• Shlitsali birikmalar o‘qiga nisbatan
  • Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari.
  • -rasm. To'g'ri yonli shlitsali birikmalar




    Download 242.5 Kb.
    bet2/3
    Sana24.10.2023
    Hajmi242.5 Kb.
    #90342
    1   2   3
    Bog'liq
    Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi
    3-amaliy ish, adabiyotshunoslik, Yadro o, Jadvaldan koʻrinib turibdiki sarf, Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari, 2 amalyot d, [29.12.2023 00 54] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ КОКАНД 1, SI 3 uzb, Amaliyot 2 (2), amaliyot 4 (2), amaliyot 5, amaliyot 6, 1-amaliy ish Pedagogik diagnostika, mysql
    11.1-rasm. To'g'ri yonli shlitsali birikmalar

    11.2-rasm. Evolventaviy shlitsali birikmalar



    11.3-rasm. Uchburchakli shlitsali birikmalar
    To`g`ri yonli shlitsali birikmalar ko`rsatkichlari jadval 11.1

    Evolventaviy birikmalarning o'lchamlari ГОСТ 6033-80ga binoan modullari m = 0,5... 10 mm, tashqi diametrlari D = 4...500 mm va tishlar soni z = 6...82 oraliqda bo'lishi mumkin (11.2-jadval).
    To'g'ri yonli va evolventaviy shlitsali birikmalar vallarga tishli g'ildiraklarni, maxoviklarni, tasmali uzatmalar shkivlarini, zanjirli uzatmalar yulduzchalarini, muftalarni va sh.k. o'rnatish uchun ishlatiladi.
    Uchburchak shlitsali birikmalar, odatda. yupqa va yengil qotishmalardan tayyorlangan vtulkalarni biriktirishda. tig'izlik hisobiga biriktiriladigan birikmalar o'rniga qo'llanadi. Markazlashtirish aniqligi past, shuning uchun ularni qo'zg'almas yoki kichik tezlikda ishlatiladigan tortsion ressoralar, boshqarish qismlarining pishanglari va sh.k. biriktirish uchun ishlatiladi. Uchburchakli shlitsali birikmalarning o'lchamlari standartlashtirilmagan. Ko'pincha hisoblashlarda ГОСТ 100092-73da keltirilgan tavsiyalardan foydalaniladi. Shlitsali birikmalar o‘qiga nisbatan yon sirtlarini joylashishiga qarab to'g'ri, qiya (vintsimon), konussimon va yonbosh turlarga bo`linadi. Odatda, aksariyat shlitsali birikmalar to‘g ‘ri tishli bo`ladi, qiya tishlilari uzatmadagi tirqishni sozlash yoki tig‘izlik hosil qilish va qiya tishli g"ildiraklarni surish uchun ishlatiladi. G'ildirak va birikmaning o'q bo'yicha qadami teng bo'lsa, o'q bo'yicha suruvchi kuchlar hosil bo'lmaydi. Konussimon shlitsalar tirqishsiz birikma hosil qilishda ishlatiladi. Yonbosh tishlar yig'ma vallarni biriktirish uchun ishlatiladi.
    Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari.
    Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari quyidagilar bo'ladi:
    1. Ishchi sirtlarning ezilishga qarshiligi;
    2. Fretting-korroziya (fret - inglizchadan - yeb tashlash) ta'siridan yeyilishga qarshilik. Fretting-korroziyadagi yeyilish – bu tutashuvchi sirtlarning kichik nisbiy tebranma siljishlaridagi korrozion mexanik yeyilishdir. Shlitsali birikmalarda bunday siljishlar deformatsiyalar va tirqishlarga bog'liq.
    Agar birikma valning aylanishida o'z holatini o'zgartirmaydigan F— ko'ndalang kuch (12.1-rasm) bilan yuklansa (masalan, tishli uzatmaning ilashmasidagi kuchlar), birikmadagi tirqish dam-badam u yoki boshqa yo'nalishda bo'lishi yoki yo'qolishi mumkin, demak, bunda tebranma siljish yuzaga keladi.


    Download 242.5 Kb.
    1   2   3




    Download 242.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. To'g'ri yonli shlitsali birikmalar

    Download 242.5 Kb.