Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
282
SHEVALAR LEKSIKASINING TARAQQIY ETISHIDA KASB-HUNAR
TERMINLARINING O‘RNI
N.E.Musayeva –
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va
adabiyoti mutaxassisligi 1-kurs magistranti
Ilmiy rahbar: Y.M.Ibragimov –
filologiya fanlari doktori, professor
Аннотация:
Maqolada shevalar leksikasining taraqqiyotida kulolchilik,
kashtachilik, zargarlik, duradgorlik, temirchilik, ovchilik kabi kasb-hunar sohasiga
tegishli leksikaning taraqqiyotidagi o‘rni, ularning majoziy ma’nolarni ifodalab
kelishi, makon va zamonda so‘z ma’nolarining kengayishi, iste’moldan chiqib qolish
sabablari tavsif etiladi.
Annotatsion:
This article describes the role of vocabulary connecting hunting,
pottery, embroidery, jewelry, blacksmithing in the society progress, the expression, of
the allegorical meanings, the expension in any positions and any moments, the
reasons of being no longer in use.
Tayanch so‘z va iboralar:
kasb-hunar, terminlar, majoziy ma’no, sohalar
leksikasi
Key words:
craft, term, figurative meaning, field lexicon
O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning
uchun O‘zbekistonning har bir viloyat, tumanlarida kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy
etgan. Masalan, kulolchilik, kashtachilik, duradgorlik, temirchilik,
ovchilik,
chorvachilik, kosibchilik, zardo‘zchilik va hokazolar shulardan hisoblanadi. Kasb-
hunarning turli tarmoqlarida mehnat jarayonida xalqimiz tomonidan yaratilgan va
yaratilayotgan maxsus terminlar umumxalq tilining lug‘at tarkibida boy bir qatlamni
tashkil qiladi. Ba’zilari ishlatilishdan qolib, tarixiy terminlar qatoriga o‘tadi, ba’zilari
esa yangi vazifa va yangi ma’nolar kasb etib, iste’moldan qoladi.
Kasb-hunar
terminlari umumiste’molga, vaqtlar o‘tib folklorga va yozma adabiyotga kiradi. Xalq
kasb-hunar terminlari umumadabiy tilimizning hamda shevalarimizning leksik
tarkibini boyituvchi muhim manbadir.
Masalan, hozirgi murakkab mashinalarning anchaginasi insoniyat tomonidan
eng qadimgi zamonlarda yaratilgan sodda texnikaning rivojlana borib,
yuksak
darajaga erishuvining natijasidir. Kishilik jamiyatining ilk davridagi kichik, sodda
uylarning eshiklari ham, hozirgi zamonning yuksak texnikasi samarasi bo‘lmish
reaktiv samolyoti yoki so‘nggi
rusumdagi avtomashinalarning, suvosti kemalarining
eshiklari ham hozirgi og‘zaki va adabiy tilimiz leksikasida eshik deb yuritiladi.
Quldorlik tuzimi davri ixtirosi bo‘lmish kulollik charxining yoki oddity suv
tegirmonining parra va o‘qlari hamda hozirgi zamon samolyot,
vertolyot
kemalarining o‘sha xil qismlari shu nom bilan yuritiladi. Demak, eski texnika
elementlari va ularning nomlari har choq texnikaning keyingi taraqqiylashgan yangi
shakllariga ham o‘tadi.
Shuningdek, mehnat jarayonida yaratilgan so‘z-terminlar fanning qariyb hamma
tarmog‘iga oid leksikasini doimo to‘ldirib kelgan. Kasb-hunar ahllari tomonidan
ishlab chiqarilgan rang-barang mahsulot xalqning isre’moliga o‘tishi, uni jamiyatning