|
Tuproqning kapillyarlik xususiyati Pdf ko'rish
|
bet | 192/197 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 13,74 Mb. | | #247359 |
Bog'liq 2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5Tuproqning kapillyarlik xususiyati
– tuproq tarkibidagi
erkin suvlarni sirt taranglik kuchi ta’siri ostida tuproqning
ingichka bo‘shliqlari – kapillyarlar orqali yuqoriga ko‘tarilishi.
414
Tuproqning mexanik tarkibi
– tuproq tarkibini qum, chang
va loy zarralarining katttaliklariga ko‘ra ifodalanishi.
Tuproqning namligi
– tuproq tarkibidagi suvlarning
miqdori.
Tuproqning namlik sig‘imi
– tuproq o‘z molekular
tortishish kuchi hisobiga o‘zida tutib tura oladigan namlikning
miqdori.
Tuproqning solishtirma og‘irligi
– ma’lum hajmdagi
tuproq qattiq qismi massasining shunday hajmdagi suvning
massasiga nisbati. Tuproqning solishtirma og‘irligi uning mineral
va kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi
– namlikka to‘yingan
tuproq orqali sizib o‘tayotgan suv.
Tuproqning suv-fizik xossalari
– tuproq qatlamida saqlana-
digan suvning holatini belgilovchi xossalar to‘plami.
Tuproqning to‘liq to‘yingan namligi
– tuproqdagi barcha
g‘ovakliklar suv bilan to‘lgan holatida ushbu tuproqdagi suvning
miqdori.
Tuproqning filtratsiya koeffitsienti
– tuproq orqali sizib
o‘tayotgan suvning miqdorini (shimilish tezligini) ifodalovchi
ko‘rsatkich U m/sutka, m/soat yoki mm/soat kabi birliklarda
o‘lchanadi.
Tuproqning qattiq qismi
– tabiiy namlik sharoitida qattiq
holatda bo‘lgan tuproqdagi barcha turdagi zarralarning yig‘indisi.
Tuproqning g‘ovakligi
– 1) tuproqning mexanik elementlari
va agregatlari orasidagi turli o‘lcham va shakldagi, havo yoki suv
bilan to‘lgan bo‘shliqlar. Ular tuproqning tuzilmasi va teksturasi
bilan ajralib turadi; 2) tabiiy holatdagi buzilmagan strukturali
tuproq zarralari orasidagi bo‘shliqlar. Ular tuproq umumiy
hajmning necha foizini havo tashkil etishini ko‘rsatadi.
|
| |