Ko’p tartibli modulyatsiyalash turlari. Kvadratlarning fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK) va kvadraturali amplitudaviy modulyasiyalash (QAM)




Download 221 Kb.
bet4/18
Sana28.05.2024
Hajmi221 Kb.
#256251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Simsiz tarmoqlar (6)

Ko’p tartibli modulyatsiyalash turlari. Kvadratlarning fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK) va kvadraturali amplitudaviy modulyasiyalash (QAM).

Har xil manipulyatsiyalash turlari uchun bitta signal doirasida nafaqat 0 va I bitlami, balki ulaming kombinatsiyalarini ham uzatishga imkon beradigan usullar mavjud, Bunday usullar ko'p pozitsiyali manipulyatsiyalash usullari deyiladi. Bu usullaming mazmuni shundan iboratki, chiziqli signalning bitta elementi oddiy ikki pozitsiyali usullarga qaraganda ko'proq bitlar soni haqidagi ma'lumotlami tashiydi. Bu juda oddiy ishlaydi. Masalan, ko'p pozitsiyali amplitudaviy manipulyatsiyalashda 0 yoki I bitlami kodlaydigan 2 ta amplituda emas, balki 4 ta amplituda beramiz, ular amplitudaning ortishi bilan 00, Ol, 10, I I bitlarga mos keladi. Ko'p pozitsiyali chastotaviy manipulyatsiyalash uchun ko'proq chastotalar, ko'p pozitsiyali fazaviy manipulyatsiyalash uchun esa mos ravishda ko'roq faza bo'yicha surilishlar ishlatiladi. Bu haqiqatan ham ma'lumotlami uzatish solishtima tezligini oshirishga imkon beradi, lekin bunda uzatish xatoligiga bog'liq bo'lgan xatoliklar vujudga kela boshlaydi.
Modulyatsiyalangan signallar xarakteristikalarini tahlil qilishning qulay vositasi ulami signallar turkumi ko'rinishidagi kvadraturali diagammalar yordamida aks ettirish hisoblanadi.
Raqamli uzatish tizimlari uchun zamonaviy modulyatorlar kvadraturali sxema bo'yicha quriladi. Bunday modulyatorda chiqish signali tashuvchilari o'zaro 900 fazaviy surilishga ega bo'lgan ikkita turli modulyatsiyalangan signallarni qo'shish bilan hosil bo'ladi.
Kvadraturali modulyatorlarning ikkita modulyatsiyalovchi signallar kirishlari I va Q bilan belgilanadi:

  • I (sinfaz) tashuvchining boshlang'ich fazaviy surilishi 00ga teng olinadigan kanalga tegishli bo'ladi;

Q (kvadraturali) tashuvchining boshlang'ich fazaviy surilishi 900ga teng olinadigan kanalga tegishli bo'ladi.
Oddiy amplitudaviy manipulyatsiyalash (AMn) ham signallar turkumi diagrammasi yordamida berilishi mumkin. Ma'lumotlar faqat amplitudada bo'lganligi bois bitning birlik qiymati E radiusli aylananing istalgan nuqtasida bo'lishi mumkin.
Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK). Fazaviy manipulyatsiyalashning BPSK, QPSK, 8-PSK va boshqa turlari mavjud.


  1. Download 221 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 221 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’p tartibli modulyatsiyalash turlari. Kvadratlarning fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK) va kvadraturali amplitudaviy modulyasiyalash (QAM)

Download 221 Kb.