan inson boʻlgani uchun “Suyunchi ber jiyan” Muhammadga Muso 
payg‘ambarga kelgan farishta kelibdi deydi. Shu tariqa Islomning dasturi soʻnggi 
Payg‘ambarga 13 yil Makkada 10 yil Madinada- jami 23 yil nozil boʻlgan. Qur’ondagi suralar 
jami 114ta boʻlib ularning har birining nomi bor. Bu nomlar ba’zi suralarning boshlanishidan 
olingan boʻlsa, ba’zilarining nomi surada koʻp zikr qilingan narsalarning yoki voqealarning nomi 
bilan ataladi. Qur’ondagi suralar uch yoki undan koʻp oyatlarni oʻz ichiga oladi. Qur’on suralari 
ikki qismga boʻlinadi:
Makkiy suralar (Makkada tushgan suralar) 
Madaniy suralar (Madinada tushgan suralar) 
Makkada tushgan suralar qisqaroq boʻlib, Allohning yagonaligi va sifatlari, Qur’on va 
Payg‘ambarning haqligi, Odam alayhissalom va shayton, qiyomat kuni kabi mavzularni 
jamlaydi. Madaniy suralar esa nisbatan uzunroq boʻlib shar’iy hukmlar, ibodatlar, jinoyatchilarni 
jazolash, urush va xalqaro aloqalar, munofiqlar haqidagi mavzularni oʻzida jamlaydi. 
Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻqish va yozishni bilmaganlar. Oyatlarni farishtalardan 
eshitib yodlab olardilar. Yonlarida yurgan oʻqish va yozishni biladiganlar payg‘ambarimiz 
tilidan yapaloq toshmi, xurmoning poʻstlog‘imi, qog‘ozmi, katta suyakmi shunga oʻxshash 
narsalarga yozib olardilar. Har bir oyat nozil boʻlganda Payg‘ambarimiz bu oyat qaysi surada 
ekanligi, qaysi oyatdan oldin va qaysi oyatdan keyin turishini aytib turganlar. 
Bundan tashqari ushbu kitobda Qur’onning nuzul boʻlishi bilan birgalikda Qur’onning
jamlanishi, Qur’onning tarqoq holda nozil boʻlishi, Qur’onning insonlarni ojiz qoldirishi, 
Qur’onning moʻjizakorligi haqida ham bir qancha ma’lumotlar berilgan. Jumladan, Qur’onning 
moʻjizakorligi haqida gap ketganda avvalo, shuni aytish kerak-ki, yuqorida aytilganidek arab 
tilida arab soʻz ustalarini ojiz qoldirish uchun yuborilgan kitob boʻlib, haqiqiy moʼjizasini toʻliq 
tushunish uchun arab tilini biladigan kishi boʻlishi shart. Biz arab boʻlmaganimiz va arab tilini 
bilmaganimiz uchun Qurʼonning arab tiliga bog‘liq boʻlmagan moʻjizalaridan baʼzi keltirib 
oʻtilgan. Shulardan biri kelajakda boʻladigan hodisalardan berilgan xabarlardir Qurʼoni Karimda 
inson aqlini lol qoldiradigan darajada baʼzi bir xabarlar keladi. Misol surai “Nur”da shunday 
deyilgan: 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shayx muhammad sodiq muhammad yusufning tafsiri hilol asaridagi lingvopoetik xususiyatlar

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish