• O‘simlik tanasi (poyasi, shoxlari)
  • O‘simliklarning rivojlanish bosqichlari
  • O‘simliklar hayotining omillari
  • Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet195/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    O‘simlik barglari – 
    o‘simlik vegetativ tizimining asosiy 
    bo‘g‘ini, o‘simlikning harorat rejimi va fotosintezni tartibga 
    solish uchun suvni atmosferaga bug‘lantirish (transpiratsiya) 
    uchun xizmat qiladi.
    O‘simlik ildizi 
    – suv bilan birga ozuqa moddalarni 
    tuproqdan o‘zlashtirib, ularni o‘simlikning vegetativ tizimiga 
    yetkazib beruvchi organ.
    O‘simlik tanasi (poyasi, shoxlari) 
    – o‘simlikning vegetativ 
    tizimiga (ildizdan bargigacha) suv va oziq moddalarni hamda 
    ildiz tizimiga fotosintez mahsulotlari – assimilyatlarni yetkazib 
    beruvchi qism (organ).
    O‘simliklar fiziologiyasi 
    – o‘simliklar hayot jarayonlari 
    (fotosintez, nafas olish, mineral va suv bilan oziqlanish, o‘sish va 
    rivojlanish va boshqalar) qonuniyatlarini, ularning mohiyati va 
    atrof- muhit sharoitlari bilan bog‘liqligini o‘rganadigan fan.
    O‘simliklarning rivojlanish bosqichlari 
    – o‘simlik rivoj- 
    lanishining ketma-ket keladigan bosqichlari ma’lum tashqi 
    belgilar bilan o‘sib chiqishidan so‘lib qolishiga qadar.
    O‘simliklar hayot kechirishi uchun zarur omillar 
    – 
    muhitning o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur 
    bo‘ladigan sharoitlari (omillari). Bu omillar sirasiga yorug‘lik, 
    havo, suv, issiqlik va oziq moddalar kiradi.
    O‘simliklar hayotining omillari – 
    o‘simliklarning o‘sishi va 
    rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tabiiy muhit sharoitlari 
    (yorug‘lik, havo, suv, issiqlik, oziq moddalar).
    O‘g‘it oddiy 
    – tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq 
    moddalardan biri bo‘lgan o‘g‘it. Oddiy o‘g‘it azotli, fosforli yoki 
    kaliyli bo‘ladi. Uning tarkibida asosiy oziq moddadan tashqari 
    boshqa aralashmalar – oltingugurt, magniy, kalsiy va boshqa 
    mikroelementlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, oddiy 
    superfosfatda 14-20% fosfor mavjud, qolgani kalsiy, oltingugurt 


    418 
    va boshqa elementlardan iborat.
    O‘g‘it mineral 
    – tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan 
    mineral oziq moddalar bo‘lgan o‘g‘it. Mineral o‘g‘itlar tarkibida 
    oziq modda sanaladigan kimyoviy elementlar birikmalari bo‘ladi. 
    Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar asosiy mineral o‘g‘itlar 
    sanaladi.
    O‘g‘it organik 
    – tarkibida o‘simlik yoki hayvon organik 
    birikmalari shaklidagi oziq modda bo‘lgan o‘g‘it. Organik 
    o‘g‘itlarga mahalliy o‘g‘itlar, yashil o‘g‘it, shahar kommunal 
    xo‘jaligi chiqindilari (axlat va kompostlari, chiqt suvlar 
    cho‘kindilari, najas), oziq-ovqat, ko‘nchilik sanoatlari chiqindilari 
    hamda sapropel (cho‘kma loyqa), poxol va boshqalar kiradi.
    O‘g‘itlovchi 
    – Venturi injektori tipidagi – har ikki 
    tomonidan konus ko‘rinishida toraytirilgan, polimer materialdan 
    tayyorlangan quvurcha. Bosimli sug‘orish tizimlari tarkibida 
    o‘g‘it eritmasini so‘rib olish va suvga aralashtirib beradigan 
    qurilma.

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish