Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti




Download 61,84 Kb.
bet3/8
Sana22.05.2024
Hajmi61,84 Kb.
#249467
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moyli ekin

Kungaboqarning moyida - linol va olein tо‘yinmagan yog‘ kislotalari kо‘p. Zamonaviy kungaboqar navlarida hamma yog‘ kislotalarining 55-60 % linol, 30-35 % olein kislotalari xissasiga tо‘g‘ri keladi. Sо‘nggi yillarda yaratilgan kungaboqar navlarining moyida 75-80 % olein va 12-17 % linol kislotalari saqlanadi. Bunday moylar sifatiga kо‘ra zaytun yog‘iga yaqin turadi. Kungaboqar yog‘ida A, D, YE, K vitaminlari, fosfatidlar bor.
Kislotaligi yuqori, sifati past kungaboqar moylari stearin, linoleum, kleyonka tayyorlashda, shuningdek, elektrotexnika, sovun, bо‘yoq, lak ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.
Urug‘larni moy olish uchun qayta ishlashda 33-35 % yuqori sifatli kunjara olinadi. Kunjara almashtirib bо‘lmaydigan aminokislotalarga boy.
Uning 1 kg kunjarasida – 1,09 o.b. va 226 g hazmlanadigan protein, 1 kg shrotda – 1,02 o.b. va 363 g hazmlanadigan oqsil saqlanadi.
Kungaboqarning ang‘iz qoldiqlari, asosan tо‘poni va maydalangan savatchalari, chorva mollari uchun qо‘shimcha oziq, urug‘larining pо‘chog‘i geksoza va pentoza shakarini ishlab chiqishda qimmatli xomashyo. Poyalarini kuydirgach, kulidan ishqor olinadi. Shuningdek, kuli qimmatli о‘g‘it hisoblanadi. U asal beruvchi о‘simlik. О‘zbekistonning lalmikorligida kungaboqar silos va yashil oziqa uchun ekiladi. U shо‘rga chidamli boshka о‘simliklar uchun agrotexnikaviy ahamiyati katta.
Urug‘ puchoqlaridan olingan geksoza shakaridan etil spirti, oziqa achitkilari, pentoza shakaridan sun’iy tola, plastmassa sinmaydigan shisha ishlab chiqarishda foydalaniladigan furfurol olinadi.
Quritilgan savatchasidan olingan 1 kg unda 0,8 o.b. va 38-43 g protein saqlanadi.
Kunjut - О‘zbekistonda qadimdan ekiladigan asosiy moyli ekinlardan biri. U urug‘i tarkibidagi moy miqdori bо‘yicha moyli ekinlar orasida birinchi о‘rinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yо‘li bilan olingan kunjut xushta’mligi bо‘yicha zaytun moyiga tenglashadi.
Kunjut urug‘idan konditer sanoatida, meditsinada shuningdek konservalar tayyorlashda foydaliniladi. Konfetlar, sharq shirinliklari, turli holvalar, non maxsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Issiq presslash yо‘li bilan olingan о‘simlik moyi texnik maqsadlarda ishlatiladi, shuningdek, uni kuydirib qurumidan alo sifatli tush tayyorlanadi.
Kunjut urug‘ida 48-65 % moy, 16-19 % oqsil, 15,7-17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuk presslashda olingan kunjarasi tarkibida. 40 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi va u konditerlikda ishlatiladigan un, holva tayyorlashda, shuningdek, chorva mollari uchun konsentrlangan oziqa sifatida foydalaniladi. Issiq presslashda hosil bо‘lgan 100 kg kunjarasida 1Z2 o.b. saqlanadi.

Download 61,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti

Download 61,84 Kb.