Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti




Download 61,84 Kb.
bet7/8
Sana22.05.2024
Hajmi61,84 Kb.
#249467
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moyli ekin

KUNGABOQAR
Kungaboqar — muhim moyli ekinlardan biri. Zamonaviy kungaboqar navlarining urug'larida 50—54 % yarim quriydigan sifatli moy saqlanadi. Uning moyidan bevosita oziq-ovqatga, baliq, sabzavot konservalarini tayyorlashda, margarin, non va konditer mahsulotlarini ishlab chiqarish- da foydalaniladi.
Kungaboqaming moyida — linol va olein, to'yinmagan yog' kislotalari ko‘p.
K ungaboqar. 1, 2 — unib chiqish va gullash fazalaridagi o'simlik;
3 — yetilgan savatcha; 4 — gul va lining organlari; naychasimon (a) va
tilsimon (b), urug‘cha (a), changchi (e); 5 - chang (kattalashtirilgani); 6
— to'pgulning kesimi; 7 — kungaboqarning butun va kesilgan mevalari:
moyli (a), oraliq (b) va chaqiladigan (d).
Zamonaviy kungaboqar navlarida hamma yog‘ kislotalarining 55—60 % linol, 30—35 % olein kislotalari hissasiga to'g'ri keladi. So‘nggi yillarda yaratilgan kungaboqar navlarining moyida 75—80 % olein va 12— 17 % linol kislotalari saqlanadi. Bunday moylar sifatiga ko'ra zaytun yog‘iga yaqin turadi. Kungaboqar yog'ida A, D, E, К vitaminlari, fosfatidlar bor.
Kislotaliligi yuqori, sifati past kungaboqar moylari stearin, linoleum, klyonka tayyorlashda, shuningdek, elektrotexnika, sovun, bo'yoq, lak ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.

Urug‘larni шоу olish uchun qayta ishlashda 33—35 % yuqori sifatli kunjara olinadi. Kunjarasi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga boy.


Uning 1 kg kunjarasida — 1,09 o.b. va 226 g hazmlanadigan pro­tein, 1 kg shrotda — 1,02 o.b. va 363 g hazmlanadigan oqsil saqlanadi.
Kungaboqarning ang‘iz qoldiqlari, asosan, to‘poni va maydalangan savatchalari, chorva mollari uchun qo‘shimcha oziq, urug'larining po‘chog‘i geksoza va pentoza shakarini ishlab chiqishda qimmatli xomashyo. Poyalarini kuydirgach, kulidan ishqor olinadi. Shuningdek, kuli qimmatli o‘g‘it hisoblanadi. U asal beruvchi o‘simlik. O‘zbekistonning lalmikorligida kungaboqar silos va yashil oziqa uchun ekiladi. U sho‘rga chidamli boshqa o‘simliklar uchun agrotexnikaviy ahamiyati katta.

Urug‘ po'choqlaridan olingan geksoza shakaridan etil spirti, oziqa achitqilari, pentoza shakaridan sun’iy tola, plastmassa, sinmaydigan shisha ishlab chiqarishda foydalaniladigan furfurol olinadi.


