412
Sug‘orish tizimini ishlatish
– sug‘orish tizimini ishchi,
texnik jihatdan soz holatini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar majmui
So‘lish namligi
– tuproq tarkibida o‘simlikning yashashi
uchun zarur bo‘ladigan minimal namlik miqdoriga teng bo‘lgan
suvning miqdori.
Tarqatuvchi quvurlar
– suvni bosh quvurdan olib tomiz-
gichli sug‘orish shlanglariga yetkazib, taqsimlab berish uchun
xizmat qiladigan quvurlar.
Tashqi tomizgichli sug‘orish shlangi
– tomizgichi shlang
tashqarisidan o‘rnatiladigan qalin devorli sug‘orish shlangi.
Tirqish tomizgichli sug‘orish lentasi
– tirqish tomchizgichli
sug‘orish lentasida suv oqimini tezligini kamaytiruvchi labirint
kanal lentaning ichidan o‘rnatiladigan polosada tashkil qilinadi.
Polosaning uzunligi bo‘ylab, biri biridan ma’lum masofalarda
tomizgichlar ko‘zda tutiladi. Lentadan tashqariga suv chiqishi
uchun lenta devorining mos joylarida tirqishlar ochiladi. Lenta
devori nisbatan yupqa, uning qalinligi – 6-8 mil yoki 0,15-0,2
mm kattalikda bo‘ladi.
Tizimning avtomatlashtirilgan boshqarish punkti
– suvni
tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlatishda inson omilini
kamaytirish orqali o‘simliklarga suv va mineral o‘g‘itni eng
samarali miqdorlarda avtomatlashtirilgan usulda yetkazishga
mo‘ljallangan uskuna va dasturiy ta’minot majmuasi.
Tomizgich
– tomchilatib sug‘orish tizimining elementi,
ma’lum miqdordagi suvni vaqt birligida dozalab yetkazib
beruvchi moslama.