• Simsiz aloqa antennalari. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Antennalarning ishlash va ko’rish prinsiplari. UTQ diapazoni antennalarning o’ziga xos xususiyatlari. Sotali aloqa antennalari.
  • UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari




    Download 221 Kb.
    bet2/18
    Sana28.05.2024
    Hajmi221 Kb.
    #256251
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Simsiz tarmoqlar (6)

    UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zining kichik uzunligi tufayli UQT to‘lqinlar erning sferik sirti va erning yirik noitekisliklari yoki boshqa to‘siqlar atrofida yomon difraksiyalanadi. SHuning uchun UQT diapazonda antennalarni er sirtidan sezilarli balandlikda joylashtirishga uriniladi, chunki bunda birinchidan, to‘g‘ri ko‘rinish masofasi ortadi, ikkinchidan antennaning yaqinida joylashgan mahalliy predmetlarning ekranlashtiruvchi ta’siri kamayadi. SHunday qilib, UQT diapazonda antennaning joylashish balandligi to‘lqin uzunligidan ko‘p marttaga ortiq bo‘ladigan shart bajariladi va maydon kuchlanganligini hisoblashni interferension formulalar bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
    UQT diapazonda er sirti ideal dielektrik sifatida qaralishi mumkin. SHuning uchun gruntning o‘tkazish xossalarining o‘zgarishi UQTni tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
    SHu bilan birga, er sirtining uncha katta bo‘lmagan notekisliklari UQTni er sirtidan qaytishi shartini sezilarli o‘zgartiradi.
    To‘g‘ri ko‘rinish chegarasida aniq kichik bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan l < 0,2· l0 masofalarda UQT diapazonda erning sferikligini va troposferadagi radioto‘lqinlarning refraksiyasi ta’sirini hisobga olmaslik mumkin. Bunda UQTni tarqalishining xarakterli o‘ziga xos xususiyati katta barqarorlik va vaqt bo‘yicha signal sathining o‘zgarmasligi hisoblanadi.
    0,2l0 < l < 0,8· l0 chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda erning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Bir vaqtda refraksiyaning ta’sirini erning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li bilan hisobga olish kerak bo‘ladi.
    Bunday masofalarda UQTni tarqalishi uchun metrologik sharoitlar ta’sir qiladi. Troposferaning sindirish koeffitsientining o‘zgarishi bilan to‘lqin traektoriyasining egriligi o‘zgaradi, binobarin, to‘g‘ri va er sirtidan qaytgan nurlar uchun bu o‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin. Natijada to‘g‘ri va qaytgan nurlar orasidagi fazalar farqi o‘zgaradi, buning natijasida radioto‘lqinlar maydonlari sathi o‘zgaradi, signalning so‘nishi bo‘lib o‘tadi. Masofaning ortishi bilan so‘nishlarning halaqit qiluvchi ta’siri ortadi

    1. Simsiz aloqa antennalari. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Antennalarning ishlash va ko’rish prinsiplari. UTQ diapazoni antennalarning o’ziga xos xususiyatlari. Sotali aloqa antennalari.

    Antenna deb elektromagnit to'lqinlami nurlantirish yoki qabul qilish uchun mo'ljallangan qurilmaga aytiladi. Antenna istalgan radiouzatish va radioqabul qilish qurilmasining zarur elementi hisoblanadi. Uzatkich antennasi yoki uzatish antennasi yuqori chastotali tokni elektromagnit to'lqinlar energiyasiga o'zgartirish uchun mo'ljallangan. Qabul qilish antennasi yoki qabul qilgich antennasi elektromagnit to'lqinlarni qabul qiladi va ulami yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga o'zgartiradi.
    Uzatish antennasi, tarqalish trakti va qabul qilish antennasidan iborat radiokanalni passiv chiziqli to s rt qutbli hisoblash mumkin. Agar bunday to'rt qutblida EYuK manbai va yuklamaning joylari almashtirilsa, ya'ni qabul qilish antennasini uzatish antennasi, uzatish antennasini qabul qilish antennasiga o'zgartirilsa, u holda tizimning parametrlari o'zgarmaydi. Passiv chiziqli to'rt qutblilaming bu xususiyati o žaro almashuvchanlik prinsipi deyiladi, undan qabul qilish va uzatish jarayonlarining qaytuvchanligi kuzatiladi. Antennalarning qaytuvchanligi bir vaqtning o'zida o'sha bir antennani uzatish va qabul qilish antennasi sifatida ishlatishga imkon beradi, bu simsiz aloqa tizimlarining, ayniqsa, uzatish va qabul qilish qurilmalari uzatish va qabul qilish uchun umumiy antennaga ega bo'lgan mobil aloqa tizimlarining texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi.
    Barcha antennalarni ikkita katta guruhlarga - nurlantiruvchi simlar va nurlantiruvchi yuzalar guruhlariga bo'lish mumkin. I gigagersgacha bo'lgan chastotalarda ishlaydigan radioaloqa tizimlarida antennalar sifatida nurlantiruvchi simlar, yuqoriroq chastotalarda esa nurlantiruvchi yuzalar ishlatiladi.
    Nurlantiruvchi simlarga asoslangan antennalaming ishlash prinsipi quyidagicha: agar uzun liniya bo'lgan ikkita yaqin va parallel joylashtirilgan simlarga yuqori chastotali tebranishlar generatori ulangan bo'lsa, u holda qiymati bo'yicha bir xil, lekin qarama-qarshi yo'nalgan ikkita toklarning maydonlari o'zaro kompensatsiyalanadi va energiyaning atrof-muhitga tarqalishi bo'lib o'tmaydi.
    Nurlantirish quvvati (Rn) - antenna orqali ochiq fazoga nurlantiriladigan elektromagnit to'lqinlar quvvati hisoblanadi. Bu aktiv quvvat, chunki u antenna atrofidagi bo'shliqda tarqaladi. Demak, nurlantiriladigan quvvat nurlantirish qarshiligi deyiladigan aktiv qarshilik orqali ifodalanishi mumkin.
    Antennaning kirish qarshiligi antennaning kirish uchlaridagi qarshilik hisoblanadi. Reaktiv va aktiv tashkil etuvchilarga ega. Rezonansga sozlanganda antenna generator uchun sof aktiv yuklama bo'ladi va undan eng samarali foydalaniladi.
    Antennaning yo 'naltirilganligi uning ma'lum yo'nalishlarda elektromagnit to'lqinlami nurlantirish qobiliyati hisoblanadi. Antennaning bu xususiyati haqida yo 'naltirilganlik diagrammasi bo'yicha baholanadi, u maydon kuchlanganligi yoki nurlantiriladigan quvvatning yo'nalishga bog'liqligini grafik ko'rsatadi. Odatda, ular normallashtirilgan yo'naltirilganlik diagrammasidan foydalaniladi, uning uchun maydon kuchlanganligi yoki nurlantirish quvvatini tavsiflaydigan qiymatlar absolyut qiymatlarda ifodalanmaydi, balki ikki tekisliklar - gorizontal va vertikal tekisliklarda yo'naltirilganlik diagrammalari bilan cheklanadi.

    Download 221 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 221 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari

    Download 221 Kb.