Quritilgan savatchasidan olingan 1 kg unda 0,S o.b. va 38—43 g protein saqlanadi.
Tarixi. Kungaboqarning vatani — Shimoliy Amerika. U yerda kunga­boqarning yovvoyi turlari keng tarqalgan. Ispanlar uni 1510-yili Yev- ropaga keltirishgan. Dastlab u manzarali ekin sifatida yetishtirilgan.
O‘zbekistonda kungaboqar urug‘ uchun ang'izda ekilmoqda (Sur- xondaryo, Samarqand). Lalmikorlikda urug‘ hosili 4-5, sug'oriladigan yerlarda 25—27 s/ga ni tashkil qiladi. Kungaboqar 2004-yilda jahon dehqonchiligida 21,3 min gektar maydonga ekilib, urug‘ hosildorligi 8,6 s/ga, yalpi hosili 26,1 min tonnani tashkil etgan. Kungaboqar Rossiya, Ukraina, AQSH, Argentinada ko‘p ekiladi.
Botanik ta’rifi. Kungaboqar Astralar (Asteraceae) oilasiga kiradi. Helianthus annuus L. turi ikkita alohida turga - //. cultus wenze L. — madaniy kungaboqar va H. ruderalis wenze L. - yovvoyi kungabo- qarga bo'linadi. Madaniy kungaboqar ikkita kenja turga — ssl. sativus wenze L. madaniy ekma kungaboqar va ssl. ornamentalis wenze L. madaniy manzarali kungaboqarga bo'linadi.
Madaniy ekma kungaboqar — bir yillik o‘tsimon o'simlik, tuproq- qa 2-4 m chuqurlikka kirib boruvchi, 100-150 sm atrofga taraluvchi o‘q ildiz tizimiga ega.
Poyalari yog‘ochlashgan, ichi g'ovak prenxima bilan to‘la, bo‘yi 0,6—2,6 m, silos navlarida 3—4 m, tik o‘sadi, shoxlanmaydi. Usti qattiq tuklar bilan qoplangan.
Barglari yirik, bandli, uzunligi 20-40 sm ovalsimon, yuraksimon, uchi o'tkirlashgan, tuk bilan qalin qoplangan. Barglarning cheti tishli. Pastki 3—5 juft barglari poyada qarama-qarshi joylashgan, qolganlari
navbatlashgan. Bitta o‘simlikda barglar soni 14—50 taga yetadi. Erta- pishar navlari kamroq, kechpisharlari ko‘p barg hosil qiladi.
To‘pguli — savatcha qavariq yoki botiq, tekis disksimon, moyli navlarda diametri 15—25 sm, chaqiladigan navlarda 45 sm. Bir necha bargchadan iborat o‘rama bilan o‘ralgan. GuI o'mining chetida pushtsiz, tilsimon savatcha ichida naychasimon meva hosil qiluvchi gullar joy- lashgan. Bitta savatchada 600—1200 ta gul bo‘ladi.
Mevasi — pistacha, siqilgan tuxumsimon shaklda, to‘rtta qirrasi bor. U urug‘ — yupqa umg‘ po‘sti bilan qoplangan mag‘iz va mag‘izga yopishmay turadigan terisimon pishiq meva po'stidan iborat. Po‘chog‘i oq, kutrang, qora yo‘l-yo‘l yoki yo‘lsiz bo'ladi, 1000 pista vazni 40— 175 g. Po‘chog‘i pista vaznining 22—46 % ni tashkil qiladi.
Urug‘i (mag‘iz) — murtak, yupqa urug‘ po‘stidan, murtak esa ildiz- cha, kurtakcha va ikkita urug'palladan iborat.
Biologik xususiyatlari. Kungaboqar yuqori ekologik plastiklikka ega. U Shimoliy Amerikaning cho‘l mintaqasida havo namligi past, ammo harorat yuqori bo'lgan kontinental iqlim sharoitida shakllangan. Shu- ning uchun O‘zbekistonda kungaboqarning o‘sishi uchun qulay sha- roit bor.
Haroratga talabi. Kungaboqar urug'lari 4—5 °C haroratda ko‘kara boshlaydi, ammo maysalarning qiyg‘os unib chiqishi uchun 10—12 °C harorat zarur. Haroratning ko‘tarilishi maysalarning unib chiqishini tezlashtiradi. Harorat 8—10 °C da urug‘larning ekishdan unib chiqish- gacha bo‘lgan davrda 15—20 kun, 20 °C bo‘lganda — 6—8 kunni tashkil qiladi. Ekishdan unib chiqishgacha davrda 140—160 °C faol harorat yig‘indisi talab qilinadi. Maysalari qisqa muddatli — 8 °C sovuqqa bardosh beradi. Shuning uchun kungaboqar urugiarini erta muddat- larda ekish tavsiya etiladi.
