• CDMA-2000 3X.
  • Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari




    Download 221 Kb.
    bet11/18
    Sana28.05.2024
    Hajmi221 Kb.
    #256251
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    Bog'liq
    Simsiz tarmoqlar (6)

    CDMA-2000 1XEV. Bu standart 1X standartning keyingi takomillashtirilishi hisoblanadi. Uning yordamida chastotalar spektridan eng samarali foydalanishga erishiladi, ma’lumotlarni uzatish o‘tkazish qobiliyati oshadi, o‘sha bir 1,25 MGs chastotalar polosasida eng yuqori 2 dan 5 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi. Bunda xavf kamayadi va operatorlik kompaniyalarining kapital qo‘yilmalari himoyalanadi. Operatorlarning ehtiyojlarini aniqlash bilan 1XEVda takomillashtirishning ikkita bosqichi ko‘rsatiladi. Birinchi bosqichning borishida ma’lumotlarni samaraliroq uzatish usuli uchun 2,4 Mbit/sdan ortiq ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishish talab qilinadi. Ikkinchi bosqichning amalga oshirilishida real vaqt ko‘lamida ovoz va ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi.
    CDMA-2000 3X. Bu cdma-2000 standartining ikkinchi fazasi hisoblanadi. Bu fazadagi takomillashtirish 1Xda erishilgan ma’lumotlarni uzatish tezligini 2 Mbit/sgacha oshirilishi ko‘p kanalli tizimdan foydalanish orqali ta’minlanadi. 3X nom 3XRTT termindan kelib chiqadi, ya’ni 3G xizmatlarni taqdim etish uchun uchta 1,25 MGsdan kanallar ishlatiladi
    CDMA 450 uchinchi avlod aloqa standarti hisoblanadi. U CDMA 2000, shu jumladan CDMA 2000 1x EV-DO standartini rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarini qo‘llaydigan Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan tasdiqlangan. CDMA 2000 1x EV-DO tarmoq ma’lumotlarni juda katta 2, 4 Mb/sgacha tezlikda uzatilishiga imkon beradi.
    Bugungi kunga kelib CDMA 450 standartining 14 ta tijorat tarmoqlari O‘zbekistan, Rossiya, Ruminiya, Belorussiya, CHexiya, Gruziya, Latviya va boshqa davlatlarda ishlamoqda. YAna bir nechta tarmoqlar ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda CDMA 450 standartidan O‘zbekistonda 1.000.000 kishidan ortiq abonentlar foydalanmoqda. Etakchi mobil terminallar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar iste’molchilarga 15 tadan ortiq telefonlar modellarini taklif etmoqda.
    CDMA 450 standarti, hatto 1, 8 MGs kabi tor chastotalar polosasida joriy etilishi mumkin. Uning avzalligi chastotalar spektridan samarali foydalanish, shuningdek ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatilishi imkoniyati hisoblanadi. Pastroq chastotalar diapazonini ishlatilishi esa qamrab olish zonasini kengaytirishga imkon beradi. 450 MGs diapazonda ishlaydigan sotalar yuqoriroq chastotalarda ishlaydigan bazaviy stansiyalarning qamrab olish zonasidan ikki marttaga ortiq bo‘ladi. SHuning uchun CDMA 450 echimi qishloq joylarida, aholining zichligi uncha katta bo‘lmagan hududlarda simsiz aloqani quradigan operatorlar uchun foydali bo‘ladi.
    450 MGs diapazondagi CDMA 2000 echimi telekommunikatsiyalar universal xizmatlarini ko‘rsatish uchun asos bo‘lishi mumkin. Misol uchun nafaqat ovoz, balki ma’lumotlarni butun O‘zbekiston hududi, ayniqsa olisdagi qishloq hududlari bo‘ylab uzatish mumkin. Bunday holda aloqa nafaqat oddiy mumkin bo‘ladi, u mobil yoki qayd etilgan aloqani qurishning yuqori narxi tufayli bunday xizmatlar hali aholiga ko‘rsatilmayotgan hududlarda tarqaladi.
    Kam aholili va borish qiyin bo‘lgan hududlar uchun CDMA 450 standarti iqtisodiy foydali va an’anaviy simli telefoniyaga muqobil hisoblanadi. Bu echim CDMA 2000 texnologiyalarining barcha asosiy avzalliklarini taqdim etishi tufayli operator va uning abonentlari uchun foydali bo‘lib, aynan u uchinchi avlod yangi xizmatlarini keyingi joriy etish, masalan, abonentning joylashish o‘rnini aniqlash (LBS) imkoniyatini yaratadi. SHuningdek alohida operatorlar tarmoqlarida ishlayotgan multimediali xizmatlar va Push-to-Talktm («Bos va gapir», ya’ni telefonni ratsiyadan foydalanishga yaqin rejimda ishlatish) texnologiyalari bo‘lishi mumin.
    CDMA 450 bu turli tarmoq ehtiyojlari uchun ideal echim hisoblanadi. Telekommunikatsiyalar universal xizmatlari konsepsiyasi istalgan aholi punktida har qanday abonentga berilgan muddatda o‘rnatilgan sifatdagi va baholar darajasida bo‘lgan aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari CDMA 450 standarti asosida davlat organlari manfaatlarida maxsus aloqa tarmoqlari qurilishi mumkin. CDMA 2000 standartining yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha imkoniyatlari 450 MGs diapazondagi operatorlar uchun real qiziqishni beradi va keng polosali DSL-ulanishga muqobil bo‘ladi.
    CDMA 450 aholini ma’lumotlarni olishini (xususan, Internet orqali), ayniqsa kabelni o‘tkazilishi o‘zini oqlamaydigan olisdagi hududlarda soddalashtirishga imkon beradi.
    CDMA 450 tizimining ishlatilishi dispetcherlik aloqasi yoki TETRA kabi maxsus maqsadli tizimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. YUqori ulanish tezligi bilan birga Push-to-Talktm funksiyasining qo‘llanilishi bilan CDMA 450 tizimlari huquqni muhofaza qilish, tez tibbiy yordam, yong‘in-qo‘riqlash xizmati va maxsus xizmatlar masalalarini tezkor va sifatli echilishiga imkon beradi.
    CDMA 2000 texnologiyalarini, ayniqsa 450 MGs diapazonning ishlatilishi “elektron hukumat” tizimlarini yaratilishini sezilarli engillashtirishi mumkin. Bu standart Hukumat, davlat xavfsizligi diqqat markazida turli ilovalarni yaratish va ishlashi uchun juda yaxshi tanlov hisoblanadi. CHunki texnologiya sanab o‘tilgan avzalliklardan tashqari, autentifikatsiyalash, kodlash va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash yordamida uzatishda ma’lumotlarni himoyalashning yuqori darajasini ta’minlaydi.
    Bularning barchasi CDMA 450 standartini Hukumat uchun, shuningdek huquqni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash turli loyihalarida qo‘llanilishi uchun ideal standart bo‘lishini ta’minlaydi.
    WCDMA (Wideband Code Division Multiple Acces) bu kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan keng polosali ko‘p stansiyali ulanish hisoblanadi. WCDMA tarmoqlari mavjud GSM tarmoqlari ustidan quriladi. Bunda tarmoqlar parallel ishlaydi. Tarmoqni eski foydalanuvchilari GSM tarmog‘idan foydalanadi, yangi foydalanuvchilar esa vaziyatga bog‘liq ravishda GSM yoki WCDMA tarmoqlaridan foydalanadi. Abonentlar terminali tarmoqlar orasida avtomatik qayta ulanadi, binobarin, bitta tarmoqdan boshqasiga aloqa uzilmasdan qayta ulanish bo‘lishi mumkin.
    WCDMAning GSMdan asosiy avzalligi nazariy 2 Mbit/sgacha, real 384 Kbit/sgacha (taqqoslash uchun maksimal nazariy erishiladigan GPRS tezligi 115 Kbit/s, mo‘ljallangan tezlik 64 Kbit/s, amaliy erishiladigan tezlik esa 48 Kbit/s) erishiladigan yuqori ma’lumotlarni uzatish tezligi hisoblanadi. Bundan tashqari, mobilnaya videotelefon aloqasi va to‘laqonli audio va videofayllarni mobil terminalga yuklanishi bo‘lishi mumkin. WCDMAni qo‘llash telefonning narxini oshiradi. Bugungi kunda uchinchi avlod tarmoqlari O‘zbekistonda ishlab kelmoqda.

    UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) Mobil Telekommunikatsiyalar Universal Tizimi bo‘lib, u Evropada 3G texnologiyalarni joriy etish uchun Telekommunikatsiyalar Standartlari Evropa Instituti (ETSI) ishlab chiqadigan standartlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mobil aloqaning rivojlanishini aniqlaydigan asosiy omil ovozli telefoniya hisoblanadi. GPRS va EDGE texnologiyalarning paydo bo‘lishi, keyin esa UMTSga o‘tish ovozli aloqadan tashqari, ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarga yo‘l ochadi. UMTS bu ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatish, Mobil Internet, Internet, intranet va multimedia asosidagi turli ilovalar hisoblanadi. UMTS uchun asosiy texnologiya Kod bo‘yicha Ajratishli Keng plosali Ko‘p stansiyali Ulanish (WCDMA) hisoblanadi. Bu Telekommunikatsiyalar Standartlari Evropa Instituti (ETSI) 1998 yilning sentyabrida tanlagan revolyusion radioulanish texnologiyasi barcha 3G multimediali xizmatlarini ta’minlaydi.


    Mobil abonent uchun radiokanaldagi uzatish tezligi 2 Mbit/sgacha etadi. WCDMA 2 GGs chastotalar diapazonida ishlaydigan tizimlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu diapazon bu texnologiyaning barcha avzalliklarini to‘liq darajadan ishlatilishiga imkon beradi. Masalan, 5 MGs kenglikdagi WCDMA bitta tashuvchisi 8 kbit/sdan 2 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi tezligini talab qiladigan aralash xizmatlarni taqdim etilishini ta’minlaydi. WCDMA bilan moslashuvchan mobil terminallar esa ITU tavsiyalariga muvofiq birdaniga bir necha xizmatlar bilan ishlay oladi.

    1. 4G to'rtinchi avlod sotali aloqa tizimlari. OFDM kanallar ortogonal chastota bo'yicha ajratiladigan mulplekslash texnologiyasi. Kanallar ortogonal chastota bo'yicha ajratiladigan ko'p tomonlama ulanish (OFDMA). 4G sotali aloqa tizimlari kosepsiyasi LTE texnologiyasi bo'yicha radiointerfeysi kurish va ishlash prinsiplari. LTE tarmog'i arxitekturasi. LTE-Advancyed texnologiyasining o'ziga mos xususiyatlari.


    Download 221 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 221 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari

    Download 221 Kb.