396
imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda targ‘ib qilish bo‘yicha
qo‘llanmalar tayyorlanadi va o‘quv seminarlari o‘tkaziladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan
sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish maydonlari 2020 yildagi
308 ming gektardan 2021 yilda 538 ming gektarga, 2022 yilda
798 ming gektarga, 2023 yilda 1,1 million gektargacha, shu
jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan
maydonlarni 2020 yildagi 121 ming gektardan 2021 yilda 332
ming gektarga, 2022 yilda 562 ming gektarga va 2023 yilga kelib
822 ming gektarga yetkaziladi (
16.2-jadval)
.
Suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida ekinlarni sug‘orishda suvni
tejaydigan sug‘orish tizimlari joriy qilingan maydonlar bir necha
barobarga oshiriladi.
13.2-jadval