Maysalar hosil bo‘lgandan keyin o'simlikning haroratga talabi or- tib boradi. Gullash va undan keyingi davrda o'simlikning rivojlanishi uchun qulay harorat 25—27 °C. Gullash fazasida 1—2 °C sovuqdan gullar sezilarli zararlanadi va keyinchalik to‘la nobud bo'ladi.
Namlikka talabi — yuqori. Biomassa va urug' hosilining shaklla- nishi uchun o'stirish mintaqasiga bog'liq holda, kungaboqar 1 ga maydonda 2000—5000 m3 va undan ortiq suv sarflaydi. Transpiratsiya koeffitsienti 400—700 gacha o'zgaradi. Bitta o'simlik o'suv davrida 200 kg dan ortiq suv talab qiladi.
Kungaboqar eng ko'p suvni savatchalaming hosil bo'lishi — gul­lash davrida 60 %, maysalash savatchalaming hosil bo'lishida 23 %, gullash, pishishda 17 % sarflaydi.
Gullashgacha va o'suv davrining oxirida tuproqda namlik CHDNS 70 %, gullash davrida 80 % ushlansa kungaboqar eng yuqori hosil shakllantiradi (Krujilin).
Gullashning boshlanishida namlik yetishmasligi ko'p gullarning ochilmasdan qolishiga sabab bo'ladi.
Tuproqqa talabi. O‘zbekistonda kungaboqar unumdor bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Kungaboqar og‘ir loy, qumloq, kislotali, kuchli sho'rlangan tuproqlarda yaxshi o'smaydi. Tuproq muhiti — 6—6,8 bo'lganda yaxshi rivojlanadi.
Yorug‘likka talabi. Kungaboqar yorug‘sevar, qisqa kun o‘simligi. Shimoliy mintaqalarda o‘sish davri uzayadi. Bulutli ob-havoda, soya- langanda rivojlanish sekinlashadi, hosil kamayadi, 11—12 kunga tez- lashadi.
Oziqa moddalarga talabi. Kungaboqar oziqa moddalarga talabchan. U, ayniqsa, kaliyni ko‘p o‘zlashtiradi. 1 s urug‘ va shunga muvofiq o‘suv organlarini hosil qilish uchun tuproqdan 6 kg azot, 2 kg fosfor, 10 kg kaliy o‘zlashtiradi. Ularning nisbati 3:1:5.
Eng ko‘p azotni o‘simlik savatchalarning hosil bo'lishidan gullash- gacha, fosforni unib chiqishidan gullashgacha o‘zlashtiriladi. Kaliyni savatchalarning hosil bo‘lishidan yetilishigacha o‘zlashtiradi. Fosforga eng talabchan davri dastlabki rivojlanish fazalari. Fosfor yetishmagan- da barglarda uglevod va aminokislotalar miqdori kamayadi, urug‘da moy to‘planishi pasayadi, o‘simlik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Urug‘da oqsil va moyning to‘planishi. Kuchaytiriigan azotli oziq- lanish urug'da moy miqdorini kamaytiradi, ammo fosfor bilan bir- galikda qo‘llanilganda ijobiy natija beradi. Kaliyning moy to‘planishdagi vazifasi kam o‘rganilgan.
Tuproqda namlikning ortishi bilan urug'dagi moy miqdori oshadi, yod va kislota soni ma’lum miqdorgacha kamayadi.
Rivojlanish fazalari. Kungaboqar o‘suv davrida unib chiqish, barg- larning hosil bo‘lishi (unib chiqishdan 4—5 juft haqiqiy barglarning hosil bo‘lishigacha), differensiyalash (4—5 juft barg hosil bo‘lishidan 9—10 juftgacha), gullash (boshlanishi-oxiri), urug'larning shakllanishi va toMishi, pishish fazalarini o‘taydi.
Savatcha ertapishar navlarda 2—3 juft, kechpishar navlarda 3—5 juft barglar hosil bo‘lishi bilan shakllana boshlaydi. Gullash tugagandan keyin 8—10 kun o‘tgach savatcha maksimal kattalikka ega bo‘ladi, lining o‘sishi esa sarg‘ayguncha davom etadi. Savatchalarning pishishi navga, o‘sish sharoitiga qarab unib chiqishdan 70—130 kun o‘tgach kuzatiladi.
Navlar: O‘suv davri tezpishar navlarda 80—100, ertapisharlarda 100— 120, o‘rtapisharlarda 120-140 kun.
Kungaboqarning O‘zbekistonda Krasotka, HS—8506, Cambred-1254, Luchaferul navlari Davlat reyestriga kiritilgan.

Kungaboqar yetishtirish texnologiyasi. Almashlab ekishlarda kun­gaboqar uchun eng yaxshi o‘tmishdoshlar kuzgi don ekinlari, makkajo‘xori, g‘o‘za, dukkakli don ekinlari hisoblanadi. Odatda, tup- roqning pastki qatlamlarini quritib yuboradigan beda, sudan o‘ti, qand lavlagidan keyin kungaboqarni joylashtirish tavsiya etilmaydi. Sug‘oriladigan yerlarda o'tmishdoshlarni tanlashda, kasalliklar, zarar- kunandalar, begona o'tlarning to‘planishi, ularning oldini olish chora- tadbirlari hisobga olinadi. Kungaboqarni bir ekilgan dalaga 8—10 yil


o‘tgach, qayta ekish mumkin. Uni shu dalaga ertaroq qaytarish dala- da shumg‘iya, kasalliklar, zararkunandalarning ko‘payishiga olib kela- di. Shuning uchun kungaboqar ekiladigan almashlab ekishlar rotatsiyalari 10—12 dalalik bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Kungaboqarning o‘zi ham juda ko‘p ekinlar — kuzgi bug‘doy, kuzgi arpa, g‘o‘za, makkajo‘xori uchun yaxshi o‘tmishdosh.
O‘zbekistonda moyli kungaboqar kam ekiladi, uning baland bo‘yli chaqiladigan navlari yem-xashak ekini sifatida lalmikorlikda ko‘proq ekiladi. Hozirgi moyli kungaboqarning ertapishar navlari Surxandaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kuzgi don ekinlaridan bo‘shagan maydon- larga ang‘iz ekini sifatida o'stirilmoqda.

