|
Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi Pdf ko'rish
|
bet | 194/197 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 13,74 Mb. | | #247359 |
Bog'liq 2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5Unumdorlik tabiiy
– tuproqdagi oziq moddalarning umumiy
tabiiy zahirasi
Xlorofill
– barglar tarkibidagi yashil rangli modda. Xlorofill
o‘simliklarni havodan karbonat angidridni assimilyatsiya qilishini
va fotosintez jarayonlarini belgilab beradi.
Yomg‘irlatib sug‘orish
– qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘o-
rishning tuproq va o‘simliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy
yomg‘irlatishni imitatsiya qiluvchi sepish tarzida suv yetkazib
beradigan usuli.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi keng qamrovli
– aylanma
yoki frontal harakatlanuvchi agregatlar yordamida suv yetkazib
beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi statsionar
– statsionar kalta
purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beradigan
yomg‘irlatib sug‘orish tizimi.
Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi ko‘chib yuruvchi (mobil)
–
ko‘chma tirkama va baraban tipidagi agregatlar yordamida
ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish tizimi.
Yassi qattiq tomizgichli sug‘orish lentasi
– yassi qattiq
tomchizgichli sug‘orish lentasida suv oqimini tezligini
kamaytiruvchi labirint kanal tomizgichning o‘zida, ariq shaklida
tashkil qilinadi. Tomizgichlar esa sug‘orish lentasining ichiga,
uning uzunligi bo‘ylab, biri biridan ma’lum masofalarda lenta
devoriga yopishtirib o‘rnatiladi. Lenta devorining tomizgich
yopishtirilgan joyida tashqariga suv chiqadigan teshiklar ochib
qo‘yiladi. Lenta devori boshqa lentalarga nisbatan qalinroq –
uning qalinligi – 8-15 mil yoki 0,2-0,375 mm
O‘simlik
– 1) ildiz, tana (poya, shox) va barglardan tashkil
topgan murakkab biokimyoviy organizm; 2) fotosintez qilish
xususiyatiga ega bo‘lgan avtotrof organizm.
|
| |