|
Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari
|
bet | 6/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 221 Kb. | | #256251 |
Bog'liq Simsiz tarmoqlar (6)Radioreleli stansiyalarining tuzilish sxemalari. Sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari qurish prinsiplari va o’ziga xos xususiyatlari. Sun’iy yo’ldoshli navigatsiya tizimlari.
Radioreleli aloqa liniyasi qabul qilish/uzatish radioreleli stansiyalari (RRS) zanjiri ko'rinishida quriladi. RRLda uzatkichlar, qabul qilgichlar, antennalar o'matiladi.
Bunday RRLda Qo'shni RRSlar antennalari orasida to'g'ri ko'rinish bo'lishi kerak. Buning uchun antennalar ko'pincha 40 ... 100 m balandlikda tayanchlarga o'rnatiladi. Qo'shni RRSlar va magistral RRLlar orasidagi masofa odatda taxminan 50 km bo'ladi.
Stansiyalarning turlari
RRSlaming asosiy turlari quyidagilardan iborat:
oxirgi releli stansiya (ORC);
tugun releli stansiya (TRS);
o'rta releli stansiya (O'RS).
Radiosignallarni tarqatish qurilmalari va muhitini o'z ichiga Olgan qo'shni RRSlar orasidagi radioreleli aloqa liniyasining qismi radioreleli ko'rish deyiladi. Oxirgi yoki tugun stansiyalari bo'lgan ikkita yaqin joylashgan radioreleli stansiyalari bilan cheklangan radioreleli aloqa liniyasining qismi radioreleli oraliq deyiladi.
Sun’iy yo‘ldoshli aloqa
Aloqa qo‘llanilishidagi Erning sun’iy yo‘ldoshlari (ESY) turli xabarlarni uzatish, TV, telefon, telegraf va boshqa aloqa kanallarini tashkil etish uchun keng qo‘llaniladi.
Sun’iy yo‘ldoshli aloqani yaratishning asosiy prinsipi ESYga retranslyatorlarni joylashtirilishidan iborat. Demak, sun’iy yo‘ldoshli aloqa ESYga joylashtirilgan bitta oraliq stansiyali RRLdan iborat bo‘ladi (11.7-rasm. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarini qurishda RRLda ishlatiladigan g‘oyalar va prinsiplardan foydalaniladi.
Retranslyasiyalash usuli bo‘yicha yo‘ldoshli tizimlar aktiv va passiv retranslyasiyalashli tizimlarga bo‘linadi. Bort apparaturasisiz ishlaydigan tizim passiv yo‘ldoshli yoki passiv retranslyasiyalashli aloqa tizimi deyiladi. Bu holda Erdan yuborilgan signallar ESY sirtidan dastlabki kuchaytirishsiz orqaga qaytadi. Passiv yo‘ldoshlar sifatida ham turli shakllardagi maxsus qaytargichlar (sferik ballonlar, hajmli ko‘p qirralilar va h.k.), ham Erning tabiy yo‘ldoshi Oy ishlatilishi mumkin. Er usti antennalarining etarlicha kuchaytirishida va er stansiyasi (ES) qabullagichi yuqori sezgirligida bu radioaloqa usuli kichik o‘tkazish qobiliyatili tizimlarda qo‘llanilishi mumkin. Bunday aloqa tizimlarining o‘tkazish qobiliyati zamonaviy texnika darajasida ikki-uchta telefon xabarlaridan oshmaydi.
Bort apparaturalari bo‘lganida radioaloqa tizimi signal aktiv retranslyasiya qilinadigan tizim yoki aktiv sun’iy yo‘ldoshli tizim deyiladi. Bunda bort retranslyatorining energiya ta’minoti ESYda joylashgan quyosh batareyalaridan amalga oshiriladi. Aktiv retranslyasiya qilish zamonaviy uzatish tizimlarining asosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda sun’iy yo‘ldoshli TV va radioeshittirish deganda TV va radiodasturlarni shakllantirish markazlari bilan bog‘langan bir yoki bir nechta er usti uzatkichlaridan ham TV signallarni (ovoz bilan birga), ham radiouzatish ovoz signallarini ESY orqali bu dasturlarni er usti aloqa vositalari (turli quvvatlardagi retranslyatorlar, SKTV, jamoavaiy va individual qabul qilish vositalari) yordamida abonentlarga (teltomoshabinlar yoki radiotinglovchilarga) etkazilishi uchun bu dasturlarni er usti qabullash va taqsimlash qurilmalari tarmog‘iga uzatilishi tushuniladi. Aloqa ESYlariga xizmat ko‘rsatish zonasida har xil turlardagi qabullash ESlari joylashtiriladi. ES va ESY orasidagi juda katta masofalar tufayli sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlarida qabul qilinadigan TV va ovoz signallarining yuqori sifatini ta’minlash uchun quyidagi choralar ko‘riladi:
● ES uzatkichining quvvati 5…10 kVtga oshiriladi;
● ES qabullash-uzatish antennalari murakkablashtiriladi;
● kam shovqinli kuchaytirgichlar ishlatiladi;
● chastota deviatsiyasini oshirilishi hisobiga CHMli qabul qilish samaradorligi oshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari
|