Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti




Download 61,84 Kb.
bet6/8
Sana22.05.2024
Hajmi61,84 Kb.
#249467
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moyli ekin

Paxta moyi — chigitni presslab yoki erituvchilar bilan ekstraksiyalab olinadigan moy. Toza paxta moyi koʻpgina organik erituvchilarda eriydi, och sariq shaffof suyuqlik, yarim quriydigan moylar guruhiga kiradi. Paxta moyi trigli-seridlari tarkibiga, asosan, toʻyinmagan yogʻ kislotalar: linol (41,7— 53,69 %), olein (23,0—35,2 %), toʻyingan kislotalar: palmitin (19,6— 23,4 %) araxin (0,1—0,7 %), stearin (1,9—2,7%), miristin (0,3—2,0%) kiradi. Paxta moyining zichligi 905–930 kg/m3, nur sindirish koeffitsiyenti 1,472— 1,477, yod soni 102—111, sovunlanish soni 191-199. Paxta moyi tabiiy hamda gidrogenlangan holda margarin, isteʼmol qilinadigan yogʻlar, sovun, alif moy va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.
Paxta moyining asosiy xomashyosi haqida quyidagicha ma’lumotlarni keltirib o’tish mumkin: chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mahsulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) ajratib olinadi. Shuning uchun butun dunyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda Paxtani qayta ishlash va tolani tozalash jarayonida oʻlik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta Paxta momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. Paxtada 30-35 % tola va 50—55 % chigit (chigitida 24—29 % moy), 2—3 % oʻlik tola, 3— 5 % kalta momiq boʻladi.
Paxta moyini o’simlikdan ajratib olish jarayonida uni tozalik darajasini oshirishga alohida etibor qaratiladi. Bunday tozalash usullaridan biri bu adsorbsion tozalash usuli hisoblanadi.
Jahon amaliyotida adsorbsion tozalashning ushbu turi keng qo'llanila boshlandi, chunki olingan mahsulotlar nafaqat iste'molchilar talabini qondiradi, balki yog'dan oksidlanish mahsulotlarini, erkin radikallarni va boshqa kanserogen aralashmalarni olib tashlashga imkon beradi. Yog'larni bunday tozalash uchun nafaqat yog'larni tozalashning maqbul rejimlarini tanlash, balki samarali adsorbentlar va oqartirilgan erlardan foydalanish kerak.
Tozalangan o'simlik moylarini ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu yangi arzon va samarali adsorbentlarni yaratishdir. Hozirgi vaqtda yog‘ - moy korxonalarida o‘simlik moylarini tozalash uchun ishlatiladigan adsorbentlar yuqori narxga ega va qayta tiklanmaydi. Shuning uchun juda arzon va kam bo'lmagan adsorbentlarni olish usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Ularning qiymatining sezilarli darajada pasayishiga ishlab chiqarish chiqindilaridan xom ashyo sifatida foydalanish orqali erishiladi.
O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi.
O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi.
Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga tushadi.
Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi. O‘simlik moyi hazm bo‘lish jihatidan ham hayvon moyiga qaraganda yengil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), Yeryong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), Yeryong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi.
O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong‘oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi.

Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy hosildorligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma sohalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda qo‘llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan hayvonlar uchun oziq tayyorlanadi. Kungaboqar poyasi qog‘oz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Poyasi yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo‘ladi.


Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani Shimoliy Amerikaning Janubiy g‘arbiy hududlaridir.
Yevropaga ispanlar XVI asrda olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo‘lib 1829 yilda Rossiyada krepostnoy dehqon D.S. Bokorev yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965 yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan, urug‘ini Rossiyadan olib borishgan.
Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani Shimoliy Amerikaning Janubiy g‘arbiy hududlaridir. Yevropaga ispanlar XVI asrda olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo‘lib 1829 yilda Rossiyada krepostnoy dehqon D.S. Bokorev yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965 yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan, urug‘ini Rossiyadan olib borishgan.

Dunyoda 9,4 mln.ga yerga ekiladi. Hosildorligi 14 sga teng ilg‘or xo‘jaliklar 29 s dan hosil yetishtirishgan.


Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik o‘simlik bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki turga bo‘linadi: madaniy kungaboqar (H.Cultus Wenzl.) va yovvoiyi kungaboqar (H.Ruderalis Wenzl). Madaniy kungaboqar yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ kungaboqarga.
Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik o‘simlik bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki turga bo‘linadi: madaniy kungaboqar (H.Cultus Wenzl.) va yovvoiyi kungaboqar (H.Ruderalis Wenzl). Madaniy kungaboqar yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ kungaboqarga.
Madaniy kungaboqarning ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 2,5-4 m bo‘lib, yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo‘lib, ichi oq po‘kak massa bilan to‘lgan bo‘ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 0,6-2 mm ni tashkil etadi. Silosli sortlari 2,5-4,5 m bo‘ladi.
Bargi yuraksimon-oval shaklida bo‘ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari ketma-ket joylashgan. Barglar soni har xil bo‘ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta, kech pishar navlarda 25-35 ta bo‘ladi. To‘pguli ko‘p gulli savatchadan iborat. Savatchaning diametri har xil (10-20 sm, 35-40 sm) bo‘ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta savatchaning gullashi 7-10 kun davom etadi. Kungaboqar tipik chetdan changlanuvchi o‘simlik. Changlanishi asalarilar yordamida, kamroq shamol bilan boradi. Kungaboqar dalalariga asalari uyalari olib kelinsa changlanish yaxshi boradi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor. Bu nav zararlanmaydi.bo‘ladi. Urug‘ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi.
Bargi yuraksimon-oval shaklida bo‘ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari ketma-ket joylashgan. Barglar soni har xil bo‘ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta, kech pishar navlarda 25-35 ta bo‘ladi. To‘pguli ko‘p gulli savatchadan iborat. Savatchaning diametri har xil (10-20 sm, 35-40 sm) bo‘ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta savatchaning gullashi 7-10 kun davom etadi. Kungaboqar tipik chetdan changlanuvchi o‘simlik.
Changlanishi asalarilar yordamida, kamroq shamol bilan boradi. Kungaboqar dalalariga asalari uyalari olib kelinsa changlanish yaxshi boradi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor. Bu nav zararlanmaydi.bo‘ladi. Urug‘ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 C da una boshlaydi, lekin sekin o‘sadi. 13-15 0 C da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo‘ladi.Harorat 15-160 C ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 0 C da 6-8 kunda unib chiqadi Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg hosil qilish fazasida to‘pguli hosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 0 C li qisqa muddatli sovuqqa bemalol chidaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullashigacha issiqqa bo‘lgan talabi ortib boradi. Gullash maysalar hosil bo‘lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-240 C, gullash fazasida 25-260 C, pishish yetilish davrida 26-280 C, 300 C dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi.
Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 C da una boshlaydi, lekin sekin o‘sadi. 13-15 0 C da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo‘ladi.Harorat 15-160 C ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 0 C da 6-8 kunda unib chiqadi Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg hosil qilish fazasida to‘pguli hosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 0 C li qisqa muddatli sovuqqa bemalol chidaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullashigacha issiqqa bo‘lgan talabi ortib boradi. Gullash maysalar hosil bo‘lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-240 C, gullash fazasida 25-260 C, pishish yetilish davrida 26-280 C, 300 C dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi.
Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik.
Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa, uning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Kungaboqar qisqa kun o‘simligidir. Shimolga borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,0-6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Kungaboqarda quyidagi rivojlanish fazalari bor: maysalash, savatcha hosil qilish, gullash, yetilish. O‘suv davri o‘rtapishar navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki navlarida 120 kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg‘oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko‘p talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘simlik vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi. Trantspiratsiya koeffitsiyenti 450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish xususiyatiga ega. Qoratuproq, kashtan tuproq va bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik. Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa, uning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Kungaboqar qisqa kun o‘simligidir. Shimolga borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,0-6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Kungaboqarda quyidagi rivojlanish fazalari bor: maysalash, savatcha hosil qilish, gullash, yetilish. O‘suv davri o‘rtapishar navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki navlarida 120 kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg‘oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko‘p talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘simlik vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi. Trantspiratsiya koeffitsiyenti 450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish xususiyatiga ega.

