QORAQALPOG’ISTON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXOLOGIYALARI INSTITUTI
Кишлок хужалиги махсулотларини кайта ишлаш ва саклаш
Sirtqi bo`lim 5-V Agronomiya guruh talabasi
Muyaddinov Najimaddin Mammatrasulovichning
“QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH VA SAQLASH” FANIDAN
Mavzu: Qand lavlagini qayta ishlash texnologik jarayonlashtirish ta’rifi.
Bajardi: SH.Fayzullayev
Qabul qildi: N.Muyaddinov
NUKUS-2023 Y
MOYLI EKIN TURLARI, ULARNI DASTLABKI ISHLASH, MAYDALASH VA TARKIBIY QISMLARGA AJRATISH
REJA:
1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot;
2. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanik va biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori;
3. Kunjuning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanik va biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori;
4. Yeryong‘oqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori;
5. Maxsarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
MOY — glitserin bilan bir asosli yog‘ kislotalarning tо‘liq murakkab efirlari (triglitseridlar); lipidlar sinfiga mansub. Tirik organizmlardagi uglevodlar va oqsillar singari о‘simliklar hujayrasi va mikroorganizmlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Neftdan, yonuvchi slanets va kо‘mirdan olinadigan moy mineral moy deyiladi.
Moyli ekinlar — urugʻi va mevasidan moy olish uchun ekiladigan ekinlar guruhi. Gulxayridoshlar (gʻoʻza), murakkabguldoshlar (kungaboqar, maxsar), labguldoshlar (perilla, lallemansiya), butguldoshlar (raps, xantal), dukkakdoshlar (soya, yer yongʻoq) va boshqa turli botanik guruxlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi. Bulardan baʼzilari qotuvchi moy beradigan daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), boshqalari suyuq moy beradigan oʻtsimon oʻsimliklar (soya, kungaboqar, zigʻir) hisoblanadi. Moyli ekinlar urugʻi, mevalarida, ayrimlari (chufa) tuganaklarida moy toʻplaydi. Moyli ekinlarning urugʻi va mevasida toʻplanadigan moy miqdori (mutlaq quruq moddaga nisbatan % hisobida): kanopda 18—20, chigitda 17—29, soyada 13—37, kungaboqarda 29—57, yer yongʻoqda 41—57, rapsda 48—50, koʻknorda 46— 56, moyli zigʻirda 35—52, kanakunjutda 48—55, kunjutda 50—65. Moyli ekinlar moylari suyuq, yarim suyuq va qotuvchi boʻlib, presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Oʻsimlik moylari bevosita oziq-ovqat maqsadlarida, konservalar tayyorlashda, konditer mahsulotlari, margarin olishda, lok-boʻyoq, sovun pishirish, toʻqimachilik, atir-upa sanoatlari, tibbiyotda, shuningdek, moylash materiali sifatida ishlatiladi. Yogʻmoy ishlab chiqarish chiqindilaridan kunjara va shrot chorva mollari uchun konsentrat ozuqa hisoblanadi.
Moyli ekinlarning kelib chiqishi turlicha. Yovvoyi kungaboqarning vatani — Shimoliy Amerika. Kanakunjut va kunjut esa Afrikadan, raps va koʻknor Oʻrta dengiz atroflaridan tarqalgan, yer yongʻoqning vatani — Janubiy Amerika; gʻoʻza Hindiston, Xitoy, Perudan tarqalgan. Jahon dehqonchiligida soya, yer yongʻoq, kungaboqar, zaytun, raps, kunjut, kanakunjut, moyli zigʻir katta ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston florasida yovvoyi Moyli ekinlar ning 500 turi aniqlangan. Oʻzbekistonda yogʻmoi sanoatining asosiy xom ashe bazasini bir yillik moyli ekinlardan gʻoʻza tashkil etadi. Shuningdek, zigʻir, soya, raps, kunjut, maxsar va boshqalarning urugʻlari ham qayta ishlanadi. Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi. O‘simlik moyi hazm bo‘lish jihatidan ham hayvon moyiga qaraganda yengil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), Yeryong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi.
O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong‘oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi.
О‘simlik moylari hayvon yog‘lari bilan bir qatorda oziq-ovqat ahamiyatiga ega. О‘simlik moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi va konserva, konditer, non tayyorlashda, shuningdek margarin, olif, stearin, linoleum, lak, bо‘yoq sanoatida, moylash materiali sifatida, meditsinada foydalaniladi. Moyli ekinlarning urug‘larini qayta ishlab moy olishda hosil bо‘lgan kunjara va shrot oqsilga boy (35-40 %) sifatli oziqa. Ularning kо‘pchiligi qimmatli asal beruvchi о‘simlik.
О‘simlik moyi uch atomli spirt glitserin va yog‘ kislotalarining murakkab efiri hisoblanadi. Oqsil va uglevodlarga nisbatan yog‘lar (о‘simlik moyi) kо‘p kaloriya saqlaydi. 1 g о‘simlik moyida 39,8 kJ, 1 g oqsilda 18,4-23, 1 g uglevodlarda 16,7-17,6 kJ energiya saqlanadi.
Turli moyli ekinlarning urug‘lari va mevalarida, yog‘ miqdori turga, navga, tuproq iklim sharoiti, qо‘llanilgan agrotexnikaga bog‘liq holda 25 dan 63 % о‘zgaradi.
Kо‘pgina о‘simlik moylari havodagi kislorodni biriktirib quriydi va qattiq elastik massaga aylanadi. Yog‘ning qurish xususiyati uning muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biridir. Moy tarkibidagi tо‘yinmagan yog kislotalarini miqdori yod soni bilan belgilanadi va 100 g moyga birikkai yodni gramm miqdori bilan ifodalanadi. Yod soni qancha kо‘p bо‘lsa moyni qurish xususiyati shunchalik yuqori bо‘ladi. Hamma о‘simlik moylari qurish darajasiga qarab uch guruhga bо‘linadi:
|