Tuproqni ishlash. Tuproqni asosiy ishlash tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Moyli kungaboqar ekiladigan dala 30—35 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Ko‘pgina mintaqalarda yer ikki qatlam qilib, birinchisi 14—18 sm, ikkinchi haydash 27—30 sm chu­qurlikda o‘tkaziladi. Tuproqni ikki qatlam qilib ishlash ildiz bachkili begona o‘tlarga qarshi kurashda yuqori samara beradi. Erta bahorda nam saqlash uchun yer yetilishi bilan boronalash o‘tkaziladi. Ekish oldidan 1—2 kultivatsiya va ikki izli qilib boronalash o‘tkaziladi. Kul- tivatsiya begona o‘tlar yoppasiga paydo bo‘lganda o‘tkaziladi.


O‘g‘itlash. Kungaboqarni o'g'itlash tizimi — asosiy o‘g‘itlash, qa- torlab o‘g‘itlash va oziqlantirishdan iborat. Asosiy o‘g‘itlashda organik va ma’danli o‘g‘itlar yerni haydash oldidan solinadi. Organik o‘g‘itlar 1 gektarga 20—30 t solinadi va ulardan olingan qo‘shimcha hosil 2,5— 7 s/ga urug'ni tashkil qiladi. Kungaboqardan oldin ekilgan ekinlarga solingan go‘ngning keyingi ta’sirida urug‘ hosili 2—3 s/ga oshadi.
Ukrainada sug'oriladigan yerlarda o‘tkazi!adigan tajribalarda (Xer- son qishloq xo‘jalik instituti) azot, fosfor, kaliyni gektariga 40 kg so- lish kungaboqar urug'i hosilini 12,3—25,7 s/ga oshirgan.
Azot o‘sish jarayonini kuchaytiradi. Maysalar hosil bo'lgandan keyin azot va fosfor ko‘p talab qilinadi. Kaliy azot va fosfor birgalikda so- linganda ham o‘simlik tomonidan ko‘proq o‘zlashtiriladi. Ma’danli o'g'itlarning yillik me’yori N4(b60, R40_60, K40_60 kg/ga.
Ekish bilan azot 10, fosfor 10—15 kg/ga qatordan 6—10 sm uzoq- likda, 10—12 sm chuqurlikda berish yaxshi natija beradi. Ekish bilan o‘g‘it berish SPCH—6 MF yoki SPCH—8 M seyalkalarida MTZ—80 traktori bilan beriladi.
Azotli o‘g‘itlar bilan savatchalarning hosil bo‘lish yoki gullash faza- sida oziqlantirish urug'da moyning kamayishiga olib keladi. Shuning uchun oziqlantirish sifatida granulalangan superfosfat 1 s/ga yoki 2,5— 3 s/ga parranda go‘ngi solinadi. Oziqlantirish savatchalarning hosil bo'lish fazasida o'tkaziladi.
Gerbitsidlarni qo‘llash. Kungaboqarni yetishtirishda nitran, treflan, gezagard—50 gerbsidlari sepilib ekishgacha tuproqqa aralashtiriladi. Ger-
bitsidlar ekishdan oldingi kultivatsiya bilan POU purkagichlarida sepi- ladi va darhol tuproqqa aralashtiriladi.
Bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi 2,5—3 kg/ga promet- rin qo‘llash yaxshi natija beradi.
Ekish. O‘zbekistonda moyli kungaboqarning Yenisey, Armavires, Salyut, Trudovaya, Pioner navlari kuzgi don ekinlaridan keyingi ang‘izda ekishga yaroqli, ang‘izda yozda ekilganda ularning o‘suv davri 10—12 kunga qisqaradi.
Ular O‘zbekiston sharoitida yozda ekilganda 75—80 kunda pishib yetiladi.
Ekish uchun davlat ro‘yxatiga kirgan va istiqbolli navlar urug‘laridan foydalaniladi.
Navdorlik sifatlariga ko‘ra kungaboqar urug'lari 3 kategoriyaga boiinadi. I kategoriyaga navdorligi 99,8 %, qalqondorligi 98 %, II va III kategoriyalarda bu ko‘rsatkichlar muvofiq holda 98, 97 % va 96 va 95 % dan kam bo‘lmasligi lozim. Ekinboplik sifatlariga ko‘ra ham uch sinfga bo‘linadi. 1-sinf urug'lar tozaligi 99 %, unuvchanligi 95 %, 2-sinfda bu ko‘rsatkichlar 98 va 93 %, 3-sinfda 97 va 90 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ekish uchun tayyorlangan urug‘lar to‘la, saralangan, kalibrovka qilingan, panoktin bilan 200 g/s hisobida ishlangan bo‘lishi talab qilinadi.
Ekish muddati. O‘zbekistonda Chkalovskiy gigant va VNIIMK 8931 navlari lalmikorlikda bahorda yashil massasi uchun ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda ertapishar navlar ang'izda moy olish uchun ekilmoqda. Bahorda ekilganda urug‘ ekiladigan chuqurlikda harorat 8—12 °C qiziganda ekish boshlanadi. Ertagi muddatda tuproq 5—7 °C qiziganda, ekish boshlanadi. Ang‘izga ekish 10-iyundan 1-iyulgacha o‘tkaziladi.
Yozda ekilganda ekish muddatining kechikishi urug'larning yetilmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ekish usuli. Kungaboqar qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish SUPN—8, SKPP—12, SPCH—6M seyalkalarida bajariladi. Urug'lar punktirlab ekilganda optimal oziqlanish maydonini hosil qi- lish osonlashadi. Sug‘oriladigan yerlarda kungaboqarning tup qalinligi 55—60 ming/ga bo‘lishi optimal hisoblanadi. Ang‘izga ekilgan past bo‘yli (bo‘yi 0,8-1,2 m) erta pishar navlar 75-85 ming/ga qalinlikda ekili- shi yaxshi natija bermoqda. Moyli kungaboqarni ekish me’yori gek- tariga 5—10 kg, silos uchun ekiladigan navlariniki 35—40 kg, ekish chuqurligi 6—7 sm, yengil tuproqlarda 8—10 sm.
Parvarish. Kungaboqar maysalari hosil bo'lguncha qatqaloqqa, be­gona o‘tlarga qarshi ikki izli qilib boronalash o‘tkaziladi. Begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, maysalar unib chiqquncha gerbitsidlar ham qo‘llaniladi. O‘simlik 1—2 barg hosil qilganda qatorlarga ko‘ndalang qilib ikkinchi boronalash o‘tkaziladi. O‘simliklar jarohatlanmasligi uchun boronalash kichik tezlikda va o'simlikning turgor holati pasayganda o'tkaziladi.

