Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti




Download 61,84 Kb.
bet8/8
Sana22.05.2024
Hajmi61,84 Kb.
#249467
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moyli ekin

YERYONG‘OQ

Araxis yoki yeryong‘oq - Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jum- ladan, O‘zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Kunjarasi- da 45 % oqsil, 8 % yog1 saqlanadi. Urug'laridan turli sharq shirinlik- lari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditer mahsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bevosita iste’mol qilinadi.


Urug‘ida 60 % yog‘, 35 % oqsil saqlanadi. Shuningdek, urug‘ida vitaminlardan A, E, K, D saqlanadi.
Poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining po‘chog‘idan izolatsiya materiallari tayyorlashda hamda yonilg'i (o‘tin) sifatida foydalaniladi.
Yeryong‘oq. 1, 2 — rivojlangan unib chiqish va gullash fazalarida-
gi o'simlik; 3 — poyaning bargli va gulli qismi; 4 — mevani butuni
va kesilgani.

O‘zbekistonda araxis dehqon xo‘jaliklari, tomorqalarda ko‘p eki- ladi. Dunyo bo‘yicha 22 min gektar maydoimi egallaydi. Eng ko‘p Hindiston, XLtoy, Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik ham subtropik mamlakatlarida, Afrikada keng tarqalgan.


Yer yong‘oqning vatani Janubiy Amerika, u yerdan Fillipinga, keyin
Yaponiyaga va Xitoyga tarqalgan. Yevropaga Xitoydan keltirilgan, shu- ning uchun uni Xitoy yong‘og‘i deb ham atashgan.
O‘zbekistonda, asosan, sug'oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorli- gi 30—40 s/ga, Andijon nav sinash uchastkasida hosildorligi 61 s/ga ga yetgan.
Botanik ta’rifi. Yeryong'oq dukkakdoshlar (Fabaceae) turkumiga kiradi. Bu turkumga 30 tur kiritiladi. Ular orasida madaniy va yov- voyi turlar bor. Eng ko‘p ekiladigan tur Azachis hypogaea L. vulgazis L. madaniy yeryong'oq. Yeryong'oq bir yillik o‘tsimon o'simlik. Ildiz tizimi o‘q ildiz va yon ildizlardan iborat, tuproqda 190 sm chuqurlik- ka kirib boradi. Ildizlarida ko‘p tuganaklar hosil bo‘ladi.

Poyasi tik o‘sadi, bo‘yi 80 sm yetadi. Bitta poyadan 4—20 yon shox hosil bo‘ladi. Shoxlari asosida yumaloq, uchida to‘rt qirrali, tuk- langan. Ikki xil shakli: tup va yotib o‘suvchi shakllari bor. Tup shak- lida o'sadigan o'simliklarning bo‘yi o'rtacha 30—40 sm tik o‘sadi, yer bag'irlab o‘sadiganlariniki 20—25 sm, tup diametri 1 m ga yetishi mumkin.


Barglari juft patsimon, murakkab, oval yoki teskari tuxumsimon shaklda, yashil yoki to‘q yashil yaproqlardan iborat. Barg bandi va yaprog'i tukli.
Guli bitta yoki ikki-uchtadan bo‘lib barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Rangi sariq, to‘q sariq. Guli o‘zidan changlanadi. Yeryong‘oqning yer usti poyasidagi gullaridan boshqa, poyasining yer osti qismida mayda kleystogam gullari bor. Bu gullar rangsiz, ochilmaydi. Gul urug'langandan keyin, ko‘p o‘tmay, uchi o'tkirlashgan, naycha shak- lidagi ginofor o‘sa boshlaydi. Uchida urug'langan tuguncha bo'lgan ginofor o‘sib 8—9 sm chuqurga kiradi. Tuguncha gorizontal holatda o‘sa boshlaydi, oqaradi, dukkakka aylanadi.
Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni kengaytirish maqsadida 2022-2026-yillarda past rentabelli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirilishi hamda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish hisobiga qo‘shimcha 61 ming gektar maydonlarga moyli ekinlar ekilishi belgilanmoqda, buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 130 foizga oshishiga erishiladi.
– hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotidan kelib chiqib moyli ekinlar turlari bo‘yicha joylashtiriladi.
– elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 200 gektar maydonlarda yuqori avlodli moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida suvli yerlarda kunjut yetishtiriladigan maydonlarni 15,0 ming gektarga kengaytirib, jami 35 ming gektarga yetkaziladi. Bunda birlamchi qayta ishlash orqali kunjut doni va chuqur qayta ishlash orqali kunjut moyi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va eksport salohiyati kengaytiriladi.
– Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida lalmi yerlarda masxar va zig‘ir maydonlari 35 ming gektarga yetkaziladi.
– Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida takroriy maydonlar hisobiga kungaboqar yetishtiriladigan maydonlar 6,0 ming gektarga kengaytirib, 16,0 ming gektarga yetkaziladi.
– Qayta ishlovchi korxonalarning qayta ishlash quvvatlaridan kelib chiqib mahsulot yetishtiruvchilar bilan oldindan buyurtma asosida mahsulot yetishtirish tashkil etiladi.
– Moyli ekinlarni yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, hosildor va don sifat ko‘rsatkichlari yuqori navlarni yaratish ishlari davom ettiriladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022-yil hosili uchun asosiy, takroriy va lalmi maydonlarga hamda g‘o‘za va bog‘-tok qator oralariga jami 316,4 ming gektar (o‘tgan yilga nisbatan 42,6 ming gektar ko‘p), shundan 181,7 ming gektar soya, 72,7 ming gektar kungaboqar, 36,4 ming gektar kunjut, 2,5 ming gektar zig‘ir va 22,2 ming gektar maxsar ekinlar ekilishi belgilandi.
Ushbu maydonlardan jami 434 ming tonna (o‘tgan yilga nisbatan 134% ko‘p) moyli ekinlar mahsulotlari yetishtirilishi prognoz qilinmoqda.

.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

B.Beknazarov. O`simliklar fiziologiyasi 2009 yil

D.Yormatova va N.Shamuratov Donli ekinlarning yetishtirish texnologiyasi

D.T. Abdukarimov, N. Xalilov. Dehqonchilik asoslari va yem-xashak yetishtirish. T., Mehnat, 1987.

X.N. Atabayeva va boshqalar. O‘simlikshunoslik. T., Mehnat, 2000.



X. Bo‘riyev, X. Atabayeva. Qand lavlagi yetishtirish texnologiyasi. T., Qibray, 1999.


Download 61,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti

Download 61,84 Kb.