Respublika ilmiy-amaliy konferensiya




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#255268
1   2   3   4
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
 
284 
“Poshnasi past amirkon etikcha, g‘arch qo‘yilgan qoshiqday kovushlar yer 
yuzidagi bor kinnalarni o‘ziga chaqirib oladi, xolajon”. 
Hozir g‘arch so‘zining shu ma’nosi asosiy lug‘at tarkibiga ham kirgan. Yana 
egov so‘zi ham majoziy ma’noda uchraydi. Kishining joniga tegib, asabini 
buzuvchiga qarata: “Sen buncha egov bo‘lding?!”, “U juda egov-da!” deyiladi.
Xalqning og‘zaki ijodi, shevalari singari yozma adabiyot ham har doim o‘z 
lug‘at tarkibini turli-tuman kasb-hunarga oid so‘z va terminlar hisobiga boyitib 
kelgan. O‘tmishda ham, hozirgi kunda ham yozuvchi va shoirlarning ijodida xalq 
kasb-hunar terminlari ko‘plab ishlatilgan. Bu hol yozuvchi ijodida fikrlar, voqea va 
hodisalarning ijtimoiy hayot va mehnat bilan bog‘lanishi, asarda ishlab chiqarish 
manzarasini paydo etish va personajlarni so‘zlatish natijasida yuz beradi. Kasb-
hunarga oid so‘z-terminlarning ana shunday shevalar va og‘zaki adabiyotlarda 
ishlatilishi va iste’moldagi leksikada keng qo‘lllanilishi natijasida ular tilning asosiy 
lug‘at tarkibidan o‘rin oladi. Masalan, metallsozlikning qariyb hamma tarmog‘ida 
ishlatiladigan sandon (temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ishlov 
berish (bolg‘alashda) uning ostiga qo‘yadigan asbobi, temir kunda) umumxalq tilida 
juda keng qo‘llaniladi, folklorga, yozma adabiyotga kirgan, asosiy lug‘at tarkibidan 
o‘rin olgan. O‘zbek xalq maqollari orasida ham uchraydi:
Ish yurishsa, shisha sandon sindiradi, 
Ish yurishmasa, bulamiq dandon sindiradi. 
Badiiy asarlarda ham bu so‘zni uchratamiz: “Qudrat yarim vayrona do‘konda 
beligacha chuqurga tushib olib, uzun temir qisqichda qisilgan bir yumaloq temir 
cho‘g‘ni sandonda bog‘lamoqda edi”
237

Yuqoridagi misollar kasb-hunar leksikasining umumxalq tili, adabiy til va asosiy 
lug‘at tarkibi bilan o‘zaro munosabatda rivojlanishini yaqqol ko‘rsatadi.
Xullas, shevalar va adabiy til lug‘at boyligini boyitishda kulolchilik, 
duradgorlik, temirchilik, zargarlik, kashtachilik, etikdo‘zlik, ovchilik kabi kasb-hunar 
atamalarining o‘rni beqiyosdir.

Download 0,53 Mb.
1   2   3   4




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish