407
asbob). Suyuqlikni bosimsiz harakatlantirish uchun mo‘ljallangan
qurilmalar suv ko‘tarish mashinalari deb ataladi. Nasosning
asosiy parametrlari vaqt birligida haydaladigan suvning miqdori,
bosimi, energiya iste’mol quvvati va foydali ish koeffitsienti.
Nasoslar parrakli,uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana
bir necha turlarga bo‘linadi.
Nasos (parrakli)
– parrakli nasosning dvigateli g‘ildirakni
aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga ta’sir qiladi va uni
harakatlantiradi. Parrakli nasoslarning markazdan qochma,
diagonal va o‘q bo‘ylab haydaydigan xillari bor.
Nasos (uyurma)
– uyurma nasosda dvigatel energiyasi
uyurma hosil qiladi. Uyurma suyuklikni ilashtirib, harakat-
lanishga majbur qiladi. Uyurma nasos qovushqoqligi past suyuq-
liklarni haydash uchun kam quvvatli qurilmalarda ishlatiladi.
Nasos (hajmiy)
– hajmiy nasosda suyuqlik nasosning berk
bo‘shlig‘idan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint,
kulachok va boshqalar ta’sirida o‘tkaziladi.
Hajmiy nasoslarning porshenli (plunjerli), membranali va
rotorli turlari mavjud.
Nasos agregati
– so‘rish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish
mexanizmi, teskari klapanli bosimli quvur va zulfindan iborat
qurilma.