MIMO ko‘p antennali tizimlarini qo‘llash




Download 221 Kb.
bet15/18
Sana28.05.2024
Hajmi221 Kb.
#256251
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Simsiz tarmoqlar (6)

MIMO ko‘p antennali tizimlarini qo‘llash
LTE tizimlarida bir necha qabullash va uzatish antennalari bilan ishlash rejimlari ko‘zda tutilgan. Bunday tizimlarning ishlashi ikkita prinsiplar – fazoviy zichlashtirish prinsipi bo‘yicha va fazoviy-vaqt bo‘yicha kodlash prinsipi bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Birinchi prinsipning ma’nosi shundan iboratki, turli uzatish antennalari axborot simvollari blokining turli qismlarini yoki turli axborot blaklarini uzatadi. Ma’lumotlarni uzatish ikkita yoki to‘rtta antennlar orqali parallel olib boriladi. Qabullash tomonida turli antennalar signallarini qabullash va ajratish amalsha oshiriladi va maxlumotlarni maksimal uzatish tezligi ikki yoki to‘rt martta ortishi mumkin.
Fazoviy-vaqt bo‘yicha kodlash prinsipi bo‘yich qurilgan tizimlarda barcha uzatish antennalaridan o‘sha bir ma’lumotlar oqimi eng yaxshi qabullash sifatini ta’minash maqsadlarida oldindan kodlash sxemalaridan foydalanish orqali uzatish amalga oshiriladi. Masalan, ikkita uzatish antennalaridan signalni shakllantirishda OFDMA-signal nimtashuvchilaridan birini modulyasiyalaydigan kompleks modulyasion simvollar oqimi toq (x1) va juft (x2) simvollarga bo‘linadi, ya’ni bu modulyasion simvollar bitta nimtashuvchiga, lekin turli OFDMA-simvollarga mos keladi.
Wi-Fi qisqartmasi inglizcha «Wireless Fidelity» so‘zidan kelib chiqadi, u “simsiz aniqlik” ma’nosini bildiradi. Bu nom ancha oldin muomalaga kirgan Hi-Fi (Hi Fidelity) atamasiga o‘xshash ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasiga berilgan. Odatiy kabelli tarmoqlardan farqli ravishda WLAN (Wireless Local Area Network) simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori chastotali radioto‘lqinlar ishlatiladi. Wi-Fi ostida ko‘zda tutiladigan IEEE 802.11standartlari oilasi bir necha 802.11a, 802.11b va 802.11g varintlarni o‘z ichiga oladi, ulardan har biri ma’lumotlarni uzatish tezliklari bilan farqlanadi.
Wi-Fi texnologiyasi 90-yillardan boshlangan. 1999 yilda 802.11b standartni ishlab chiqish yakunlandi, 2000 yilda esa simsiz aloqa uchun birinchi qurilmalar paydo bo‘la boshladi. Wi-Fi korporativ kabelli tarmoqlarga muqobil – oddiy va harajatlar bo‘yicha tejamli texnologiya sifatida o‘ylangan, chunki kabelni yotqizilishini talab qilmaydi, lekin samaradorligi kam emas. Lekin Wi-Fining imkoniyatlar korporativ foydalanuvchilarni oddiy tarmoqqa bilashtirishga qaraganda ancha keng. SHuning uchun bu texnologiyani qo‘llaydigan qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan jamoat joylari - aeroportlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda tezkor ulanish nuqtalari (yoki «xot-spotlar») ham paydo bo‘ldi va bu bilan foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar – qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetga ulanishni ochdi.
Wi-Fi texnologiyasi yordamida xuddi ajratilgan liniya yordamida ulanganidek Internetdan foydalanish mumkin. YAgona farq, endi qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetda ishlash bilan erkin harakatlanish mumkin.


  1. Download 221 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 221 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MIMO ko‘p antennali tizimlarini qo‘llash

Download 221 Kb.