402
TERMINLAR LUG‘ATI
Bargning suv potensiali
– barg
tarkibidagi suvning turgor
qiymatiga mos keladigan raqamli ifoda. U bosim birligi – barda
o‘lchanadi.
Bargning turgor holati
– barglarni suv bilan to‘yinganligini
ko‘rsatuvchi holat. Lotincha “turgor” – “to‘ldirilgan, shishgan”
so‘zidan olingan. Barg suv bilan to‘lgan holatda, turgor 1,
bargning tarkibida suv kamayganda turgor 1 dan past bo‘ladi,
ya’ni bu holatda o‘simlikning stress holatda bo‘ladi.
Bosim rostlagich
– bosimli sug‘orish tizimlaridagi suv
bosimini rostlash uchun xizmat qiladigan uskuna.
Bosh (magistral) quvur
– zarur
miqdordagi suvni nasos
qurilmasidan olib tarqatuvchi quvurlargacha yetkazib berish
uchun mo‘ljallangan quvur.
Boshqaruv pulti
– sug‘orish tizimini (elektr nasosni)
ishga
tushirish va ishdan to‘xtatish uchun mo‘ljallangan qurilma.
Butlovchilar
– sug‘orish tizimining butlash uchun xizmat
qiladigan uskunalar. Butlovchilarga
bosim rostlagich, soqqali
kranlar, manometr va boshqalar kiradi.
Bug‘lanish
– moddalarning, xususan suvning suyuq agregat
holatidan gaz holatiga o‘tish jarayoni.
Bunda suv molekulasi
suvdan tashqariga bug‘lanib chiqishi uchun sirt chegarasidagi
molekulalarning tortishish kuchini yengib o‘tadi.
Suv suyuq
holatdan bug‘ holatga o‘tayotganida hajmi kattalashadi. Bunda
molekulalarining ichki energiyasi hisobiga
tashqi bosim kuchiga
qarshi ish bajariladi.
Datalogger (ma’lumotlar xotirasi)
– o‘lchash ma’lumot-
larini yig‘ish, saqlash va yetkazib berish uchun mo‘ljallangan
elektron moslama.
403
Dehqonchilik
– o‘simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun
madaniy o‘simliklarni (qishloq xo‘jaigi ekinlarini) yetishtirish.
Dehqonchilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari,
chorvachilikni
yemxashak, sanoat korxonalarini xom ashyo bilan ta’minlash
uchun xizmat qiladi.
Evaporatsiya
– tuproqdagi namlikning (suvning) ekin dalasi
tuprog‘i ochiq yuzasidan bug‘lanishi jarayoni. Evaporatsiya
natijasida ekin dalasida ekinlarni rivolanishi uchun zarur bo‘lgan
mikroiqlim sharoitlari yaratiladi.