|
O`quvchilаrning fаmiliyasi
|
bet | 34/54 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #142870 |
Bog'liq 1-4 sinflar Sinf rahbari daftari hujjatlari 2023-2024O`quvchilаrning fаmiliyasi vа ismi
|
I
Chorak
|
II
Chorak
|
III
Chorak
|
IV
Chorak
|
Imzo
|
Imzo
|
Imzo
|
Imzo
|
1.
|
Abdumuminov Abdullox Abdurasul
|
|
|
|
|
2.
|
Abdupattoyeva Robiyaxon Dilshod qizi
|
|
|
|
|
3.
|
Abduvohidov Otabek Akmaljon O'g'li
|
|
|
|
|
4.
|
Asilov Nurmuhammad Rasuljon O'g'li
|
|
|
|
|
5.
|
Boymurodova Feruza Shukrullo Qizi
|
|
|
|
|
6.
|
Dehqonov Davlatshoh Rustambek
|
|
|
|
|
7.
|
G'aniyev Ozodbek Hikmatjon O'g'li
|
|
|
|
|
8.
|
Hamidjonov Diyorbek Shuhratjon
|
|
|
|
|
9.
|
Hamidjonov Ulug'bek Shavkatjon O'g'li
|
|
|
|
|
10.
|
Ibragimova Barno Shuhratovna
|
|
|
|
|
11.
|
Jo'raqulov Dilmurod Ilhomjon O'g'li
|
|
|
|
|
12.
|
Karimdjanova Madina Dilshodovna
|
|
|
|
|
13.
|
Karimova Ruxshona Ilhom qizi
|
|
|
|
|
14.
|
Madaminova Madinaxon Ihtiyorjon
|
|
|
|
|
15.
|
Mamajonova Madinabonu Hodirjon
|
|
|
|
|
16.
|
Mo'minova Zayfuna Jaxongirbek qizi
|
|
|
|
|
17.
|
Musajonov Jasurbek Murodjon O'g'li
|
|
|
|
|
18.
|
Odilova Munojatxon Orifjon Qizi
|
|
|
|
|
19.
|
Qodirova Marziya Siddiqali qizi
|
|
|
|
|
20.
|
Qosimova Zilola Asqarjon Qizi
|
|
|
|
|
21.
|
Rahmatov Bekzod Bahodirovich
|
|
|
|
|
22.
|
Raxmatjonova Hakimaxon Yunusali
|
|
|
|
|
23.
|
Raxmatjonova Maftuna Omonjon Qizi
|
|
|
|
|
24.
|
Rayimov Abduqodir Bahtiyor O'g'li
|
|
|
|
|
25.
|
Rustamova Mubinaxon Avazbek qizi
|
|
|
|
|
26.
|
Soliyeva Mubinaxon Muzaffar qizi
|
|
|
|
|
27.
|
Sotvoldiyeva Parizoda Jahongir Qizi
|
|
|
|
|
28.
|
Soyipova Madina Umidjon Qizi
|
|
|
|
|
29.
|
To'xtasinov Temurbek Umid o'g'li
|
|
|
|
|
30.
|
Toshaliyev Abdug'ani Qodirjon O'g'li
|
|
|
|
|
31.
|
Ubaydullayeva Muslimaxon
|
|
|
|
|
32.
|
Vahobova Rayhona Rasuljon Qizi
|
|
|
|
|
33.
|
Yoqubov Asilbek Avazovich
|
|
|
|
|
34.
|
Yunusjonova Dilshoda Sharifjon Qizi
|
|
|
|
|
35.
|
Shokirova Gulshanoy Orifjon Qizi
|
|
|
|
|
36.
|
|
|
|
|
|
37.
|
|
|
|
|
|
38.
|
|
|
|
|
|
39.
|
|
|
|
|
|
40.
|
|
|
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2022-yil 28-iyuldagi
246-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
2. Ichki tartib qoidalari - umumiy o‘rta ta’lim muassasasida xodimlar
va o‘quvchilar tomonidan ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda va muassasa Ustavida belgilab qo‘yilgan ta’lim jarayonida rioya etilishi shart bo‘lgan tartib va qoidalar.
Odob-axloq qoidalari - umumiy o‘rta ta’lim muassasasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida xodimlar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun belgilangan xulq-atvor me’yorlari.
3. Mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalari umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi faoliyati bilan bog‘liq asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi jamoasi va o‘quvchilari rioya etishlari uchun majburiy hisoblanadi.
4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari (keyingi o‘rinlarda – jamoa a’zolari) hamda o‘quvchilari, ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun o‘zaro munosabatlarda odob-axloq, xulq-atvor me’yorlariga qo‘yiladigan minimal talablarni belgilaydi.
5. Ushbu Qoidalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (keyingi o‘rinlarda
– ta’lim muassasasi) ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, o‘qituvchi mavqeyining daxlsizligini e’tirof etish, do‘stona muhitni yaratish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
6. Mazkur Qoidalar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
7. Qoidalarning joriy etishdan maqsad ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim muassasasi mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona muhitni yaratishdan iborat.