Moyli o'simliklar urug'laridagi yog‘ miqdori va sifati



Ekin

Mutlaq quruq urug'dagi yog' miqdori, %

Yod soni

Sovunlanish
soni

Kislota
soni


Qurish
darajasi


Lvallemansiya


23,3-37,3


162-203

181-185

0,8-4,4

quriydigan

Perilla

26,1-49,6

181-206

189-197

1,6-3.9

«

Moyli zig'ir


30,0-47,8


165-192

186-195

0,5—3.5



Moyli
ko'knor


46,0-56,0


131-143

189-198

-

«

Kungaboqar


29,0-56,9


119-144

183-186

0,1-2,4

yarim
quriydigan

Maxsar

25,0-32,0

115-155

194-203

0,8-5,8

«

Kunjut

48,0-63,0

103-112

186-195

0,2—2,3

«

Sova

15,5-24,5

107-137

190-212

0,0-5,7

«

Ko'k xantal


35,2-47,0


92-119

182-183

0,0-3,0

«

Oq xantal


30,2-39,8


92-112

170-184

0,06-8,5


«

Kuzgi raps

45,0-49,6


94-112

167-185

0,1-11,0


«

Bahori raps

33,0-44,0


101

187

2

«

Yervong'oq


41,2-56,5


83-103

182-207

0,03-2.24


qurimaydigan


Kanakunjut


47,2-58,6


81-86

167-185

0,1-11,0


«


Ko'pgina o'simlik moylari havodagi kislorodni biriktirib quriydi va qattiq elastik massaga aylanadi. Yog'ning qurish xususiyati uning muhim sifat ko'rsatkichlaridan biridir. Moy tarkibidagi to'yinmagan yog' kislota­larining miqdori yod soni bilan belgilanadi va 100 g moyga birikkan yodning gramm miqdori bilan ifodalanadi. Yod soni qancha ko'p bo'lsa, moyning qurish xususiyati shunchalik yuqori bo'ladi. Hamma o‘simlik moylari qurish darajasiga qarab uch guruhga bo'linadi:

Quriydigan (yod soni 130 dan ortiq) moylar — asosan, texnikaviy maqsadlar uchun ishlatiladi. Zig‘ir, perilla, lyallemansiya moylari shu guruhga kiradi.


Yarim quriydigan (yod soni 95—130 gacha) moylarga — soya, kunjut maxsar, kungaboqar, raps, xantal moylari kiradi. Ular, asosan, oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi.

Oziq-ovqat va texnikaviy moylarda erkin yog' kislotalarining kam bo'lishi uning sifatli ekin ekanligini belgilaydi. Erkin kislotalar miqdori moydagi kislota soni bilan belgilanadi va 1 g moydagi erkin kislotani neytrallash uchun sarflangan o'yuvchi kaliyning mg hisobidagi miqdori bilan aniqlanadi. Moyning kislotaliligi urug'ning pishganligi, hosilni yig'ishtirish sharoiti, saqlashga bog'liq.


Oziq-ovqatga ishlatiladigan moy o'tkir hidli bo'lmasligi va og'riq paydo qilmasligi lozim. O'simlik moyining sovunlanishi 1 g moydagi erkin hamda glitserin bilan bog'langan yog' kislotalarini neytrallash uchun sarflangan mg hisobidagi o'yuvchi kaliy miqdori bilan aniqlanadi. Juda ko'p o'simlik moylari uchun sovunlanish soni 170—200.
O'simlikda yog'lar, asosan, urug'da va mevalarda to'planadi.
Urug'lar pishishida erkin yog' kislotalari ko'p hosil bo'ladi va ular keyinchalik glitserin bilan birikadi. Pishmagan urug'lar moyining kislotaliligi yuqori. Issiq iqlim sharoitida to'yingan yog' kislotalar miqdori ko'p bo'lib, moy- da yod soni kam, salqin iqlimda to'yinmagan yog' kislotalari ko'p bo'ladi va yod soni ortadi.
O'simlik moylari orasida oziq-ovqat uchun foydalanishi va yalpi ish- lab chiqarishi bo'yicha birinchi o'rinda soya, ikkinchi kungaboqar, ke- yingi o'rinlarda yeryong'oq, paxta, raps, zaytun, kunjut, makkajo'xori, maxsar moylari turadi.
Oziq-ovqatga dog'lanmagan (qizdirilmagan), tozalangan, salat, o'simlik moylarini ishlatish organizmda xolestrin moddasi to'planishining oldini oladi, qon tomirlarining elastik, terming mayin va nozik bo'lishini ta’minlaydi, ajinlar paydo bo'lishining oldini oladi.


Download 61,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti

Download 61,84 Kb.