Qator oralari KRN—4,2 kultivatorlari bilan ishlanadi. Birinchi kul-


tivatsiya 6—8 sm, ikkinchisi 8—10, uchinchisi 6—8 sm chuqurlikda o'tkaziladi. Qator oralarini ishlash o‘simlik bo‘yi 60—70 sm ga yet- ganda to'xtatiladi. Sug‘orishlardan keyin tuproq yetilishi bilan qator oralarini ishlash yaxshi natija beradi.
Kungaboqar gullaganda asalari uyalarini ekinzor yaqiniga joylash- tirish puch urug'lar hosil bo'lishini keskin kamaytiradi. Asalari uyala- rining 1—2 donasini 1 gektarga joylashtirish urug‘ hosilini 1—1,5 s ga oshiradi.
Sug‘orish. Kungaboqar 1 s urug‘ hosil qilishi uchun 175—185 t suv sarflaydi. Moyli kungaboqarni sug'orish rejimi nam to‘playdigan sug‘orish va o‘suv davridagi sug‘orishlardan iborat. Nam to'playdigan sug‘orish kuzgi shudgorlashdan keyin 2000—3000 m3/ga me’yorda o‘tkaziladi. O‘suv davridagi sug‘orishlar 3 marta bo‘lganda, birinchisi savatchalari hosil bo‘lishida, ikkinchisi gullashning boshlanishida, uchin­chisi urug" to‘lishining boshlanishidan oldin o‘tkaziladi (Krujilin). Sug'orish me’yori 600—1000 m3/ga. Gullashda tuproqdagi CHDNS 70 %, gullash-pishishda 80 % dan kam bo'lmaganda, gektaridan 30—32 s urug‘ hosil olish mumkin.
Sug‘orishlar soni, me’yori, yog‘ingarchiliklar, sizot suvlarining joy- lashish chuqurligiga bog'liq holda 3—6 marta o‘zgarishi mumkin. Sug'oriladigan yerlarda moyli kungaboqar urug'i hosili 2 baravar va undan ko‘proq oshishi mumkin.
Hosilni yig‘ishtirish. Kungaboqar urug'larining ekinzorda 90 % sa- riq-qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir tusga kirib, savatchalar qurib, urug‘ namligi 12—
% ga yetganda hosil yig'ishtirishga kirishiladi.
Urugdar qiyg'os bir tekis yetilishini ta’minlash uchun gullashdan keyin 40—45 kun o'tgach, urug'lar namligi 30—35 % ga yetganda 20 kg/ga me’yorda xlorat magniyni desikant sifatida 100 1 suvga aralashtirib qo‘llash yaxshi natija beradi.
Bunda desikatsiya o'tkazilgandan keyin 10—15 kun o‘tgach, urugiar namligi 12—16 % kamayadi. Desikant sifatida reglonning 3 kg/ga me’yorda qo'llanilishi ham yaxshi natija bermoqda.
Hosilni yig‘ ishtirish PNP—1,5 maxsus moslamasi bilan jihozlangan SK—5 «Niva» yoki «Keys» kombaynlarida o'tkaziladi. PSP—1,5 mos­lamasi bilan jihozlangan kombayn savatchalarni qirqadi, yanchadi, urug'larni bunkerda to'playdi, poyalarni 10—12 sm balandlikda qirqib
sm maydalab, dalaga sochib tashlaydi.
Yanchib olingan urugMar OVP—20 rusumli mashinalarda tozalana- di va keyin don tozalaydigan OS—4,5 A, ZAV—20, ZAV—40 yoki Petkus-gigant mashinalaridan o‘tkaziladi.
Saqlanayotgan urug'larda namlik 7 % dan oshiq bo'lmagan holda, 1 m qalinlikda saqlanadi. Xaltalarda saqlansa namlik 8—10 %, texnikaviy maqsadlarda ishlatiladigan urug'lardagi namlik 10—12 % dan ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi.


KUNJUT

Kunjut — O‘zbekistonda qadimdan ekiladigan asosiy moyli ekin- lardan biri. U urug‘i tarkibidagi moy miqdori bo‘yicha moyli ekinlar orasida birinchi o'rinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yo‘li bi­lan olingan kunjut xushta’mligi bo‘yicha zaytun moyiga tenglashadi.


Kunjut urug'idan konditer sanoatida, meditsinada, shuningdek, kon- servalar tayyorlashda foydalaniladi. Konfetlar, sharq shirinliklari, turli holvalar, non mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Issiq presslash yo‘li bilan olingan o'simlik moyi texnik maqsad- larda ishlatiladi, shuningdek, uni kuydirib qurumidan a’lo sifatli tush tayyorlanadi.
Kunjut urug'ida 48-65 % moy, 16—19 % oqsil, 15,7-17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslashda olingan kunjarasi tarkibida 40 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi va u konditerlikda ishlatila- digan un, holva tayyorlashda, shuningdek, chorva mollari uchun kon- sentrlangan oziqa sifatida foydalaniladi. Issiq presslashda hosil bo‘lgan 100 kg kunjarasida 132 o.b. saqlanadi.
Kunjutning vatani Afrika. O‘zbekistonga kunjut Panjob (Pokiston) orqali kirib kelgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan.
Jahon dehqonchiligida kunjut 7 min gektar maydonga ekiladi. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Birma, Meksika, Afrikada ko‘p ekiladi.
O‘zbekistonda kunjut sug‘oriladigan va lalmikorlikda yetishtiriladi. Sug'oriladigan yerlarda hosildorligi 2—2,5 t/ga, lalmikorlikda 1—1,5 t/ga.
Botanik tasnifi. Madaniy yoki Hind kunjuti — Sesamum indicum L. bir yillik o'simlik. Kunjutsimonlar oilasiga mansub. Uning 19 turi ma’lum, ammo ekiladigan hamma navlar madaniy kunjut turiga kiradi.

Kunjut tuproqda 1,2—1,5 m chuqurlikka kirib boruvchi o‘qildizga ega. Poyasining bo‘yi sug‘oriladigan yerlarda 100—150 sm, lalmida SO­SO sm, to‘rt yoki sakkiz qirrali, yashil tuklar bilan qoplangan. Tuklar nav xususiyatlariga qarab zich yoki siyrak bo‘lishi mumkin. Poyasi ayrim navlarida shoxlanuvchan, shoxlari yuqoriga qarab o‘sadi. Bir tup o'simlikda 4—12 shox hosil bo‘ladi. Shoxlanmaydigan shakllari ham bor.