8. Qoidalar jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi hududida, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar, tanaffus vaqtlarida, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan me’yorlar hisoblanadi.
9. Mazkur qoidalar jamoa a’zolari va o‘quvchilar uchun ta’lim muassasasi hududida majburiy hisoblanadi.
10. Qoidalarga amal qilish yuzasidan jamoatchilik, ota-onalar, ta’lim muassasalari pedagog xodimlari orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot qilinadi.
2-bob. Ichki tartib qoidalariga rioya qilishi
11. Ta’lim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzat-hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, zo‘ravonlikni oldini olish, do‘stona muhitni yaratish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
12. Ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar har bir o‘quvchiga e’tiborli munosabatda bo‘ladi, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi va vujudga keladigan muammolarni, shu jumladan, nizoli holatlarni qonunlarga muvofiq tasdiqlangan (va barcha manfaatdor tomonlarga ma’lum qilingan) qoidalar, ta’lim muassasasining ichki tartibiga ko‘ra hal etadi. O‘quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlar maxfiyligini saqlashga qat’iy amal qilinadi.
13. Irqi, millati, diniy e’tiqodi, jinsi, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra, o‘quvchini o‘quv jarayonidan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga, qoidalarni buzganlik majburiy ta’limdan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi (Sud qarorlari bilan maxsus ta’lim muassasasiga yuborish holatlari bundan mustasno).
14. Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga rioya etishlari talab etiladi:
- pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari;
- rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik, hamjihatlik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;
- jamoa a’zolari orasida turli xil zo‘ravonlik va kamsituvchi (bulling)
xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- jamoa a’zolari tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga o‘z vaqtida kelishlari;
- ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarida o‘ng tomonidan yurishlari;
- jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l uzatishlari tavsiya etiladi);
- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari;
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
- erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;
- ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;
(Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)
- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi;
xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:
- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi;
- ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi;
- xodimlar boshqa tashkilotlar xodimlari bilan xizmat doirasidagi o‘zaro samarali hamkorlikka erishish uchun o‘zlarining namunali xulq-atvorini namoyon etishi;
- xodimlar o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari;
- har bir xodim o‘zining pedagogik va psixologik sohadagi ko‘nikma va bilimlarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga, malakasini hamda professionallik darajasini oshirishga ko‘mak beradigan tadbirlarda muntazam ishtirok etishlari;
- jamoada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi va ularga og‘ishmasdan amal qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor bo‘lishi hamda professionallik darajasini oshirib borishi;
- mehnat faoliyatini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelganda pedagog xodimga hamkasblariga yordam so‘rab murojaat qilishi yoki unga murojaat qilgan hamkasblariga yordam berishi;
- o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro hurmat, ishonch va shaffoflik tamoyillariga asoslanishi;
- xodimlar bir-biriga kasb etikasi doirasida hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, o‘z bilim, ko‘nikma hamda tajribalarini beminnat va beg‘araz ulashishga tayyor bo‘lishi;
- jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri va asosli qabul qilishi, tanqid qilayotgan xodimning zarur va kerakli tavsiyalariga rioya qilishi;
- ta’lim muassasasi rahbari ta’lim muassasasi faoliyatining shaffof va ochiq ravishda tashkil etishi masalalari yuzasidan fuqarolar (ota-onalar) murojaatini ko‘rib chiqishda alohida e’tibor qaratishlari shart.
15. Ta’lim muassasasi hududida jamoa a’zolarining ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari o‘zaro hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga zo‘ravonlikni aks ettiruvchi va kamsituvchi (bulling)
xatti-harakatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- mutasaddi tashkilotlar va ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ta’lim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga qat’iyan yo‘l qo‘yilmaydi, tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday nizoli vaziyatlar faqatgina muassasa rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari) hamda muassasa psixologi bilan dars jarayoniga xalaqit bermagan holatda hal etiladi;
- ota-ona va pedagog o‘rtasida shunday ziddiyat ro‘y bergan holda o‘qituvchi ta’lim muassasasi ma’muriyatiga xabar beradi;
- tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakili va ta’lim muassasasiga biriktirilgan ichki ishlar organlarining inspektor-psixologiga murojaat etiladi;
- ta’lim muassasasi o‘quvchi manfaatlari yo‘lida oshkor etilishi kerak bo‘lgan barcha ma’lumotni o‘quvchining ota-onasiga (oilasiga) kelishilgan holda yetkazishi;
- o‘qituvchi mamlakatda, jamiyatda, ta’lim muassasasida va sinfdagi mavjud qadriyatlar, an’analar hamda madaniyatlarni tushunish va hurmat qilishga intilishi;
- o‘qituvchi ta’lim muassasasi, oila va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda pozitiv va faolligini namoyish etishi lozim.
|
| |