|
Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari
|
bet | 7/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 221 Kb. | | #256251 |
Bog'liq Simsiz tarmoqlar (6)Sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya
Sun’iy yo‘ldoshli radionavigatsion tizim deb ESY guruhi tayanch radinavigatsion nuqtalar rolini bajaradigan tizimga aytish qabul qilingan. Bunday tizimlarga NAVSTAR (AQSH) i "Glonass" (Rossiya). NAVSTAR (NAVigation System using Timing And Ranging) yoki GPS (Global Positioning System) tizimlari kiradi.
Bu tizimlar o‘zi aniqlaydigan passiv tizimlar toifasiga kiradi. Ularda faqat navigatsion ESYlar radiouzatkichga ega bo‘ladi, harakatdagi ob’ektda joylashtiriladigan apparatura esa faqat ESY signallari qabullagichi, signallarni qayta ishlash va ob’ektning koordinatalarini hisoblash qurilmasiga ega bo‘ladi. Bunday navigatsion tizimlarda ob’ektning koordinatalarini hisoblash natijasi faqat ob’ektning o‘zida bo‘ladi, ya’ni ob’ekt apparaturasining o‘zi o‘z koordinatalarini aniqlaydi.
Sotali aloqa tizimlarining IG dan 5G ga rivojlanishi. Sotali aloqaning 1G avloddan 5G avlodgacha rivojlanishi. Mobil radiotelefon aloqasining rivojlanish tarixi. Sotali aloqa tizimlarining ishlash prinsiplari. Sotali aloqada chastotaviy rejalashtirish 2G standartlari. GSM standarti sotali raqamli tizimlari. GSM tarmog'ining tuzilmasi va komponentlarining tavsifi. CDMA one standartining o'ziga mos xususiyatlari.
1947 yilda Belllaboratories birinchi marta sotali aloqani qurish prinsipini taklif etdi. Uning ma’nosi shundan iboratki, R0 radiusli butun xizmat ko‘rsatiladigan zona (hudud) R radiusga ega bo‘lgan yacheykalarga shartli bo‘linadi. YAcheykaning ideal shakli aylana, lekin maydonlar va o‘zaro ta’sirlarni hisoblash oddiy bo‘lishi uchun asosga to‘g‘ri olti burchaklik olingan. Real jihatdan yacheyka joyning relefi, qurilishlar va boshqa omillarning ta’siri tufayli noto‘g‘ri aylana shakliga ega bo‘ladi.
Birinchi avlod (1G) analog SHATlarning to‘qqizta asosiy standartlari eng ma’lum hisoblanadi. O‘zRda ulardan NMT – 450 va AMPS ishlatilgan. Lekin analog SHATlar ko‘p soni kamchiliklari tufayli axborot texnologiyalarinin zamonaviy rivojlanishini qoniqtirmay qo‘ydi, bu kamchiliklardan asosiylari “standartlarning moslashuvchan emasligi”, cheklangan ishlash zonasi, past aloqa sifati, xabarlarni maxfiylashtirishni va ISDN xizmatlar integratsiyalanishi raqamli tizimlari bilan o‘zaro ta’sirlashishini va ma’lumotlarni paketli uzatilishini (PDN) yo‘qligi bo‘ldi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari
|