"Sho’rtanneftgaz" unitar sho’ba korxonasi 1980-yilda tashkil topgan va 30 yildan




Download 190.53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.04.2024
Hajmi190.53 Kb.
#189155
Bog'liq
f311bd26e9a64e52ea0c551f8e5e74e4eaf2ad54
Document 34, ХАЗАРАСП → ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ - 5673795, Ko’p o’zgaruvchi funksiya., BOQIYEV MUHAMMADKARIMNING Xisob, Xisob Funksiyaning differensiali. Differensialning asosiy teoremalari, G\'aznachilik, Practice 9 2nd


Asosiy 
“Sho’rtanneftgaz” unitar sho’ba korxonasi 1980-yilda tashkil topgan va 30 yildan 
ko’p vaqt davomida gazni qazib olish, gaz, gazokondensat, neft konlarini ishlatish
gazni va gaz kondensatini tayyorlash va qayta ishlash bilan shug'ullanib kelmoqda. 
“Sho’rtanneftgaz” UShK “O’zbekneftgaz” MXKning “O’zneftgazqazibchikarish” 
Akstioner 
Kompaniyasining 
strukturaviy 
bo’linmasi 
xisoblanadi. 
Korxonaning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat: neft va gaz qazib chiqarish, 
Sho’rtan konlar guruhi, Chigil konlar guruhi, QK MChJ “LUKOYL-Uzbekistan 
Opereyting Kompanii”, QK MChJ “Gissarneftegaz” tomonidan qazib olinayotgan 
gazni qayta ishlash, suyultirilgan gaz va unsuriy oltingugurt ishlab chiqarish. 
“Sho’rtanneftegaz” UShK O’zbekistonda turbodetander yordamida past xaroratli 
kondensastiyani ajratish texnologiyasini qo’llagan birinchi korxona bo’lgan. 
Korxonada 
dunyodagi 
eng 
katta 
gaz 
tozalash 
qurilmasi 
ishlatiladi. 
Korxona Respublika gazining 25,2 foizini, gaz kondensatining 20,8 foizini, 
suyultirilgan 
gaz 
maxsulotining 
taxminan 
23,9 
foizini 
etkazib 
beradi. 
Tabiiy gazning asosiy xaridori “Uztransgaz” AK hisoblanadi. Neft konlaridan qazib 
olinayotgan neft va dastlabki tayyoorlovdan o’tgan kondensat “Farg'ona neftni qayta 
ishlash zavodi” UK ga yuboriladi. Suyultirilgan gaz maxsulotining ichki bozordagi 
asosiy xaridori xususiy gaz quyish shaxobchalari xisoblanadi, bundan tashqari, 
axoliga suyultirilgan gazni tarqatish “Uztransgaz” AK ning xududiy korxonalari 
orqali 
amalga 
oshiriladi. 
“Sho’rtanneftgaz” UShK gazni tayyoorlash va qayta ishlash, saqlash va yuklash 
bo'yicha bir necha tashkilotlarga xizmat ko’rsatadi, ularning ichida KQ MChJ 
«Gissarneftegaz» , KQ MChJ «Shurtangazmaxsulot», MChJ «LUKOYL Uzbekistan 
Opereyting 
Kompani» 
MChJ 
«Uz 
GazOyl». 
2007 yilda korxonada ISO 9001 SMT bo’yicha audit o’tkazilgan va shu tizim 
bo’yicha 
sertifikat 
olingan. 
Mexnat muxofazasi, sanoat va yong'in xavfsizligini boshqarish samaradorligini 
oshirish maqsadida 2006 yildan boshlab OHSAS 18001:1999 standarti asosida 
mexnat xavfsizligi va sog'lik menedjmenti tizimi tatbiq etilgan, bundan tashqari. 2012 
yilda 
ISO14001:2004 
ekologik 
menedjment 
tizimi 
kiritilgan. 
Kelajakda, sarmoya dasturlariga asosan quyidagilar amalga oshirilishi kutilmoqda: 
Sho’rtan konidan gaz qazib chiqarishni DKS-2 navbati yordamida ko’paytirish; 
Gazning ichki extiyojlarga ketayotgan xajmini gaz xaydovchi agregatlarda issiqlikni 
utilizastiya qilish xisobiga kamaytirish, bundan tashqari neft konlarida past bosimli 
gazlarni utilizastiya qilish; 
Korxona xisobida 21 ta neft, gaz va kondensat konlari mavjud. 
Gazning asosiy qismi Sho’rtan va Chigil kon guruhlaridan, shuningdek MChJ 
«LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani», KQ MChJ «Gissarneftegaz». 
Konlarda qazib olinayotgan gaz quvurlar orqali gazni dastlabki tayyorlash 
qurilmalarining 1,2-navbatlariga keladi va bu erda qisman suyuqlik va mexanik 
aralashmalar ajratib olinadi. Tabiiy gaz bosh inshootga “Sho’rtan” DKS yordamida 


yuqori bosimda etkazib beriladi. 
Bosh inshoot maydonida gazni tayyorlash va qayta ishlash bo’yicha qator qurilmalar 
joylashgan, shu jumladan: 
gazni past xaroratli separastiya qilish qurilmasi 
gazni steolit va amin yordamida oltingugurtdan tozalash qurilmasi 
kondensatni barqarorlashtirish qurilmasi 
oltingugurt olish qurilmasi 
propanbutan aralashmasi olish qurilmasi 
Shuningdek, suv, gaz, issiqlik va elektr toki bilan ta’minlash bo’yicha yordamchi 
sexlar. 
Barcha qayta ishlanayotgan va ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar davlat idoralari 
tomonidan sertifikatlangan. Ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini korxonaning 
markaziy kimyo laboratoriyasi nazorat qiladi. 
http://shurtanneftgaz.uz/index.html
 

Download 190.53 Kb.




Download 190.53 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Sho’rtanneftgaz" unitar sho’ba korxonasi 1980-yilda tashkil topgan va 30 yildan

Download 190.53 Kb.
Pdf ko'rish