RESEARCH FOCUS
ISSN: 2181-3833
| VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023
ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597)
|
UIF (8.3)
PSIXIKA VA ONG
1-kurs 104-guruh Maktabgacha ta’
lim yo’nalishi talabasi
Norboyeva Ro’
zoxol Usan qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7589305
KIRISH
Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog`langan, g`oyat
tarmoqlanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi
asoslar bo`yicha klassifikatsiya qilish mumkin:
1) konkret faoliyatning psixologik tomoni;
2) taraqqiyotning psixologik tomoni;
3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub`ekti sifatida) jamiyatga bo`lgan munosabatining
psixologik tomoni.
Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo`yicha psixologiya
fanining bir qator
sohalarini ajratib ko`rsatish mumkin.
MEHNAT PSIXOLOGIYASI. Mehnat psixologiyasi
inson mehnat faoliyatining
psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning
psixologik asoslarini
o`rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining
shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli
xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta`sirini
o`rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.
RESEARCH FOCUS
ISSN: 2181-3833
| VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023
ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597)
|
UIF (8.3)
Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan
bir qancha mustaqil
sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri
INJENERLIK PSIXOLOGIYASI. Injenerlik psixologiyasi
inson va mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi
muammolarni o`rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni
boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o`rganadi. Keyingi yillarda
mehnat va injenerlik
psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.