Radioreley va yo’ldosh aloqa. Yo’ldoshli navigatsiya. Radioreleli liniyalari qurish va umumiy prinsiplari




Download 221 Kb.
bet5/18
Sana28.05.2024
Hajmi221 Kb.
#256251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Simsiz tarmoqlar (6)

Radioreley va yo’ldosh aloqa. Yo’ldoshli navigatsiya. Radioreleli liniyalari qurish va umumiy prinsiplari.

Radioreleli aloqa radiosignallarining ko'p marotaba retranslyatsiyalanishiga asoslangan yer usti radioaloqasining turlaridan biri hisoblanadi. Radioreleli aloqa statsionar obyektlar orasida amalga oshiriladi.
Tarixan stansiyalar orasidagi radioreleli aloqa ham aktiv, ham passiv bo'lishi mumkin retranslyatsion stansiyalari zanjiridan foydalanish bilan amalga oshirildi.
Boshqa barcha turdagi yer usti radioaloqa turlaridan radioreleli aloqaning farqli o'ziga xos xususiyati tor yo'nalishli antennalardan, shuningdek, detsimetrli, santimefrli yoki millimetrli radioto'lqinlardan foydalanish hisoblanadi.
Oxirgi stansiyalar aloqa liniyasining chetki punktlariga o‘rnatiladi va signllarni uzatish yo‘nalishlarida modulyatorlar va uzatkichlarga va qabul qilish yo‘nalishlarida demodulyatorlarli qabullagichlarga ega bo‘ladi. Qabullash va uzatish uchun qabullash va uzatish traktlari bilan antenna tarmoqlagichi yordamida ulangan bitta antenna ishlatiladi. Signallarni modulyasiyalash va demodulyasiyalash standart oraliq chastotalardan (70 - 1000 MGs) birida amalga oshiriladi. Bunda modemlar turli chastotalar diapazonlari ishlatadigan qabullagich-uzatkichlar bilan ishlashi mumkin. Uzatkichlar oraliq chastota signallarini ishchi O‘YUCH dipazonga o‘zgartirish uchun, qabullagichlar esa, teskari o‘zgartirish va oraliq chastota signallarini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
Zamonaviy raqamli radioreleli liniyalarning qo‘llanilishi spektri etarli darajada keng, ular quyidagilarga imkon beradi:
• antenna-machta qurilmalari va va boshqa jihozlardan foydalanish orqali aloqa tugunlari binolarida radioreleli tizimlar qurilmalarini o‘rnatilishi yo‘li bilan aloqa tizimining imkoniyatlarini operativ oshirish, bu radioteleli aloqa liniyalarini qurishga kapital harajatlarni qisqartiradi;
• kuchsiz rivojlangan (yoki mavjud bo‘lmagan) infratuzilmali hududlarda , shuningdek murakkab relefli joylar oraliqlarida ko‘p kanalli aloqani tashkil etish;
• yangi kabellarni yotqizilishi juda qimmat yoki mumkin bo‘lmaydigan hududlarda, katta shaharlarda va industrial zonalarda tarmoqlashtirilgan raqamli tarmoqlarni qurish;
• tabiy oftalar va boshqalar hududlarida aloqani qayta tiklash.
RRT bitta o‘tish oralig‘ili, ko‘p o‘tish oralig‘ili va radioreleli tarmoq sifatida qurilishi mumkin. Bitta o‘tish oralig‘ili RRT ikkita hududiy ajratilgan RRTdan tashkil topgan. Bunday liniyalar sotali aloqa bazaviy markazlari, ATS va boshqalarni ulanishi uchun quriladi.
18, 23 va 36 GGs diapazonlar kichik o‘lchamli va tez quriladigan RRSlar keng qo‘llaniladi, ular 25 kmgacha masofaga ham analog (televizion) signallarni, ham raqamli ma’lumotlarni (34 Mbit/sgacha tezlikda) uzata oladi. Bu diapazonlarda raqamli RRSlar mahalliy aloqa, sotali va tranking aloqa tarmoqlarini tashkil etish uchun qo‘llaniladi. Sotali va tranking aloqa tarmoqlarida «bazaviy stansiya» – «bazaviy stansiya» va «bazaviy stansiya» – «kommunikatsion stansiya» bir o‘tish oralig‘ili RRL qo‘llaniladi.
RRL tugun ATSlar va boshqa aloqa ob’ektlari orasida aloqa uchun shahar sharoitlarida yaratiladigan keng polosali optik tolali liniyalar o‘rniga ham ishlatiladi. Bunday RRLlar SDH/SONET standartlariga javob beradigan telekommunikatsion tarmoqlarga o‘rnatilishi mumkin.


  1. Download 221 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 221 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radioreley va yo’ldosh aloqa. Yo’ldoshli navigatsiya. Radioreleli liniyalari qurish va umumiy prinsiplari

Download 221 Kb.