Barglari bandli, qarama-qarshi yoki navbatlashib joylashgan. Poya- ning pastki qismida butun, o‘rtasida bo'laklangan, yuqoridagi barglar tor, lansetsimon.
Guli beshtalik tipda, barg qo‘ltig‘ida 1—3 ta hosil bo'ladi. Gul bandi kalta joylashishiga qarab bir gulli va uch gulli shakllari farqla- nadi. Tojbarglari pushti, binafsha, oq. Kosacha va tojibarglari tukli. O‘zidan changlanadi, ammo chetdan asalarilar yordamida ham chang- lanishi mumkin.
Mevasi yashil, tukli, uzunchoq ko'sakcha. Ko‘sagi 2 yoki 4 meva bargidan iborat, chetlari ichkariga qaytib soxta po‘st hosil qiladi. Ayrim-
larida soxta to'siqlar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ko'saklar chatnab ochi- ladi. Ko'sakchada to‘siqlar bo‘lsa, urug‘lar to‘kilmaydi, to‘siq bo‘lmasa to‘kiladi. To‘siqli ko'sakchalar o‘simlik pishgandan keyin ildizi yuqo- riga ko'tarilib silkitilsa urug‘i to‘kiladi. Seleksiya yo‘li bilan pishganda ko'saklari yorilmaydigan navlar yaratilmoqda. Ko‘saklar 4—8 uyali, bo‘yi 4 sm, eni 0,9 sm. Bir tup o‘simlikda 20—100 ta ko‘sak hosil bo‘ladi. Bitta ko‘sakda 70—80 ta urug‘ bor. Urug'i mayda, tuxumsimon, bo‘yi 2,7—4 mm, eni 1,7—1,9 mm, 1000 urug‘ vazni 2—5 g. Rangi oq, qo‘ng‘ir, jigarrang, qora.
Biologik xususiyatlari. Kiinjut issiqsevar o‘simlik, urug‘lari 15—16 °C haroratda una boshlaydi, maysalari qiyg‘os unib chiqishi uchun 18—20 °C harorat talab qilinadi. Harorat 23—25 °C bo‘lganda ekish- unib chiqish davri qisqaradi. Sovuqqa chidamsiz, maysalari 0,5—1 °C sovuqda nobud bo‘ladi. O‘sish davrining boshlanishida havo harorati past bo‘lsa o‘simlik sekin rivojlanadi, sarg‘ayadi, nimjon bo'ladi. Shu- ning uchun kunjut ekishda eng qulay ekish muddatlari tanlanishi kerak.
Havo harorati —2 °C da gullari so‘liydi; —3 °C da voyaga yetgan o‘simliklar ham sovuqdan nobud bo'ladi. Kunj'utning o‘sishi, rivojla- nishi uchun eng optimal harorat 25—30 °C. Harorat 12—15 °C dan pasayganda kunjut o‘sishdan to‘xtaydi. O‘suv davrida 2200—2500 °C faol harorat talab qilinadi.
O‘suv davrining boshlanishida o‘simlik sekin rivojlanadi, gullashga 10—12 kun qolganda o‘sish tezlashadi. Gullash davri tez o‘tadi.
Yorug‘likka talabi. Kunjut yorug‘sevar, qisqa kun o'simligi. Shi- molda kunjutni o‘suv davri cho‘ziladi, ko‘pincha pishmay qoladi.
Namlikka talabi. Kunjut qurg'oqchilikka chidamli, ammo nam bilan ta’minlanganlik oshishi bilan hosildorlik ham oshadi. Namga eng talab- chan davri unib chiqishdan gullashgacha.
Lalmikorlikda yillik yog‘ingarchiliklar miqdori 350—400 mm bo‘lgan tog‘li va tog‘ oldi mintaqalarida kunjut yaxshi hosil beradi.
Tuproqqa talabi. Tarkibida organik moddalar ko‘p, unumdor, be- gona o‘tlardan toza, g‘ovak tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Og‘ir loy, sho‘r tuproqlar kunjut uchun yaroqsiz.
O‘suv davri — 73—150 kun. Navlari ertapishar, o‘rtapishar, kech- pishar guruhlarga bo'linadi. Ertapishar navlar 75—78, o‘rtapisharlar 85— 110, kechpisharlar 120—150 kunda pishib yetiladi. O‘suv davri ob- havo, qo‘llanilgan agrotexnika va navlarga bog‘liq holda o‘zgaradi.
N
