• Sizot suvlari (grunt suvlari)
  • Sizot suvlari sathi
  • Suv bug‘i – suvning gazsimon holati. Suvning suyuq holatdan gazsimon holatga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Suv istemoli
  • Suvning sho‘rligi
  • Sensor (datchik, ma’lumot uzatuvchi)




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet187/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    Sensor (datchik, ma’lumot uzatuvchi) 
    – sug‘oriladigan 
    ekin maydoniga o‘rnatiladigan va muhit o‘zgarishlarini (tuproq 
    namligi, iqlim ma’lumotlari, o‘simlik ma’lumotlari) domiy 
    kuzatish va o‘lchash uchun mo‘ljallangan elektron qurilma.
    Sizot suvlari (grunt suvlari) 
    – yer ostida, birinchi suv 
    o‘tkaz- maydigan qatlamdan yuqorida joylashgan bosimsiz 
    suvlar. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida faol ishtirok etadi va 
    tuproq sho‘rlanishining asosiy manbalaridan biri sanaladi. 


    409 
    Sizot suvlari sathi 
    – sizot suvlari yuzasini yer sathiga 
    nisbatan yotish chuqurligi. Sug‘orish ta’sirida o‘zgarib turadi va 
    sug‘oriladigan maydonning meliorativ holatini belgilaydi.
    Suv 
    – vodorod oksid, N
    2
    O – vodorod (11,19%) va kislorod 
    (88,81%) dan iborat eng sodda kimyoviy birikma, rangsiz, hidsiz 
    suyuqlik. Molekular massasi 18,016. Suv Yerda hayotning paydo 
    bulishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shaklla-
    nishida muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm 
    suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv fotosintez jarayonida karbonat 
    angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil bo‘lishida 
    qatnashadi. Suv to‘qimalar faoliyatini, oziq moddalar va 
    almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, o‘simliklar sharbati) ning 
    singishini, fizik termoregulyatsiyani va hayot faoliyatiga tegishli 
    boshqa jarayonlarni ta’minlaydi.
    Suv bug‘i 
    – suvning gazsimon holati. Suvning suyuq 
    holatdan gazsimon holatga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi.
    Suv istemoli 
    – o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishinini 
    ta’minlash uchun yetkazib beriladigan suvning miqdori.
    Suvning sho‘rligi 
    – suvning xossasi, suv tarkibidagi erigan 
    tuzlarning miqdori. Suvning tarkibidagi Sa
    2+
    , Mg
    2+
    , Na
    +
    kationlari va HCO
    3-
    , SO
    4
    2-
    , Cl- anionlarining o‘zaro birikmalari 
    suvning tuzlilik darajasini (sho‘rligini) ifodalaydi.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish