• (5GPPP) uyushmasini shakllantirdi. Uning asosiy vazifasi keyingi avlod sotali aloqa standartlari ustida ishlarni tezlashtirish hisoblanadi.
  • 5GPPP uyushmasi taxminan 35 ta ishtirokchilarga ega, ular orasida
  • bor. Bu rejalarni amalga oshirish uchun 5GPPP uyushmasi
  • WI-FI (IEEE 802.11) texnologiyasi. WI-FI texnologiyasining tarixi. WI-FI texnologiyasini sertifikatlashtirish. Simsiz lokal tarmoklarini tashkil etish. WI-FI tarmoqlar chastotalar diapazonlari.
  • Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari




    Download 221 Kb.
    bet14/18
    Sana28.05.2024
    Hajmi221 Kb.
    #256251
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    Simsiz tarmoqlar (6)

    5G xarakatdagi aloqa simsiz tizimlari standartlari. Mobil tarmoqlarning 5G texnologiyalariga rivojlanish. 5G tarmoq arxitekturasi. LTE 5G ga migrasiyalanish ssenariylari.

    5G standarti bu individual foydalanuvchilar va qurilmalar uchun tarmoqqa cheklanmagan ulanishni ta’minlaydigan mobil texnologiyalarni rivojlanishining yangi bosqichi hisoblanadi. 5G standartini ishlab chiqishda, ravshanki, LTE va HSPA texnologiyalarining takomillashtirilgan imkoniyatlarini, shuningdek aniq bir vazifalarni echishga mo‘ljallangan boshqa radioulanish texnologiyalarini hisobga olish zarur bo‘ladi.
    5Gning imkoniyatlari mobillik va yangi texnologiyalarga bo‘linadi. Ko‘plab tahlilchilarning fikricha, mobillik yangi dunyoning katalizatori bo‘ladi. Biznes-landshaftni o‘zgartiradigan vositalarini muhokama qilish bilan “kuchlarning tutashib ketishi” atamasini ishlatish taklif qilinadi, bunda hazirda mavjud bo‘lgan to‘rtta asosiy texnik trendlar – ijtimoiy o‘zaro ta’sirlashish, mobil texnologiyalar, bulutlar va ma’lumotlarga ulanishning konvergensiyalanishi ko‘zda tutiladi. Bunda bulut orqali real vaqtda olinadigan yangi ma’lumotlar hajmilari vujudga keladi. Bunday almashinuvni ta’minlash uchun mos tarmoq zarur bo‘ladi.
    Texnologiya nuqtai nazaridan, 5G bu barcha yangi imkoniyatlarni ishlatilishining bog‘lanishini ta’minlaydi. Bunday tarmoq tuzilmaining alohida fragmentlarini birlashtirish uchun 5G jarayonlarni boshqaradigan insonlarga bog‘liq bo‘lmagan holda zarur tarmoq bog‘lanishlarini ta’minlashi kerak. SHunday qilib, 5G dunyodagi insonlar, jarayonlar, ma’lumotlar va ob’ektlarni keng qamrab oladigan Internetga birlashtirishda asosiy omil bo‘lib qoladi.
    5G@Europe sammitida Evropa qo‘mitasi 5G Public-Private Partnership Association (5GPPP) uyushmasini shakllantirdi. Uning asosiy vazifasi keyingi avlod sotali aloqa standartlari ustida ishlarni tezlashtirish hisoblanadi. 5G-servislarni ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari 2015 yilda boshlandi, keng ko‘lamdagi testlashni esa 2017 yilda tashkil etish rejalashtirilmoqda. To‘ldirish kerakki, 5GPPP uyushmasi taxminan 35 ta ishtirokchilarga ega, ular orasida Alcatel-Lucent, CEA-LETI, Deutsche Telekom, Ericsson, Huawei, NEC, Nokia Solutions and Networks, Sequans va Telefonica bor.
    Bu rejalarni amalga oshirish uchun 5GPPP uyushmasi 11.01.2012 yildan boshlab METIS (Mobile and wireless communications enablers for the twenty-twenty information society – 2020 yil axborot jamiyati uchun mobil va simsiz aloqa eneyblerlari) loyihasi ustida ishlarni boshladi. METIS loyihasining maqsadi quyidagilarni ta’minlay olishi kerak bo‘ladigan tizimning konseptini loyihalashtirish hisoblanadi:
    ● ma’lumotlar mobil trafigini maydon birligiga 1000 marttaga katta hajmi;
    ● ulangan qurilmalarning 10 – 100 marttaga ortiq soni;
    ● foydalanuvchilarga mumkin blgan 10-100 martta ortiq yuqoriroq ma’lumotlarni uzatish tezligi;
    ● zaryadlanmasdan kichik quvvatli multimedia qurilmalarining 10 marttadan ortiq ishlash davomiyligi;
    ● ulanishni kechikishining 5-karrali qisqarishi.
    Qo‘yilgan maqsadalarni amalga oshirilishi uchun quyidagi texnik masalalar hal etilishi kerak:
    ● loyihaning maq’l narxi va tarqaladigan quvvat darajasi saqlanganida sig‘imni doimo kengaytirishga imkon berishi mumkin bo‘ladigan samaradorlikka erishish;
    ● trafikning hajmiga (past yoki yuqori) bog‘liq bo‘lmagan holda talablarning keng to‘plamiga javob beradigan masshtablanuvchanlik;
    ● turli talablar (masalan, mumkinlikka, mobillikka, xizmatlar sifatiga), shuningdek turli foydalanish ko‘rinishlarini bajarilishi maqsadalarida tez moslashuvchanlik va har tomonlilik.
    Loyihaning ishlab chiqilishi natijalari quyidagi uchta guruhdagi masaallarni echilishidan kutilmoqda:
    1. "5G" uchun konsepsiya va texnologik echim, aynan:
    ● bo‘lajak xizmatlarni ko‘rsatish uchun zaraur bo‘ladigan turli talablarni bajarish;
    ● turli qurilmalarni ulanish imkoniyati;
    ● trafik ming marttalik ortishini ta’minlash.
    2. Konsensus va global strategiya:
    ● kelajak aloqa tizimlari sohasida etakchilikni ta’minlash;
    ● global konsensusni oldindan ishlab chiqish.
    3. Quyidagilarga imkon beradigan noyob ekspertiza:
    ● loyihaning boshlang‘ich bosqichlarida fundamental tadqiqotlarni o‘tkazish;
    ● LTE-Ani revolyusion o‘zgartirish kerak bo‘lishini yoki LTE-Ani evolyusion o‘zgartirish doirasida 4Gdan 5Gga o‘tish mumkin bo‘lishini aniqlash.
    Loyihaning grafik rejasi bo‘yicha 2015 yilgacha yangi paradigmalar, fundamental asoslar, tizimni konsepti ishlab chiqilishi, 2015 yildan 2018 yilgacha tizimni optimallashtirish, standartlashtirish, masalalarini hal etilishi, bir vaqtda paradigmalarni aniqlashtirish-rivojlantirish bilan sinovlarni o‘tkazilishi taklif etiladi. 2018-2020 yillarning o‘zida tarmoqlarni qurish va dala sinovlarini o‘tkazish kerak bo‘ladi.

    1. WI-FI (IEEE 802.11) texnologiyasi. WI-FI texnologiyasining tarixi. WI-FI texnologiyasini sertifikatlashtirish. Simsiz lokal tarmoklarini tashkil etish. WI-FI tarmoqlar chastotalar diapazonlari.

    Wi-Fi qisqartmasi inglizcha «Wireless Fidelity» so‘zidan kelib chiqadi, u “simsiz aniqlik” ma’nosini bildiradi. Bu nom ancha oldin muomalaga kirgan Hi-Fi (Hi Fidelity) atamasiga o‘xshash ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasiga berilgan. Odatiy kabelli tarmoqlardan farqli ravishda WLAN (Wireless Local Area Network) simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori chastotali radioto‘lqinlar ishlatiladi. Wi-Fi ostida ko‘zda tutiladigan IEEE 802.11standartlari oilasi bir necha 802.11a, 802.11b va 802.11g varintlarni o‘z ichiga oladi, ulardan har biri ma’lumotlarni uzatish tezliklari bilan farqlanadi.
    Wi-Fi texnologiyasi 90-yillardan boshlangan. 1999 yilda 802.11b standartni ishlab chiqish yakunlandi, 2000 yilda esa simsiz aloqa uchun birinchi qurilmalar paydo bo‘la boshladi. Wi-Fi korporativ kabelli tarmoqlarga muqobil – oddiy va harajatlar bo‘yicha tejamli texnologiya sifatida o‘ylangan, chunki kabelni yotqizilishini talab qilmaydi, lekin samaradorligi kam emas. Lekin Wi-Fining imkoniyatlar korporativ foydalanuvchilarni oddiy tarmoqqa bilashtirishga qaraganda ancha keng. SHuning uchun bu texnologiyani qo‘llaydigan qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan jamoat joylari - aeroportlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda tezkor ulanish nuqtalari (yoki «xot-spotlar») ham paydo bo‘ldi va bu bilan foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar – qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetga ulanishni ochdi.
    Wi-Fi texnologiyasi yordamida xuddi ajratilgan liniya yordamida ulanganidek Internetdan foydalanish mumkin. YAgona farq, endi qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetda ishlash bilan erkin harakatlanish mumkin.

    1. IEEE 802.11 standartlar haqida asosiy tushunchalar. Spektrni kengaytirish texnologiyalari. MIMO va Beamforming texnologiyalari, Wi-Fi texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari. Wi-Fi Mesh tizimlarning qo’llanishi.

    IEEE 802 standartlari bo‘yicha qo‘mita 1990 yilda 802.11 simsiz lokal tarmoqlar uchun standartlar bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirdi. Bu guruh 2,4 GGs chastotada, 1 va2 Mbps (Megabits-per-second) ulanish tezliklarida ishlaydigan radioqurilmalar va tarmoqlar uchun umumiy standartni ishlab chiqish bilan shug‘ullandi. Standartni yaratish bo‘yicha ishlar 7 yildan keyin yakunlandi va 1997 yilning iyunida birinchi 802.11 spetsifikatsiyasi tasdiqlandi. Lekin bu vaqtga kelib, simsiz tarmoqlardagi qo‘yilgan dastlabki ma’lumotlarni uzatish tezligi endi foydalauvchilar ehtiyojlarini qoniqtirmadi, shuning uchun ishlab chiquvchilar yangi standartni yaratishga majbur bo‘ldi.
    1999 yilning sentyabrida IEEE oldingi standartning kengaytmasini tasdiqladi. IEEE 802.11b deb nomlanishi (shuningdek 802.11 High rate sifatida ma’lum) bilan u 11 Mbps (Ethernetga o‘xshash) tezliklarda ishlaydigan simsiz tarmoqlar mahsulotlari uchun standartni aniqlaydi, bu bu qurilmalarni yirik tashkilotlarda muvaffaqiyatli qo‘llashga imkon beradi. Turli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining moslashuvchanligi Wireless Ethernet Compatibility Alliance (WECA) deyiladigan mustaqil tashkilot tomonidan kafolatlanadi. Bu tashkilot simsiz aloqa industriyasi etakchilari tomonidan 1999 yilda tashkil etilgan.
    Lokal tarmoqlarga simsiz ulanshdagi ehtiyoj noutbuklar va PDAlar kabi mobil qurilmalar sonini ortishi bilan, shuningdek foydalanuvchilarning o‘z kompyuterlarig tarmoq simini “tiqish” zaruratisiz tarmoqqa ulanish istagini ortishi bilan oshib bormoqda.
    Barcha standartlar kabi IEEE 802, 802.11 ISO/OSI modelining ikkita pastki fizik darajasi va kanal darajasida ishlaydi. Har qanday tarmoq ilovasi, tarmoq operatsion tizimi yoki protokoli (masalan, TCP/IP) ham Ethernet tarmog‘idagi kabi 802.11 tarmog‘ida yaxshi ishlaydi.
    802.11a/b/g asosiy arxitekturasi, o‘ziga xos xususiyatlari va 802.11a/b/g xizmatlari dastlabki 802.11standartda aniqlanadi. 802.11a/b/g spetsifikatsiyalar atigi yuqoriroq ulanish tezliklarini qo‘shish bilan faqat fizik darajaga tegishli bo‘ladi.

    Download 221 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 221 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarining tasniflanishi. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari

    Download 221 Kb.