avlari. Tashkentskiy—122 O‘zbekistonda 1942-yildan boshlab hamma viloyatlarda tumanlashtirilgan. Sug‘oriladigan yerlarda bo‘yi 150 sm, sug‘orilmaydigan sharoitda 100 sm, 1000 urug‘ning vazni 3—3,5 g. Kechpishar, o‘suv davri sug‘oriladigan yerlarda 136 kun, lalmikorlikda 110 kun. Sug‘oriladigan yerlarda hosildorligi 17,3—20 s/ga. Urug‘ida moy miqdori 56—61 %.
Kunjut. 1,2 — nnib chiqish va gullash-meva hosil qilish faza- laridagi o'simliklar; 3 — poyaning bargli, g‘unchali, gulli va mevali qismi;
4 — poyaning yetilgan mevali qismi; 5 — meva; 6 — urug‘ (pastda tabiiy
kattalikda).
O‘zbekistonda Tashkentskiy—122 navi hamma viloyatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Quyidagi navlar ham respuikamizda keng tarqalgan: Seraxskiy—470, o‘rtapishar, o'simlik bo‘yi 60—100 sm. Kubanes—55. Bo‘yi 100—110 sm. Ertapishar.
Kunjut agrotexnikasining xususiyatlari. O‘zbekistonda kunjutning Tashkentskiy—122, Seraxskiy—470, Kubanes—55, Xorazm va Xiva, Farg‘ona vodiysi jaydari kunjut navlari ekiladi.
Kunjut uchun eng yaxshi o'tmishdoshlar — kuzgi don ekinlari,
makkajo'xori, dukkakli don ekinlari, g‘o‘za. U tuproqni ishlashga, o‘g‘itlashga juda ta’sirchan. Go‘ng kunjutdan oldingi ekinga solingan- da yaxshi natija olinadi. To'la ma’danli o‘g‘itlar me’yori azot—90, fosfot—90, kaliy—90 kg/ga solinadi. Kunjut eng yuqori qo'shimcha urug‘ hosilini beradi. Har gektarga 15—20 t go‘ng va N30R30K30 kg solingan- da ham olingan urug‘ hosili eng yuqori bo'lishi kuzatilgan.
Kunjut ekilayotganda qatorlar yonidan 1 s/ga granulalangan super- fosfatni solish juda samarali.
Kunjut oziq moddalarni 67 % gullash va undan keyingi rivojla- nish fazalarida o'zlashtiradi. Shuning uchun ikkinchi juft haqiqiy barglar hosil bo'Iganda azot, fosfor, kaliy 10 kg/ga me’yorda solinishi juda samarali.
Kunjut ialmikorlikda ekilganda o‘g‘it solinmaydi ekish me’yori 3—4 kg/ga. Tuproqni ishlash kuzgi shudgor, bahordagi boronalash, ikki kultivatsiya va yana boronaiashdan iborat.
Kunjut nam tuproqqa, urug! ekiladigan qatlamga 15—16 °C qizi- ganda, qator oralari 45, 60, 70 sm qilib ekiladi. Ekish me’yori 5—8 kg/ga. Ekish chuqurligi 2-3 sm. Urug‘lar ekilgandan keyin tishli g‘altaklar bilan g'altaklanadi. O‘suv davrida qator oralari 3—4 marta ishlanadi. Qalin bo‘lsa 6—7 sm ga bir tup o‘simlik qoldiriladi, yagana qilinadi.
Sug'oriladigan yerlarda kunjut ikki marta shonaiash va yoppasiga gullash fazalarida sug‘oriladi. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab sug'orishlar soni uchtaga yetkazilishi mumkin. Sug'orish me’yori 700—1000 m3/ga. Ekish oldidan tuproq qurigan bo‘lsa, ekish oldi sug‘orishi o‘tkaziladi.
Kunjut urug'lari yetilganda to'kiladi. Shuning uchun hosilni yig‘ishtirish pastki ko‘sakchalar qo‘ng‘ir rangga kirganda, ammo hali yorilmaganda, urug'lar o‘zining haqiqiy navga xos rangiga kirganda boshlanadi. Hosilni ikki fazali usulda yig'ishtirish eng samarali.
Saralangan, tozalangan urug‘lar namligi 9 % dan ortiq bo‘lmagan holda saqlanadi.


Download 61,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti

Download 61,84 Kb.