Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#255268
1   2   3   4
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari 
 
283 
turli tabaqasi ishlatishi natijasida ularning nomini ifodalovchi maxsus terminlar ham 
umumiste’mol so‘zga aylanib ketadi. Ular ishlatila-ishlatila majoziy ma’nolarga 
kiradi, har xil o‘xshatishlar uchun asos bo‘ladi, maqol, matal, doimiy va frazeologik 
iboralar tarkibida qo‘llanila boshlaydi, tug‘at tarkibini boyitadi. Masalan, tikuvchilik 
asboblaridan birining nomini ifodalovchi 
iyna 
termini: “ipidan iynasigacha” – butun 
tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha batafsil. “iyna minan quduq qazuv” – juda qiyin, 
bajarilishi amrimahol bo‘lgan ish. “Iynaday gapni tuyaday qildi” – mubolag‘a qilib, 
bo‘rttirib yubordi. Yana tesha so‘zi “tesha tiymagan so‘z” – hazil-mutoyiba yo‘li 
bilan aytiladi, yangi fikr ma’nosida; bo‘zchi, moki so‘zlari – “bo‘zchining 
mokisidek” – tez-tez qatnab sarson bo‘lish ma’nosida; o‘roq, ketmon so‘zlari 
“o‘tkanning o‘rag‘in, ketkanning ketmanin aluv” – urushqoq, boshqalarni bezor 
qiluvchi shaxslar haqida aytiladi, “ketmani uchdi” – omadi keldi” – omadi keldi 
ma’nosida; narvon so‘zi “yuldizdi naq uruv” – juda olg‘ir, ishbilarmon kishi 
ma’nosida; tegirmon so‘zi “degirmanga tushsa, putun chig‘adi” – har qanday qiyin 
sharoitdan ham qutulish yo‘lini topa oladi ma’nosida; temir so‘zi “temirni qizig‘ida 
bos” – biror ishni ayni vaqtida qil ma’nosida; temirchi so‘zi esa “ota-bobong temirchi 
o‘tganmi” – sergap, gapni ortiqcha cho‘zuvchi kishiga aytiladi. Buning sababi shuki, 
temirchi temirni qizdirib, bolg‘alab cho‘za-cho‘za buyum yasaydi, bunda gapni 
cho‘zish temirni cho‘zishga o‘xshatiladi. Bu misollardagi, aslida, kasb-hunar 
leksikasiga oid 
igna, tesha, bo‘zchi, moki, temir, o‘roq, ketmon
terminlari 
so‘zlashuvimizda majoziy ma’nolar va turlicha o‘xshatishlar uchun xoslashib 
qolganini ko‘ramiz. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, iste’moldagi so‘zlar biror kasb 
ahllari tomonidan kasb-hunar hayotidagi ayrim voqea va hodisalar bilan bog‘lanib, 
maxsus ma’nolarda ishlatiladi va o‘sha xos ma’nolarida yana umumiste’mol 
leksikaga qaytadi. 
Kasb-hunar terminlarining ko‘chma ma’nolarda ishlatiladiganlardan yana 
zarshunos
terminini keltirish mumkin. Zarshunos, aslida, zar (oltin)ni (umuman nodir 
metallni) sifat jihatdan ajrata oladigan mutaxassis ma’nosida bo‘lsa-da, so‘zlashuv 
tilida yaxshi narsani yomondan ajrata biluvchi, biror ish va hodisaga nozik qaray 
biluvchi kishi ma’nosida qo‘llanilib kelgan va shu ma’noda adabiy tilga ko‘chgan. 
Umumiste’moldagi va asosiy lug‘at tarkibidagi ayrim so‘zlar kasb-hunar leksikasida 
maxsus narsa va tushunchalarni ifodalovchi terminga aylanishi va shu ma’nosi bilan 
tilga qaytishi mumkin. Bunga tanqidiy g‘arch so‘zi misol bo‘la oladi. Kosiblar oyoq 
kiyimni kiyib, yerni bosganda g‘irchillagan ovoz chiqarishi uchun uning tovoniga 
yoki tagcharm bilan patak orasiga qirqilgan mayda charmlar qo‘yib yuboradi. Shu 
bo‘lakni g‘arch, oyoq kiyimni esa g‘arch etik deb yuritadilar. Bu nom kosiblar 
leksikasidan so‘zlashuv tiliga, undan adabiy tilga ham kirib singib ketgan. Masalan, 
shoir Zavqiy bu so‘zni shu ma’noda o‘z she’rida ishlatgan:
Davlat-u izzu sharaflar mardi bodunyoniki, 
Bu zamonda g‘arch kavush kiygan silliq salloniki
236

Shoir bundagi “g‘arch kovush kiygan” iborasini 
boy, boyvachcha, savdogar
ma’nosida ishlatgan va o‘z zamonasining sinfiy munosabatini ochish uchun bu 
iboradan foydalangan. Bu so‘z Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlarida ham uchraydi: 
236
Zavqiy. Zamona kimniki? 



Download 0,53 Mb.
1   2   3   4




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish