|
WIMAX (IEEE 802.16) standarti. So'ngi milya simsiz texnologiyaning evolyusiyasi. IEEE 802.16 standartining arxitekturasi, mobil va stansionar WIMAXni taqqoslash
|
bet | 16/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 221 Kb. | | #256251 |
Bog'liq Simsiz tarmoqlar (6)WIMAX (IEEE 802.16) standarti. So'ngi milya simsiz texnologiyaning evolyusiyasi. IEEE 802.16 standartining arxitekturasi, mobil va stansionar WIMAXni taqqoslash.
96 ta kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan xalqaro sohaviy WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) Konsorsiumi keng polosali simsiz ulanish (KPSU) uchun qo‘llaniladigan butun qurilmalarni moslashuvchanligiga erishishga ko‘pmaklashishni maqsad qilib qo‘ygan. Konsorsium tomonidan ishlab chiqilgan birinchi IEEE 802.16 standarti keng polosali simsiz ulanish (Broadband Wireless Access) hududiy taqsimlangan tarmoqlarini shahar ko‘lamlarida (Wireless MAN) yaratish uchun mo‘ljallangan. Standartda KPSU tizimi uchun 2-11 GGs va 10-66 GGs chastotalar diapazonlarida ishlaydigan va o‘nlab kilometrlardagi masofalarda aloqani amalga oshiradigan “nuqta-ko‘p nuqta” interfeysi tavsiflanadi.
WiMAX deganda bugungi kunda aholiga multiservisli KPSU yuqori sifatli xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha muqobilga deyarli ega bo‘lmagan operatorlik sinfidagi texnologiya tushuniladi.
Aynan multiservislik va natijada keng polosasilik simsiz ulanishni rivojlanishining zamonaviy an’analarini xarakterlaydi. Ideal holda zamonaviy foydalanuvchi hozirgi kunda kabelli bog‘lanish orqali mumkin bo‘lgan SDH yoki Ethernet kabi istalgan xizmatlar turlariga cheklashlarni boshidan kechirmasligi kerak. WiMAX sertifikatsiyaili eng yangi tizimlar keng polosali ulanish tarmoqlari operatorlariga nafaqat foydalanuvchilarga xilma-xil ham IP, ham E1 xizmatlar turlarini taqdim etish, balki umuman ADSL-ulanish infratuzilmasini va ajratilgan liniyalarni almashtirish ko‘zda tutiladi.
Dastlab yangi IEEE bo‘linmasining urinishlari 28 va 30 GGs chastotalar diapazonlariga yo‘naltirildi, lekin keyin uning tarkibida 2,5 GGs diapazon bilan shug‘ullanadigan yangi nimguruh shakllantirildi. Spektrning bu “past chastotali” qismi sun’iy yo‘ldoshli televidenie bilan muvaffaqiyatsiz raqobatlashaayotgan simsiz kabelli video xizmatlariga ajratilgan. U Internetga ulanish ilovalari uchun ham, yana raqamli video uchun ham juda yaraydi. Binobarin, MMDS tarmog‘ining ishlash zonasi radiusi taxminan 50 kmga teng, uncha katta bo‘lmagan antennalar sonini o‘rnatish bilan yirik shaharning hududini qamrab olish mumkin.
802.16 zaminida keskin rivojlanayotgan faoliyat yo‘nalishlaridan biri spektrning litsenziyalanmaydigan sohalariga ulanish uchun foydalanish maqsadiga yo‘naltirilgan. Bu holda gap 5 va 6 GGs sohasidagi chastotalar haqida bormoqda va bu erda 802.16 guruhi IEEEning boshqa 802.11 bo‘linmalari bilan aktiv hamkorlik qilmoqda.
802.16 ishchi guruhining vazifasi simsiz (so‘nggi milyani” tashkil etish uchun zarur bo‘ladigan radiointerfeyslar va qo‘shimcha funksiyalarni standartlashtirish hisoblanadi. Unda shakllantirilgan uchta nimguruhlar quyidagi standartlarni ishlab chiqishmoqda:
- IEEE 802.16.1, u 10 dan 66 GGsgacha chastotalarda ishlaydigan tizimlar uchun radiointerfeysni aniqlaydi;
- IEEE 802.16.2, u keng polosali simsiz ulanish turli tizimlarining moslashuvchanlik masalalarini belgilaydi;
- IEEE 802.16.3, u 1 11 dan GGsgacha litsenziyalanadigan dipazonlarda ishlaydigan tizimlar uchun radiointerfeysni aniqlaydi.
Hozirgi vaqtga kelib eng katta rivojlanish birinchi nimguruh faoliyatida kuzatilmoqda, u opreatorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, chunki uning natijalari hozircha band bo‘lmagan chastotalar dipazonlariga kiradi.
Barcha uchta spetsifikatsiyalar abstrakt tizim etalon modeliga tayanadi. Bo‘lajak 802.16 standartlarga mos servis tarmoq (lokal muassasaviy telefon tarmog‘i yoki IP-telefoniya tarmog‘i), va UFTT yoki Internet tarmog‘i – magistral tarmog‘i bittalik qurilmasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan abonentlar qurilmalari orasidagi aloqani ta’minlaydi.
Turli simsiz aloqa texnologiyalarining xususiyatlari. O'ta keng polasali signallarda (UWB) foydalaniladigan ma'lumotlarni uzatish texnologiyasi. O'ta keng polasali signallarning kullanish soxalari. Bluyetooth, HomeRf, ZigBeye va NFC aloqa texnologiyasi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
WIMAX (IEEE 802.16) standarti. So'ngi milya simsiz texnologiyaning evolyusiyasi. IEEE 802.16 standartining arxitekturasi, mobil va stansionar WIMAXni taqqoslash
|