• MEDITSINA PSIXOLOGIYASI.
  • YURIDIK PSIXOLOGIYA
  • PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana16.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #100037
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Norboyeva Ro’zoxol

    PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING predmeti ta`lim va tarbiya jarayonlarining 
    qonuniyatlarini o`rganishdan iborat. Bu soha o`quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, 
    intellektual faoliyat malakalari va usullarini o`zlashtirishni boshqarish muammolari, ta`lim 
    samaradorligiga ta`sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o`quvchilar orasidagi 
    munosabatlarni, o`quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik 
    taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta`lim va tarbiya berish kabi muammolarni o`rganadi. 
    Pedagogik psixologiyaning ta`lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat 
    psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga ta`lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko`plab 
    tarmoqlari mavjud. 
    MEDITSINA PSIXOLOGIYASI. Psixologiyaning bu sohasi tibbiyot xodimlarning 
    faoliyatini, bemorlarning xulq-atvorini o`rgandi. Meditsina psixologiyasi quyidagi qismlarga 
    bo`linib ketgan: neyropsixologiya - psixik hodisalarning miyadagi fiziologik tuzilmalarini, 
    asoslarini, mexanizmlarini o`rganadi; psixofarmakologiya - davolashda qo`llaniladigan turli xil 
    dorilarning kishi psixikasiga ta`sirini o`rganadi; psixoterapiya - bemorlarni davolashda turli psixik 
    ta`sirlardan foydalanishni; psixoprofilaktika va psixogigiena - turli psixik kasalliklarning kelib 
    chiqishi, ularni profilaktika qilish masalalarini o`rganadi. 
    YURIDIK PSIXOLOGIYA - huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish 
    mobaynida yuzaga keladigan ko`plab masalalarni ko`rib chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi 
    psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi. 
    HARBIY PSIXOLOGIYA - jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori, 
    boshliqlar va ularning qo`l ostidagilarning o`zaro munosabatlarining psixologik tomonlari, 
    "psixologik urush" olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni o`rganadi. 

    Download 0,73 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish